L. X. Alimova yosh fiziologiyasi va gigiyena buxoro ‒ 2022 O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti


-MAVZU. ENDOKRIN TIZIMNING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI



Download 5,47 Mb.
bet77/149
Sana02.07.2022
Hajmi5,47 Mb.
#731115
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149
Bog'liq
1. darslik yigilgani luiza

6-MAVZU. ENDOKRIN TIZIMNING YOSHGA OID FIZIOLOGIYASI VA GIGIENASI
Tayanch tushunchalar: endokrin, gormon, stress, gipofiz, epifiz, insulin, tiroksin, Bazedov, Kreotinizm, adrenalin, noradrenalin, gigantism, nanizm.
6.1 Endokrin tizimi. Ichki sekresiya bezlari.
Ma’lumki organizmdagi mavjud bezlar spetsifik moddalar-sekretlar ishlab chiqaradi. Sekretlar oqish yo’llari orqali gavdaning bo’shliqlariga (og’iz bo’shlig’i, me’daga, ichaklarga) yoki tashqi muhitga ajratiladi. Bunday holda tashqi sekretsiya haqida ham gap yuritishga to’g’ri keladi: Tashqi sekretsiya bezlari. So’lak, me’da, yog’, ter bezlari — tashqi sekretsiya bezlariga kiradi.
Lekin organizmda yana shunday bezlar borki, ularning alohida chiqaruv yo’llari bo’lmay, balki ajratgan sekretlarini to’g’ridan to’g’ri qonga ajratadi. Bunday bezlar ichki sekretsiya bezlari yoki endokrin bezlari deb yuritiladi va bu so’z grekcha endon ichki krinin ajratadi degan ma’noni beradi. Endokrin bezlariga gipofiz, epifiz, qalqonsimon bez yoki qalqonsimon bezoldi bezchalari, me’da osti bezi jinsiy va ayrisimon bezlar kiradi.
Me’da osti va jinsiy bezlar- aralash bezlar hisoblanadi, ya’ni ularning ayrim hujayralari tashqi sekretorlik funksiyasini bajarsa, ayrimlari ichki sekretorlik funksiyasini bajaradi. Jinsiy bezlar jinsiy garmonlar ishlab chiqarish bilan birga, jinsiy hujayralarni (tuxum va spermatazoidlar) ham ishlab chiqaradi. Me’da osti bezining hujayralarini bir qismi insulin va glyukogen garmonlarini ishlab chiqsa, qolgan qismi me’daosti bezining hazm shiralarini ishlab chiqaradi.
Odamning endokrin bezlari o’lchami jihatidan unchalik katta emas, og’irligi ham unchalik katta emas (grammning bir qismidan, bir necha grammlargacha) lekin qon tomirlari bilan juda yaxshi ta’minlangan. Qon ularga zarur bo’lgan qurilish materiallarini olib keladi va undan kimyoviy jihatdan faol sekretlarni olib ketadi. Endokrin bezlarga juda katta tarmoqlangan asab tolalari keladi va ularning faoliyati doimiy ravishda asab tizimi bilan nazorat qilinadi. Ichki sekretsiya bezlari funksional jihatdan bir-biri bilan uzviy bog’langan va bitta bezning jarohatlanishi boshqa bir bezning faoliyatini buzilishini chaqiradi.
Endokrin bezlarning o’z-o’zini boshqarish jarayonida gipotalamo-gipofizar tizimning roli. Gipotalamusning ko’pgina hujayralari neyrosekretsiya xususiyatiga ega, ya’ni ularda biologik faol moddalar-nevrogarmonlar hosil bo’ladi. Gipotalamusning neyrosekretor hujayralari tana va o’simtalarga egadir. Ularning sekreti-garmonlar tabiatan polipeptidlar bo’lib-sekretor granulalar shaklida hosil bo’lib hujayra aksonlariga tushadi va oxirgi uchlarigacha yetib boradi va o’sha joyda jamlanadi. Ajralib chiqishdan oldin garmonlar granulalari o’zining zichligini yo’qotadi va pufakchalarga aylanadi.
Neyrosekretor hujayralarning o’simtalari gipotalamo-gipofizar traktini hosil qiladi-gipofizning oyoqchalari ya’ni ular orqali neyrogarmonlar gipofizga tushadi va uning hujayralarini sekretorlik faolligini o’zgartiradi. Boshqa endokrin bezlar orqali gipofizning funksiyasini o’zgarishi organizmni funksiyalarini o’zgarishini chaqiradi. Buni gipofizning oldingi bo’lagi garmonlari va boshqa endokrin bezlar bilan o’zaro aloqasi orasidagi munosabati bilan tushuntiramiz. Gipofizning oldingi bo’lagidan qalqonsimon bez garmonlari hosil bo’lishini stimullovchi tireotrop garmon ishlab chiqiladi.

7-rasm. Endokrin bezlarning joylanishi.

Agar, hayvonlar gipofizining oldingi bo’lagi olib tashlansa va shu bilan birga tireotrop garmonlar tushishi to’xtatilsa, gipofizni atrofiga uchrashini chaqiradi va tireotrop garmonining taqchilligi yuzaga keladi. Qolqonsimon bezning ichki sekretorlik funksiyasini tireotrop garmoni bilan stimullanuvishida namoyon bo’luvchi gipofiz bilan qalqonsimon bezlar orasidagi to’g’ridan to’g’ri bog’liqlik shunday yo’l bilan bajariladi. Ikkinchi tomondan qolqonsimon bezi garmonlarining me’yoridan ortiq darajada ko’payib ketishi, gipofizning tireotrop garmonining hosil bo’lishini tormozlaydi, bu holat tufayli qalqonsimon bez bilan gipofizning treotrop garmonining sekretsivasi orasidagi qayta manfiy bog’lanish yuzaga keladi.


Shunga o’xshash o’zaro bog’lanishlar gipofizning oldingi qismidan ajraladigan adrenokortikotrop garmon bilan buyrak usti bezining sekretsivasi orasida hamda gipofizning gonadotrop (jinsiy bezlarni stimullovchi) garmoni bilan jinsiy bezlarni endokrin sekretsiyasi orasida ham kuzatiladi. Mana shu yo’l bilan ichki sekretsiya bezlari faoliyatining o’z-o’zidan boshqarilishi bajariladi: ichki va tashqi muhit omillari ta’siri ostida bezlarning funksiyasini ortishi garmonalli muvozanatning normallashuviga olib keluvchi manfiy qaytar bog’lanish kuchini oshishini ta’minlaydi.
Miyaning gipotalamik qismini markaziy asab tizimining boshqa bo’limlari bilan bog’langanligi sababli, ichki muhitga tushayotgan tashqi muhitlarning barcha nerv impulslari kollektorlar bo’lib hisoblanadi. Bu impulslar ta’siri ostida gipotalamusning neyro sekretor hujayralarining funksional holati o’zgaradi va undan keyin esa gipofizning va u bilan bog’langan boshqa endokrin bezlarning ham funksional holati o’zgaradi.
Garmonlar haqida tushuncha. Garmonlar-ichki sekretsiya bezlarida ishlab chiqiladigan maxsus fiziologik faol moddalardir. Garmonlar yuqori biologik faollikka ega. Demak, 1 g adrenalin (buyrakusti bezi garmoni) 100 mln iholatsiya qilingan baqalar yuragini faoliyatini stimullashga qodir bo’lsa. 1 g insulin (me’da osti bezi garmoni) garmoni 125 000 quyon qonidagi qand darajasini pasaytirish qobiliyatiga egadir. Garmonlarning molekulasining o’lchami unchalik katta emas. Bu esa ularning qon tomirlari devorlaridan to’qimalarga o’tishni ta’minlaydi. Bundan tashqari, molekulalarning kichik o’lchamda bo’lishi ularning to’qimalar membranasidan chiqish imkonini beradi.
Garmonlar to’qimalarda juda tez parchalanadi. Shu sababli ularning doimiy ta’sirini ta’minlash uchun doimiy ravishda qonga ajralib turishi kerak. Faqat ana shunday holda qondagi garmonlar konsentratsivasini doimiy holda saqlab turish mumkin.
Garmonlar nisbatan turga xos spetsifiklik xususiyatiga ega. Bu esa muhim ahamiyatga ega. Chunki odam organizmidagi u yoki bu garmonning yetishmasligini havvonlarning shunga mos beziaridan olinadigan garmonal preparatlarni kiril’ish vo’li bilan kompensatsiya qilish imkonini beradi.
Hozirgi vaqtda ko’plab garmonlarni faqatgina ajratibgina qolmay. Balki ulardan ayrimlarini sintetik yo’l bilan olish imkoni ham yaratildi. Ular o’zlarining kimyoviy tuqilishi bo’yicha polipeptidlarga kiradi (insulin va gipofizning ko’pgina garmonlari). Qalqonsimon bezning garmonlari-tiroksin va triyodtreonin hamda buyrak usti bezining mag’iz qavatidan ishlab chiqiladigan adrenalin va noradrenalin garmonlari aminokislotalarning hosilalari hisoblanadi. Buyrak usti bez po’stloq qismining va jinsiy bezlarning garmonlari tabiati bo’yicha steroidlar hisoblanadi.
Garmonlarning ahamiyati Garmonlar moddalar almashinuviga ta’sir qiladi, hujayralar faoliyatini boshqaradi. Hujayralar membranasi orqali moddalar almashinuvi mahsulotlarini o’tishini ta’minlaydi. Garmonlar nafas olishga, qon aylanishiga, ovqat hazmiga, ta’sir ko’rsatadi, ko’payish funksiyasi ham garmonlar ajralishi bilan bog’langan. Organizmning o’sishi va rivojlanishi, turli yosh davrlarining almashinishi, ichki sekretsiya bezlari faoliyati bilan bog’liq. Garmonlar to’qimalarning o’sishi va tabaqalanishiga ta’sir ko’rsatadi. Gipofizning oldingi qismini funksiyasini pasayishi natijasida organizmdagi oqsillar sintezi keskin pasayadi va buning natijasida organizm o’sishdan to’xtaydi. Qolqonsimon bez garmonlarining yetishmasligi natijasida to’qimalarning tabaqalanishi buqiladi.
Bunga juda yengil ishonch hosil qilish mumkin, agar itbaliqning qalqonsimon bezi olib tashlanganida, itbaliq o’sadi. Lekin uning metamorfozi yetilgan baqaga aylanishi yuz bermaydi. Jinsiy bezlarning rivojlanishi to’xtatilganida, ikkilamchi jinsiy belgilaming rivojlanishi kechikadi yoki zaif rivojlanadi, gipofizning gonadotrop gonnonlarining yetarlicha ishlab chiqilmasligi jinsiy bezlarning yetilishini va spetsifik jinsiy hujayralarning hosil bo’lishini buzadi. Qolqonsimon bezning yod saqlovchi garmonlari regeneratsiya jarayoniga stimullovchi ta’sir ko’rsatadi. Ularning ta’siri ostida teri va muskullarning jarohatlari va singan suyaklarning bitishi tezlashadi.
Garmonlarning ta’sir mexanizmi. Garmonlarning ta’sir mexanizmi haligacha to’liq aniqlanmagan. Garmonlar o’z ta’sirini organizmga hujayra membranalaridan o’tishini o’zgartirish yo’li va hujayra yadrolarida gigenenik jarayonlarni stimullash yoli bilan ferment tizimlarini faollashtirish yoki to’xtatish yo’li bilan ta’sir ko’rsatadi deb hisoblaydilar. Garmonlar fermentlarga qo’shilib ularning buzilishini o’zgartiradi va bu bilan fermentativ reaksiyalarning kechishiga ta’sir qiladi degan taxminlar ham bor. Lekin garmonlarning bunday mexanizmlar ta’siri ularning ayrimlari uchungina ko’rsatilgan. Me’da osti bezining garmoni insulinning hujayra membranalaridan glukozaning o’tish xususiyatiga ta’siri juda yaxshi o’rganilgan, ya’ni insulin membranalarning o’tkazuvchanlik xususiyatini yaxshilaydi. Xuddi shunday xususiyatga jinsiy garmonlar va o’sish garmoni ham egadir. Lekin buyrakusti bezining po’stloq qismining garmonlari; gidrokortizon va kortikosteronlar hujayra membranalarining o’tkazish xususiyatini pasaytiradi.
Deyarli barcha garmonlar hujayralaming genetik apparati orqali ta’sir kor’satish xususiyatiga ega (me’da osti bezi, qalqonsimon bez, buyrakusti. jinsiy bezlar, gipofizning garmonlari) va nuklein kislotalar oqsillarni sintezlanishida ishtirok etadi.
Masalan, insulin glukozaning parchalanishini bajaruvchi fermentlarning sintezlanishida faol ishtirok etadi. Bu garmonning taqchilligi paytida glukozaning parchalanish jadalligi juda pasayib ketadi, bu esa, o’z navbatida. Qon tarkibida glukozaning miqdorini ortishiga olib keladi.
Ko’pchilik steriodli garmonlar axborotchi RNKning sintezlanishini tezlashtiradi va shu yo’l bilan oqsillar va ayrim oqsil fermentlarning sintezlanishini faollashtiradi. Ayrim garmonlar hujayra yadrosiga kirib xromatin (oqsil va DNK kompleksi) bilan bog’ hosil qiladi. Ya’ni genetik material bilan birikadi va irsiy axborotlarning navbatma navbat va to’liq namoyon bo’lishini boshqaradi.
Garmonlar va stress. Ichki sekretsiya bezlari asab tizimi bilan bir qatorda stress sharoitlarda organizmning moslanish reaksiyasini, ya’ni favqulodda yuzaga keluvchi tashqi muhitlar ta’siri natijasida yuzaga keluvchi (sovuqqa qotish. muhit haroratining ko’tarilishi, jarohatlar, infeksiya, zaharlanish va h. k.) kuchlanishga moslanishini ta’minlaydi.
Kanadalik tadqiqotchi G. Selye stress haqidagi ta’limotni fanga kiritdi (ingl. stress - kuchlanish). Stress paytida bir qator umumiy moslanish sindromlari deb ataladigan moslanish o’zgarishlari yuzaga keladi. Barcha turdagi stresslarga xos bo’lgan bunday o’zgarishlar organizmning hayotini saqlab qolish uchun qaratilgandir. Gipofiz va buyrakusti bezlari po’stloq qatlami ishtirokisiz umumiy adaptatsion sindromlarning rivojlanishi mumkin emas. Agar hayvonlarning gipofiz yoki buyrakusti bezlari olib tashlansa. Favquloddagi qo’zg’atuvchi ta’siri ostida halok bo’lishi mumkin. Adaptasiya sindromni rivojlanishining uch bosqichi farqlanadi: I bosqich bezovtalanish reaksiyasi - glukokortikoid va adrenokortikotrop garmonlarining qonga ajralishini tezlashishi bilan birga kechadi. bu esa organizmning qo’zg’atuvchilar ta’siriga moslashishini ta’minlaydi; II bosqich- ta’sirotchilar ta ‘siriga organizmning chidamliligi, ya’ni rezistentligini oshiradi-gipofizning oldingi qismini va buyrakusti bezining massasini ortishi (gipertrofiya), adrenokortekotrop garmoni va glukokortikokoidlarni katta miqdordagi sekretsiyasi bilan xarakterlanadi, bu esa, o’z navbatida, organizmni noqulay ta’sirotlar ta’siriga chidamliligini rivojlanishini ta’minlaydi; III bosqich - oriqlab ketish - bezlar yetarli darajadagi himoya garmonlarini ishlab chiqaolmasligi bilan xarakterlanadi. Bu esa moslanish jarayonini buzadi va organizmning holati yomonlashib uning o’limiga olib kelishi mumkin. Shunday qilib, favqulodda qo’zg’atuvchilar ta’siriga organizmni moslanishi uchun yetarli miqdorda AKTG va glukokortikoidlarni yetarlicha sekretsiyasini talab etadi. Bu garmonlarni Selye moslovchilar deb atadi.
Gipofiz va buyrak usti bezining po’stloq qismini stessorli reaksiyalarga qo’shilishi, avvalo, reflektor yo’l bilan gipotalamusning funksional faolligining ortishi ishtirokida. (stressorlar, ekstero va interoretseptorlarga ta’sir etib gipotalamusga qator impulslar oqimini yuboradi), asab tizimining simpatik bo’limini qo’zg’atilishi orqali va nihoyat, bosh miva po’stlog’idan chiquvchi impulslar natijasida yuz beradi (ruhiy stress).
Garmonlar funksiyalarni gumoral boshqarilishining omili ekanligi. Gumoral boshqarilish-boshqarilishning eng qadimgi shaklidir. Organizmda uning hayot faoliyati davomida hosil bo’ladigan kimyoviy moddalar qonga va to’qimalararo suyuqliklarga tushadi. Kimyoviy moddalar organizm suyuqliklari bilan tashilib uning a’zolari faoliyatiga ta’sir etadi, ularning o’zaro aloqasini ta’minlaydi. Tananing barcha qismlarini kelishgan faoliyati tufayli organizmning yaxlitligi ta’minlanadi, o’zgaruvchan tashqi muhit sharoitiga moslashadi va o’zining hayotini ta’min etadi.
Organizm funksiyalarining o’zaro munosabatining koordinatsiyasi uning ichki hayoti va tashqi xulq-atvorining murakkab boshqarish tizimining uzluksiz ishi bilan ta’minlanadi. Odamlarda yuqori darajada takomillashgan qo’zg’atuvchilarga beriladigan javob reaksiyalari ancha tez va aniqroq bajarilishini asab tizimi boshqaradi. Evolutsiya jarayoni davomida hayot jaravonlarini boshqaruvchi juda faol kimyoviy moddalar ishlab chiquvchi ixtisoslashgan a’zolar tizimi hosil bo’lgan. Yuqorida aytilganidek, bular ichki sekretsiya bezlaridan ishlab chiqiluvchi - garmonlardir.
Kimyoviy moddalarning bunday organizmning funksivalariga muhim va har tomonlama ta’siriga qaramasdan shuni qayd qilish kerakki, boshqarishning bu shakli o’zining bajarilishi uchun nisbatan uzoq muddat talab qiladi va organizmning ichki va tashqi muhit qo’zg’atuvchilariga tez va aniq reaksiyasini ta’minlay olmaydi. Umuman olganda organizmning asab va gumoral mexanizmlari uzviy holda ta’sir ko’rsatadi. Organizmda hosil boluvchi kimyoviy boshqaruvchilar asab hujayralariga ta’sir ko’rsatib uning holatini o’zgartiradi. Asab tizimining holatiga ichki sekretsiya bezlaridan ajraladigan garmonlar ham ta’sir ko’rsatadi. Lekin endokrin bezlar funksiyalarini asab tizimi boshqaradi. Unga organizmda asosiy bosh rol beriladi. Gumoral omillar-neyrogumoral boshqarilishining bitta zvenosi hisoblanadi. Misol sifatida chanqoqlik paytida qonning osmotik bosimining boshqarilishini ko’rib chiqamiz. Suv taqchilligi tufayli organizmning ichki muhitida osmotik bosim ko’tariladi, bu esa osmoretseptorlarning qo’zg’atilishiga olib keladi. Yuzaga kelgan qo’zg’alish asab yo’llari orqali markaziy asab tizimiga keladi. Bu yerdan impulslar ichki sekretsiya bezlariga gipofaza kelib gipofizning antidiurtek garmonining qonga chiqari 1 ishini stimullaydi. Bu garmon, qonga tushganidan keyin buyrakning egri- bugri kanalchalariga keladi va hosil bo’lgan birlamchi siydikning tarkibidan suvni yana qonga qayta surilishini tezlashtiradi. Shunday qilib, organizmdagi buzilgan osmotik bosimi tiklanadi.
Qon tarkibida qandning miqdori me’yoridan ortib ketganida asab tizimi me’da osti bezining ichki sekretor qismining funksiyasini stimullaydi. Natijada, qonga ko’p miqdorda insulin tushadi va ortiqcha miqdordagi qand, garmon ta’sirida jigar va muskullarda giikogenga aylanadi.
Jadal muskulli ish bajarilganida organizmning qandga bo’lgan talabi ortganida va uning miqdori qonday etarib olmaganida buyrakusti bezining faoliyati tezlashadi. Buyrakusti bezining garmoni adrenalin glikogenning qandga aylanishini ta’minlaydi.
Shunday qilib asab tizimi ichki sekretsiya bezlar faoliyatiga, ular tomonidan garmonlar ishlab chiqilishiga ta’sir koisatadi. Juda ko’plab endokrin kasalliklar (qandli diabet, Bazedov kasalligi, jinsiy bezlar funksiyalarining buzilishi) asab tizimining buzilishi natijasida rivojlanadi. Asab tizimining ta’siri sekretor nervlar orqali bajariladi. Bundan tashqari, nervlar endokrin bezlarining qon tomirlariga ham keladi, tomirlarning yuzasini o’zgartirib, bu bezlarning faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. Nihoyat, endokrin bezlarda markaziy asab tizimini endokrin bezlar holati haqidagi ma’lum otlar bilan signal beruvchi markazga intiluvchi nervlarning sezuvchi uchlari joylashgan.
Organizmning o’sish va rivojlanishiga garmonlarning ta’siri. Endokrin bezlar tizimi embrional rivojlanishning boshlangich davrlaridan boshlaboq o’sayotgan organizmga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Embrional rivojlanish jarayonlaridan boshlaboq ayrim endokrin bezlar faoliyat ko’rsata boshlaydi. Homilani shakllanishiga ta’sir qiladi (ayrisim onbez, epifiz, me’daosti bezining insular apparati, buyrak usti bezining po’stloq qismi).
Postnatal davrida endokrin bezlar organizmning fiziologik funksiyalariga qo’shilish vaqti turlicha, masalan, 1 yoshdan 6-7 yoshgacha qolqonsimon bez, epifiz va ayrisimon bez (timus)lar organizmga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Bu davrning oxirida gipofizning oldingi qismining faolligi tezlashadi, ularning garmonlari bolalarning jinsiy yetilishi davrigacha to’g’ri chiziqli o’sishning aniqlovchi asosiy omili bo’lib qoladi. 7 yoshdan 15-16 yoshgacha gipofizning funksiyasi keskin tezlashadi, pubertat davrida esa jinsiy bezlarning faoliyati aniq namoyon bo’ladi, murakkab neyrogarmona’ili o’zgarishlar yuz beradi: epifizning gipotalamusni tormozlovchi ta’siri pasayadi. Gipofizdan gonadotrop garmonlarining sekretsiyasi tezlashadi, buyrakusti bezi po’stlog’idan ikkilamchi jinsiy belgilarni namoyon bo’lishini ta’minlovchi androgenlarni ishlab chiqilishi tezlashadi.

Download 5,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   149




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish