O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus
ta’lim vazirligi Samrqand Davlat Universiteti
Raqamli texnolo’giyalar fakulteti Informatika o’qitish metodikasi yo’nalishi 3-bosqich talabasi Ibragimov Iskandarning Pedagogik dasturiy vositalar fanidan Mustaqil ishi.
Labaratoriya
Mavzu: : Pedagogik dasturiy trenajyor.
Tekshirdi:Suyarov A
Bajardi:Ibragimov I
Samarqand-2021
Mavzu: Pedagogik dasturiy trenajyorlar.
Reja:
Virtual avtotrenajerlar
O’qituvchi yordamida olib boriladigan dasturiy trenajyorlar
Immersivlik ,Interfaollik
Virtualnaya realnost - Virtual borliq
Virtualnaya realnost - Virtual borliq tushunchasini Jaron Lanier (Lanye) taklif etgan. Virtual borliq immersivlik va interfaollik tushunchalari bilan bog’liq.
Immersivlik deganda odamning virtual borliqda o’zini faraz qilishini tushunish lozim.Interfaollik foydalanuvchi real vaqtda virtual borliqdagi obyektlar bilan o’zaro muloqotda bo’lib ularga ta’sir ko’rsatishga ega bo’ladi. Virtual borliq tizimi deganda – biz imitasion dasturiy va texnik vositalarni deb qabul qilamiz. Interfaollikni ta’minlash uchun, virtual tizim boshqaruvchi amallarni qabul qilishi kerak. Bu amallar ko’pmodallikga, ya’ni ko’z bilan ko’radigan, tovush orqali qabul qiladigan bo’lishi kerak. Bu amallarni amaliyotda bajarish uchun zamonaviy tizimlarda turli tovush va videotexnologiyalardan foydalaniladi. Masalan, katta xajmli tovush va videotizimlari, shuningdek odamning bosh qismiga o’rnatiladigan shlem va ko’zoynak displeylar, “hid sezadigan” sichqonchalar, boshqaruvchi qo’lqoplar, kibernetik nimchalar simsiz interfeys birgaligida ishlatiladi. Yuqoridagilar ekzotik qurilmalarga tegishli.
Virtual avtotrenajerlar:
Komp’yuter o’yinlari — yigirmanchi asr mo’jizasi bo’lib, ular kutilmagan holda dunyoga keldi, ularning paydo bo’lishini hech kim bilmagan edi. Koinotga parvozlar ham oddiy inson xayoliga kelmagan, ammo ular to’g’risida fantast yozuvchilar orzu qilib, o’z xayolot dunyosida yetilgan ijod namunalrini yaratganlar, biroq ularni yuz yillardan keyin paydo bo’ladi deb hisoblagandilar. Kompyuter o’yinlari to’g’risida esa hatto xayolga ham kelmagandi.
Kompyutеr avval maxsus zallarda paydo bo‘ldi, ularda yuqori malakali mutaxassislar ishlay boshladilar. Asosan mudofaa va boshqa tadqiqotchilik masalalari bilan shug‘ullandilar. Ko‘pincha hisoblash tеxnikasi matеmatika, mantiq, ratsional g‘oyalar bilan bog‘liq masalalar ustida ish yuritdilar. Insonlar undan umuman oddiy maqsadlarda (masalan, o‘yinlar uchun) foydalanishlari mumkinligi hech kimning xayoliga ham kelmagan. «Kompyutеr o‘yinlari» iborasi esa bеma’ni xayoldеk tuyulishi mumkin edi. Shunday bo‘lsa ham monitor oldidagi jiddiy, zavqsiz, sovuqqon olimlarning o‘rinlarini zavqli, qiziquvchan o‘yinchi bolalar egalladi.
Bugungi kunda kompyutеr o‘yinlari faqatgina o‘yin emas, balki madaniyat, bilim, ta’lim va tarbiya masalalari targ‘ibotchisiga aylandi. O‘yinlar sahnaga, kartinalar ko‘rgazmasiga yoki kitob sahifasiga o‘xshamaydi, ammo xuddi shular kabi zamonaviy ma’naviyatni, axloqiy xususiyatlar, xayollar, orzu va tasavvurlarni ifoda etadi.
Har qanday madaniy ijod kabi o‘zini ifoda etish uchun ba’zi imkoniyatlarni yaratadi, boshqalarini chеklaydi. Ilgari yozuvchi yoki ssеnariy mualliflari syujеt rivojlanishining bir variantini yaratgan bo‘lsalar — endilikda kompyuter vositasida uni turli yo‘nalishlarda yaratish mumkin. Ilgari kompozitor kuy ijrosining bir variantini yozib olgan — bugungi kunda esa prodyusеrlar bir mavzuning 5-6 turli variantlarini bajarishi mumkin. Ilgari rassom harakatsiz kartina bilan chеklangan — hozirga kelib, kartinada bulutlar suzib yurishi, daryolar oqishi, harakat ifoda etilishi mumkin. Kompyuter va axborot texnologiyalari tufayli barcha sohalarda tеxnik chеklanishlar asta kamayib bormoqda.
O’qituvchi yordamida olib boriladigan dasturiy trenajyorlar
Masofaviy o’qitishda qo’llaniladigan texnik vosita va texnologiyalar. Ta`limga yangi texnologiyalarning kirib kelishi - axborotni uzatish va qaytaishlashning elektron vositalariga asoslangan yangi ta`lim texnologiyalarining va o`qitish shakllarining paydo bo`lishiga olib keldi. Masofaviy o`qitishda quyidagi texnik vosita va texnologiyalar qo`llaniladi: o`rgatuvchi, sinovchi va aloqa vositalari. O`rgatuvchi vositalarga izohli lug`atlar, qidiruv vositalari, elektron o`quv qo`llanmalar, ma`ruzalarning videokursi va boshqalar kiradi. Sinovchi vositalarga test savollari, o`z-o`zini tekshirish vositalari mansub. Aloqa vositalari bo`lib forumlar, pochta, audio va video kassetalar xizmat qiladi. Odatdagi ma`ruza kursi an`anaviy o`qitishda quyidagini nazarda tutadi: ma`ruza, izohlar (o`quv materialini ma`ruzachi tomonidan izohlash), og`zaki, yakuniy imtihonda baholash.
Masofaviy ta`limda o`qituvchi funktsiyasini o`rgatuvchi va sinovchi vositalar (to`la avtomatlashtirilgan, tugal dasturiy mahsulotlar) bajaradi, shuningdek, o`qitishning avtomatlashtirilgan muhitini tashkil etuvchi video va elektron nashr etilgan uslubiy material bajaradi. Elektron darslikning imkoniyatlarini mul`tiplikatsiya va videotexnikaningzamonaviy vositalarini qo`llagan holda kengaytirish mumkin. Bular o`quv kursi bo`yicha videoma`ruzalar, ishlab chiqarish jarayonlarining namoyishi, mashhur olimlarning chiqishlari va boshqalar bo`lishi mumkin. Elektron darslikni yaratishda ma`lumotlar omborini yaratish va unga ma`lumotlar kiritish lozim bo`ladi. Bunday vaziyatda ma`lumotlar omboriga murojaat va unda joylashgan materiallar ustida amallar bajarishning ayrim usullari mavjud bo`ladi. Zamonaviy komp`yuterga mo`ljallangan didaktik dasturlar (elektron darsliklar, komp`yuter topshiriqnomalari, Mul`timediali elektron darsliklar, gipermatnli axborot-ma`lumot tizimlari, elektron arxivlar, elektron kataloglar, ma`lumotnomalar, entsiklopediyalar, sinovchi va shakllantiruvchi trenajyor dasturlar) o`qitishning mul`timediya vositalari sarasiga kiradi. Yangi metodlar va texnologiyalar bilan birga olib boriladigan masofaviy o’qitish metodi nazariy pedagogika va ta'lim amaliyotiga yangi tushunchalar va atamalarni kiritadi, ularga: • virtual klass (guruh); • O’qitishni quvvatlash (o’quvchilarni quvvatlash); • O’quv telekommunikatsion loyihalar; • Teskari aloqa; • Dialogli texnologiya; • Kompyuterli aloqa; • Telekonferensiya; • Kordinator,moderator,telekommunikatsion loyihaningfasilitatori (telekonferensiya) va boshqalar.
Immersivlik ,Interfaollik
Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari interfaol dasturiy vositalarni yaratish, saqlash, yetkazish, qidirish kabi jarayonlarni optimallashtirish imkoniyatlarini yuzaga keltiradi. Hozirda ta’lim muassasalarida elektron shaklda turli pedagogik axborot-ta’lim resurslari yaratilgan, ammo ulardan foydalanishning tashkiliy asoslarini yaratish borasidagi tadqiqotlar yetarli deb bо‘lmaydi. Ta’lim oluvchilarning zamonaviy talablarga mos bilim olishini ta’minlash maqsadida barcha о‘quv muassasalari ta’lim muhitida innovatsion texnologiyalardan foydalanishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, biologiyadan interfaol mashg‘ulotlar va laboratoriya mashg‘ulotlari yordamida har qanday murakkab hodisa yoki jarayonni kuzatish imkoni bо‘lmagan tajribalarni kо‘rsatish va о‘quvchilarga tushuntirish mumkin.
Interfaol testlar yoki qaytar aloqani ta’minlash orqali ta’lim jarayonida nafaqat ta’lim sifatini orttirish, balki moliyaviy resurslarni iqtisod qilish, xavfsiz va ekologik muhit yaratish imkoni mavjud. Shuningdek, turli fanlardan qiziqarli interaktiv mashg‘ulotlar va laboratoriya ishlaridan uy sharoitida ham о‘tkazish, virtual laboratoriya ishlarini ma’ruza materiallariga qо‘shimcha material sifatida ham namoyish etish, kompyuter sinflarida talabalar о‘zlashtirishini nazorat qilish, turli tanlovlar о‘tkazish maqsadida ham foydalanish mumkin.
Ta’lim oluvchilarning fan-texnikaning sо‘nggi yutuqlaridan amaliy faoliyatlarida bevosita samarali foydalanishlarini nazarda tutgan holda interfaol dasturiy vositalar yordamida ta’lim jarayonini integratsiyalab о‘qitishning о‘ziga xos shart-sharoitlari va ahamiyatini tahlil qilish zarur.
Faol va interfaol ta’lim texnologiyalari reproduktivdan farqli ravishda о‘qitishni mahsuldor ijodiy faoliyat asosida tashkil etishni talab etadi. Ularning har biri mohiyat jihatdan bilish faoliyatini rivojlantirish jarayonini boshqarish vositasida yuzaga chiqadi. Faol texnologiyalar tizimida muammoli vaziyatlarni о‘qituvchi va talaba hamkorlikda tahlil qiladi va hal etadi. Interfaol texnologiyalarda muammoning yechimini topish vaziyat tahlili va о‘yinli loyihalash jarayonida о‘qituvchi va butun guruh a’zolarining faol ishtirokida jamoaviy hal etadi. Agar muammoli vaziyatni hal etishda butun auditoriya ishtiroki ta’minlansa, faol texnologiya interfaolga aylanadi.
Ma’lumki, interfaollik obyektlar о‘rtasidagi о‘zaro ta’sir xarakteri va darajasini yorituvchi tushuncha bо‘lib, kо‘proq informatika nazariyasi, informatika va dasturlash sohalarida, shuningdek, telekommunikatsiya, sotsiologiya, sanoat dizayni va boshqa tizimlarda qо‘llanadi. Interfaollik tizimlarni tashkil etish prinsipi bо‘lib, bu tizim elementlari orasida axborot almashishga erishish maqsadini kо‘zlaydi.
Interfaol texnologiyalarning asosiy konsepsiyasi:
muammoli vaziyatlardan foydalanib, axborotning faol almashinishi va о‘zlashtirilishiga erishiladi;
interfaol muloqot aqliy rivojlanishga imkoniyat yaratadi;
qaytar aloqaning ta’minlanishi orqali axborotni uzatuvchi va qabul qilib oluvchi о‘rtasida kommunikativ rol almashinadi;
bilimlarni nazorat, qilish olingan bilimlarni amaliyot va aniq sharoitlarda qо‘llash kо‘nikma va malakalarini rivojlantiradi.
4.Virtualnaya realnost - Virtual borliq
Do'stlaringiz bilan baham: |