12-jadval. Sut va doimiy tishlarning chiqish muddatlari
(A.G.Xripkova bo’yicha)
Tishlarning nomi
|
Tishlarning chiqish muddatlari
|
Sut
|
Doimiy
|
O’rtanchi, kesuvchi
|
8-9 oylikda
|
7-7,5 yoshda
|
Yonbosh kesuvchi
|
8-10 oylikda
|
8-9 yoshda
|
Qoziq
|
14-18 oylikda
|
10-12 yoshda
|
Birinchi kichik ildizi
|
12-14 oylikda
|
10-11 yoshda
|
Ikkinchi kichik ildizi
|
20-30 oylikda
|
11 yoshda
|
Birinchi katta ildizi
|
-
|
6-7 yoshda
|
Ikkinchi katta ildizi
|
-
|
12-14 yoshda
|
Uchinchi katta ildizi
|
-
|
17-25 yoshda
|
Butun jahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra 10 ta tekshirilgan odamlardan 7-8 tasini tishlari davolashga muhtoj ekanligi aniqlangan va bu birinchi navbatda kariyes bilan aloqadordir. Uning mohiyati quyidagidan iborat. Emalga kimyoviy ta’sir ko'rsatilganida ularning demineralazatsiyasi - ovqatlaning qoldiqlarini parchalanishi natijasida hosil bo'lgan kislotalar ta’sirida emalning mineral tuzlarini erishi yuz beradi.
Tish to’qimalarining deminaralizatsiyasi emal ostida joylashgan dentinda ham yuz beradi.
Uglevodlarning achishidan yuzaga keluvchi asosiy mahsulot - sut kislotasi emalga juda katta salbiy ta’sir ko'rsatadi. Keyinchalik esa to'g’ridan to'g'ri mikroblaning deminerallashgan emalga va dentinga ta’siri yuz beradi, natijada tishning organik moddalarining parchalanishi kuzatiladi.
Tashqi (ekzogen) omillar ham kariyes jarayoniga o'z ta’sirini ko'rsatadi. Bular qatoriga vitaminlaming (asosan, V guruhi va D) yetishmasligi, kalsiy, fosfor va ftorlarni ovqat va suv tarkibida taqchil bo'lishi, ultrabinafsha nurlarining yetishmasligi yoki bo’lmasliklari kiradi. V ularning hammasi organizmda minerallar va oqsillar almashinuvining buzilishiga olib keladi, bu esa, o'z navbatida, emallar va dentinning oziqlanishiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Kislotalar ta’siri ostida emaldagi mineral moddalarning erishi yuz beradi, emalning jarohatlangan qismida mikroorganizmlarning faoliyati uchun juda qulay sharoit yaratiladi. Kislota hosil qiluvchi mikroorganizmlardan tishning moddali toshmalari yuzaga keladi. Bu yerda ko'pchilik holatlarda kariyesning rivojlanish jarayoni boshlanadi, ko'z bilan ko'rsa bo'ladigan oq dog' yuzaga keladi. Jarohatlangan joy da mineral moddalarning kamayishi kuzatiladi.
Bo'shliqlar hosil bo'lishining oldini olish uchun ko'proq oziqlar bilan yetarli miqdorda kalsiy, fosfor va ftor tushishini ta’minlash uchun oziqlanish ratsionini muvozanatlashtirish zarur.
Hozirgi davrda kariyesning ftorli profilaktikasi keng qo'llanilmoqda. Bu ichimlik suvini, ftorlashtirish va natriy ftor eritmasi bilan mahalliy sug’orish, namlash, maxsus ftor saqlovchi tish talqonlari - kukun, pastalari, eleksirlar va nihoyat, ftorli tabletkalardan foydalanish juda foydalidir.
Maktablarda bolalarning tishlarini saqlash maqsadida og'iz bo'shlig'ini davolashga qaratilgan chora-tadbirlar o'tkaziladi: zararlangan tishlar olib tashlanadi yoki plombalanadi va shu yo'l bilan qolgan tishlarning, ayniqsa, doimiy tishlarning buzilishlarining oldi olinadi.
Tishlarning salomatligini ta'minlash, avvalo, har bir oziqlanishdan keyin tishlar orasida qolgan ovqatlar zarrachalaridan tozalash maqsadida uncha issiq bo’lmagan qaynagan suv bilan chayqashni qat’iy kun tartibiga kiritish zarur.
Har kuni kechqurun uyqudan oldin barcha ovqatlar qoldiqlarini chiqarib tashlash uchun tish talqoni va tish cho'tkasi bilan tozalash zarur.
Bolalarga juda issiq va sovuq suv, ovqatlarni bermaslik kerak hamda ularga yong'oq yoki boshqa qattiq moddalarni tish bilan sindirishiga ruxsat bermaslik lozim.
Yuqorigi kesuvchi tishlar bilan pastki kesuvchi tishlarni tutatishi tishlash deb ataladi. Tishlash to'g'ri bajarilganida yuqorigi kesuvchi tishlar pastki tishlardan oidingi holatda turadi, qaysiki ularning kesuvchilik ta'sirini oshiradi.
Mexanik jihatdan maydalangan ovqatlar og'iz bo'shlig'ida so'lak bilan aralashadi. Og'iz bo’shlig’iga uch juft katta so'lak bezlarining yo'llari ochiladi: quloq oldi, pastki jag' osti va tilosti bezlari. Katta so 'lak bezlaridan tashqari mayda, shilliq so 'lak bezlari ham mavjud, ular butun og'iz bo'shlig'i va til shilliq pardasida joylashgan.
Bolalar tug'ilganidan boshlab ularning so’lak bezlari faoliyat ko’rsata boshlaydi, lekin hayotining birinchi oylarida so’lak kam ajraladi. Sut tishlari chiqishi bilan so'lak ajralishish unchalik ortadiki, hattoki bola uni yutib ulguraolmaydi, natijada uning og'izdan chiqib turishi kuzatiladi.
So’lakda murakkab uglevodlarni maltozagacha parchalovchi ptialin fermenti va disaxaridlarni glukozagacha parchalovchi maltaza fermentlari saqlanadi. So'lak oqsili musin uni yopishqoq qiladi.
Mutsin tufayli so'lak bilan yaxshi to'yingan ovqatlar vengil yutiladi. So'lakning tarkibida tabiati jihatidan oqsil bo'lgan lizosim moddasi bo'lib u zararsizlantirish baktrisidlik xususiyatiga ega. Shular sabab bo’lsa kerak og'iz bo'shlig'i shilliq pardasidagi jarohatlar, yaralar, tana yuzasidagilarga qaraganda ancha tez tuzaladi.
Bolalarning yoshi ulg'ayishi bilan ularda ajralayotgan so’lakning miqdori ham orta boradi: bolalarning 9 dan 12 oylikkacha va 9 dan 1 i yoshgacha bo'lgan bolalarda so'lak ajralishining ancha aniq o'zgarishi kuzatiladi. Bolalar bir kecha-kunduzla o'rtacha 800 sm³ so'lak ajratadi.
So‘lak ajralishining boshqarilishi, iste'mol ovqatlar, og'iz bo'shlig'iga tushganidan keyin, bir necha sekund o'tgach, so'lak ajrala boshlaydi. Og'iz bo'shlig'ining ta'sirlanishiga so'lak bezlarining bunday tezlikda javob berishi so'lak ajralishi reflektor ravishda asab tizimi ishtirokida bajarilishini ko'rsatib turibdi.
Og'iz bo'shlig'iga tushga novqatlar ta’m sezuvchi nervlarni uchlarini qo'zg'atadi, ularda qo'zg'alish yuz beradi, bunda markazga intiluvchi nerv tolalari orqali uzunchoq miyadagi so’lak ajralish markaziga beriladi. Bu yerda qo'zg'alishni markazga intiluvchi nervlardan markazdan qochuvchi nervlarga (simpatik va parasimpatik), ya’ni so’lak bezlariga boruvchi nervlarga berilishi amalga oshadi. Qo'zg'alish so’lak bezining sekretor hujayralarini qamrab oladi va ma’lum miqdordagi va tarkibdagi so’lak ajraladi. Shartsiz so’lak ajratuvchi refleks shunday bajariladi.
So’lak faqat og'izga ovqat tushishi bilan ajralmasdan balki uni ko'rinishiga, hidiga, hattoki ovqat to'g'risida gap yuritilganda ham so'lak ajraladi. Bu ham refleks, lekin maxsus, I. P. Pavlov tomonidan shartli refleks deb atalgan. Shartli reflektor mos ravishda so’lak ajralishi, ya'ni ovqatning ko'rinishi, hidi yoki mazzali ovqat haqidagi gap-so'zlar ovqat yeyish bilan bir vaqtda bajarilsa amalga oshadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |