Laboratoriya idishlari va asboblari



Download 0,94 Mb.
bet1/10
Sana19.10.2022
Hajmi0,94 Mb.
#854038
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
1-mavzu


LABORATORIYA ISHI № 1.
LABORATORIYA MASHG’ULOTLARINI O’TKAZISHDA TEXNIKA XAVFSIZLIK QOIDALARI.
LABORATORIYA IDISHLARI VA ASBOBLARI.
Ishdan maqsad: Talabalarga laboratoriya mashg‘ulotlarining ishlanmalari ularni o‘tkazish va qo‘llash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish, texnika xavfsizlik qoidalari, kimyoviy idishlar va asboblar bilan tanishtirish.
Kerakli asboblar: Stakanlar, 100 ml, 150 ml, 250 ml, 500 ml, voronka, shtativ, qisqich, gaz gorelkasi, filtr qog‗ozlar, probirkalar, termometr, barometr, Kipp apparati, kolbalar, shpatel, tigellar, eksikator, tarozi (toshlari bilan), qozonchalar, chinni kosachalar, shisha tayoqchalar, byuretkalar va hokazo narsalar.
Reaktivlardan foydalanish va ishlash qoidalari. Eritmalar va ko‘proq reaktivlar jips berkitilgan shisha tiqin (shliflangan), rezena yoki yog‘och probka bilan berkitilgan shisha idishlarda saqlanishi kerak. Reaktiv solingan har bir idishga reaktivning nomi, sifati (markasi) va konsenratsiyasi (eritmalar uchun) yozilgan etiketka yopishtirib qo‘yilishi kerak. Reaktivlardan foydalanlganda quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak.
1. Reaktivlardan keragidan ortiq miqdorda sarflash yaramaydi. Bajariladigan tajriba uchun reaktivdan qancha olish kerakligi aytilmagan bo‘lsa, ulardan mumkin qadar kamroq oling.
2. Ishlatilmay ortib qolgan reaktivni shu reaktiv olingan idishga qaytarib solmang, laborant ko‘rsatgan boshqa idishga solib qo‘yish kerak.
3. Tajriba o‘tkazish reaktivdan kerakli miqdorda olingandan keyin keyin berkitib, o‘z joyiga qo‘yish kerak.
4. Quruq reaktivlarni chinni yoki metall qoshiqchalarda yoxud shpatellar bilan oling. Ular har doim toza va quruq bo‘lishi kerak.
5. Suyuq, reaktivni pipetka bilan olsangiz, pipetkani yuvmasdan unda yana boshqa idishdan reaktiv olmang. Umumiy foydalanish uchun qo‘yilgan reaktivlarni har kim o‘zi ishlatayotgan shpatel yoki pipetka bilan olishi yaramaydi.
6. Umumiy foydalanish uchun qo‘yilgan asbob va reaktivlarni o‘z ish joyingizga olib ketmang, aksincha ularning o‘z joyini o‘zgartirmang, chunki u boshqalar uchun ham kerak bo‘ladi.

Download 0,94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish