Jadval ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, tijorat bankining aksiyador kapitali va rezerv kapitali joriy yilda o‘tgan yilga nisbatan sez ilarli oshgan. Bank foydasi taqsimlanishi natijasida tijorat banki tahlil qilinayotgan davrda o‘tgan yilga nisbatan 34380 ming so‘m yoki 52,0 % sof foydaga ega bo‘lgan.
Bank kapitalining uchta asosiy funksiyalarini ajratib ko‘rsatishimiz mumkin. Bular: himoya, operativlik va tartibga solish funksiyalaridir.
Bank omonatchilari manfaatlarini himoya qilish bankning asosiy funksiyasi hisoblanadi. Chunki bank aktivlarining asosiy qismi omonatchilar hisobiga tashkil topadi. Bundan tashqari bank kapitali aksiyadorlar risklarini kamaytiradi.
Himoya funksiyasi zarar ko‘rish xavfi tug‘ilganda aktiv rezervlarni shakllantirish yo‘li orqali bankning to‘lov qobiliyatini saqlab qolish, bank tugatilgan taqdirda omonatchilarga kompensat siya to‘lash imkoniyatini beradi. Bu esa o‘z navbatida bankning key ingi faoliyat ko‘rsatishiga keng yo‘l ochib beradi. Lekin shuni e’tib orga olishimiz kerakki, tijorat banklari ko‘pgina korxonalardan farqli o‘laroq o‘zlarining to‘lovga qobiliyatliligini joriy bank daromadi hisobiga ta’minlaydilar va faqatgina zararning bir qismi kapital hisobiga qoplanadi.
Kapital o‘ziga xos himoya yostig‘i rolini o‘ynab, ko‘zda tutilmagan yirik xarajatlar sharoitida bankka o‘z operatsiyalarini davom ettirish imkoniyatini beradi. Shu kabi chiqimlarni moliyalashtirish uchun bankning o‘z kapitali ichiga kiruvchi turli xil rezerv fondlar mavjud. Lekin mijozlar ssudalarni ommaviy qaytarmagan taqdirda, zararni qoplash uchun aksiyadorlik kapitalining bir qisminigina ishlatish maqsadga muvofi q bo‘ladi. Bank o‘z kapitalining mavjudligi uning ishonchli va likvidliligining birinc hi shartidir.
Bank o‘z kapitalining himoya funksiyasiga qaraganda operativlik funksiyasi ikkinchi darajali bo‘lib hisoblanadi. U bank ning o‘z mablag‘larini yer, bino, inshoot jihozlarini qoplash uchun moliyaviy rezervlarni shakllantirishga ajratishni o‘z ichiga oladi. Bu moliyaviy resurslar manbayi bank ishi faoliyatining birinchi bosqichlarida, ta’sischilar bilan bir qatorda birinchi navbatdagi xarajatlarni amalga oshirishlarida juda keraklidir. Bank rivojlanishining keyingi bosqichlarida bank kapitalining roli muhim bo‘lib, bu mablag‘larning bir qismi to‘g‘ri rezervlarni tashkil qil ish uchun uzoq muddatli aktivlarga sarfl anadi.
Garchi zararni qoplashning asosiy manbayi foyda jamg‘arish bo‘lsa ham, zararni qoplash uchun yangi aksiyalar chiqariladi yoki uzoq muddatli qarz olinadi.
Bankning o‘z kapitali tartibga soluvchi funksiyani ham ba jaradi. Bank kapitali ko‘rsatkichi yordamida davlat organlari bank faoliyatiga baho beradilar va nazorat qiladilar. Odatda bank o‘z kapitaliga uning minimal miqdori, aktivlar me’yori va boshqa bank aktivini sotib olish shartlari bo‘yicha talab qo‘yil adi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki tomonidan o‘rnatilgan iqtisodiy me’yorlar, asosan, bankning o‘z kapitali hajmidan kelib chiqadi. Tartibga soluvchi funksiyasiga kapitalni ssuda va investitsion opera tsiyalarni chegaralash maqsadida ishlatish ham kiradi.
Bankning ustav fondining o‘zgarishi ustav fondi miqdorining oshirilishi va kamaytirilishi shakllarida amalga oshirilishi mumkin.
Bank ustav kapitali qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yoki aksiyalarning nominal qiymatini ko‘tarish yo‘li bilan oshirishi mumkin.
Aksiyalarning nominal qiymatini oshirish yo‘li bilan bank ustav fondini oshirish quyidagi usullar orqali amalga oshirilishi mumkin:
moliyaviy yil yakuni bo‘yicha ko‘rilgan foydaning bir qis-mini yoki hammasini aksiyalar nominal qiymatini oshirishga yo‘naltirish;
aksiyadorlar tomonidan aksiyalar nominal qiymati oshirilgan qismining to‘lanishi.
Ustav fondini oshirish uchun qilingan o‘zgartirishlarni bank ustaviga kiritish to‘g‘risida ta’sischilar qaror qabul qiladilar.
Qo‘shimcha aksiyalarni chiqarish yoki aksiyalar nominal qiymatini oshirish uchun tijorat banklari Markaziy bankning tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentiga quyidagilarni topshiradi:
qo‘shimcha aksiyalarni joylashtirish yoki aksiyalar nominal qiymatini oshirish to‘g‘risida bank vakolatli organining qarori;
agar aksiya ochiq obuna yo‘li bilan tarqatilsa, bank vakolatli organi tomonidan tasdiqlangan emissiya prospekti;
bank kengashi raisi imzolagan ustav kapitalini oshirish va aksiyalar emissiyasiga rozilik berish to‘g‘risida Markaziy bank nomiga berilgan iltimosnoma. Taqdim etilgan hujjatlarni ko‘rib chiqish va rozilik berish bir oy muddat ichida amalga oshiriladi.
Bank ustav kapitali aksiyalar nominal qiymatini pasaytirish yoki aksiyalar umumiy sonini qisqartirish, shuningdek, keyinchalik ularni to‘lash sharti bilan sotib olish orqali kamaytirilishi mumkin.
Agar bank ustavida ko‘zda tutilgan bo‘lsa, aksiyalarning bir qismini sotib olish va ularni to‘lash yo‘li bilan bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat beriladi.
Agar kamaytirish natijasida ustav kapitalining eng kam miqdoridan kamayib ketsa bank ustav kapitali miqdoirini kamaytirishga ruxsat berilmaydi.
Aksiyalarning nominal qiymati pasaytirilganda aksiya narxi va yangi nominal qiymat o‘rtasidagi farq aksiyadorlarga qaytariladi.
Ustav kapitalini kamaytirish uchun tijorat banklari faoliyatini litsenziyalash va tartibga solish departamentiga iltimosnoma va ustav kapitalini kamaytirish to‘g‘risida aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qarori topshiriladi. Rozilik bir oy muddatda beriladi.
Ustav kapitalining kamaytirilishi yoki oshirilishi omonatchilar manfaatlariga va bank moliyaviy ahvoliga xavf solsa yoki bir aksiyador ulushi belgilangan normadan oshib ketsa, Markaziy bank ustav kapitalini kamaytirishga ruxsat bermaydi.
Markaziy bank o‘z xulosasini asoslagan holda bir oy ichida yozma ravishda tijorat bankiga yuboradi.
Shuni aytish kerakki, bank kapitalining asosiy maqsadi – riskni kamaytirish va kapitalning moliyaviy resurslar bozoriga kirish yo‘lini ta’minlashidadir.
Bank kapitali operatsion xarajatlarning moliyaviy bozorlarga erkin kirib borishini ta’minlash orqali kamaytiriladi. Bank kapitali doimiy manbalardan odatdagi stavkalarda qarz olishga imkon beradi. Katta miqdordagi kapital bankning barqaror obro‘sini va omonatchilar ishonchini ta’minlaydi.
Bank kapitalining aktivlarga nisbati, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan normativlar bilan o‘zaro bog‘liq. Ya’ni, kapital qarz olish bilan yangi aktivlar jalb qilinishini choralash orqali riskning oshib ketishini to‘xtatadi va kamaytiradi. Agar banklar ssuda miqdorini oshirmoqchi yoki boshqa aktivlarni sotib olmoqchi bo‘lsalar, yuqorida keltirilgan yo‘llar bilan ular aksiyador kapitalini qo‘shimcha moliyalashtirish orqali olinishini ta’minlashlari kerak. Bu aktivlarning spekulativ o‘sishining oldini oladi. Chunki banklar o‘z aktivlarini samarali boshqarish imkoniyatlarini saqlab qolishlari kerak.
Yuqorida keltirilgan bankning o‘z kapitalining funksiyalaridan xulosa qilib aytsak, bankning o‘z kapitali – bank tijorat faoliyatining asosidir. U bank mustaqilligini va turli risklar bo‘yicha salbiy oqibatlarni oldini olish manbayi bo‘lib, moliyaviy barqarorlikni ta’minlaydi.