Buyraklar faoliyatining boshqarilishi. Nerv yo‘li bilan boshqarilishi. Nerv sistemasi buyrak gemodikamikasini, yukstaglomerulyar apparat ishi, filtratsiya, reabsorbsiya va sekresiyasini boshqaradi. Buyraklarni innervatsiya qiluvchi simpatik nerv ta’sirlansa, uning tomirlariga toraytiruvchi ta’sir etadi. Koptokchalarning olib keluvchi arteriolasi toraysa, filtratsion bosim va filtratsiya pasayadi Olib ketuvchi arteriola toraysa, filtratsion bosim va filtratsiya kuchayadi. Shundan ham ko‘rinib turibdiki simpatik nerv ta’sirlansa qaysi tomirlarga ta’sir etishiga qarab ikki xil effekt kelib chiqadi. Simpatik efferent tolalar ta’sirlansa natriy va suv reabsorbsiyasi kuchayadi. Parasimpatik adashgan nerv ta’sirlansa glyukoza reabsorbsiyasi va organik kislotalar sekresiyasi kuchayadi.
Og‘riq bo‘lganda siydik ajrashi kamayadi, hatto og‘riq kuchli bo‘lsa butunlay to‘xtashi ham mumkin.
Simpatik nerv sistemasi qo‘zg‘alishi hisobiga buyrak usti bezidan katexolaminlar ishlab chiqarilishi kuchayib, buyrak arteriyalari torayadi va buyraklarga qon kelishi ozayadi. Bir vaqtning o‘zida gipofizni orqa bo‘lagidan antidiuretik gormon ishlab chiqarilishi kuchayadi.
Diurezni kuchayib, ozayishi shartli reflektor yo‘l bilan ham boshqarilishi mumkin. Bu esa bosh miyaning oliy bo‘limlarini buyraklar faoliyatida muhim o‘rin egallashidan dalolat beradi.
Gumoral boshqarilishi. Buyraklar faoliyatini boshqarilishida gumoral tizim asosiy o‘rin egallaydi. Juda ko‘p gormonlar buyrak faoliyatiga ta’sir etadi, ularning eng asosiylari antidiuretik gormon yoki vazopressin va aldesteron hisoblanadi.
ADG yoki vazopressin, nefronni distal kanalchalari va yig‘uvchi naylarni suvga o‘tkazuvchanligi ortib, suv reabsorbsiyasi kuchayadi.
ADG ko‘p ishlab chiqarilsa siydik hosil bo‘lishi butunlay to‘xtashi mumkin. Agar bu gormon ishlab chiqarilishi ozaysa, og‘ir xastalik qandsiz diabet kasalligini keltirib chiqaradi. Nefronning distal kanalchalari va yig‘uvchi naylari suvni o‘tkazmay qo‘yadi va juda ko‘p suyuq siydik hosil bo‘la boshlaydi. Kasallar bir-kecha kunduzda 25 l gacha siydik chiqarishi mumkin.
Buyrak faoliyati organizmni moddalar almashinuvi jarayoni chiqindi moddalaridan tozalashni ta’minlab berish bilan cheklanib qolmasdan, balki qondagi osmatik bosimni va reaksiyaning doim bir xilda turishini ta’minlab beradi.
Bola o‘sib rivojlangan sari buyrak massasi va fiziologik xususiyatlari o‘zgarib boradi, lekin bu jarayonlar ayniqsa bola xayotining birinchi yilida, 13-15 yoshida (balog‘atga yetilish) va 20 yoshida sezilarli daraja bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari qovuqning xajmi 200 ml.ga teng bulsa, 10 yoshli bolalarda 600 ml.ga, 12 yoshli bolalarda esa 1000 ml. ga teng bo‘ladi. Biroq qovuq butunlay to‘lmasdan turib siydik chiqarilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |