4. Jalb qilingan mablag‘lar
Jalb qilingan mablag‘lar aktiv operatsiyalarni, avvalo kre dit operatsiyalarini amalga oshirish uchun pul resurslariga bo‘lgan ehtiyojni qoplaydi. Ularning roli juda katta bo‘lib, bank resurslarining 70 %dan ortig‘ini tashkil qiladi. Yuridik va jismoniy shaxslarning vaqtinchalik bo‘sh mablag‘laridan foydalanish orqali, tijorat banklari ular yordamida xalq xo‘jaligining va aholining qo‘shimcha aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojini qondiradi, pullarni kapitalga aylanishiga yordam beradi.
Banklarning mablag‘larni jalb qilish imkoniyatlari chegaralangan bo‘lib, barcha mamlakatlarda bu jarayon Markaziy bank tomonidan tartibga solinib turiladi. Jalb qilingan mablag‘lar tijorat banklari kredit resurslarining asosiy qismini tashkil qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bank kapitali bilan jalb qilingan mablag‘lar orasidagi nisbatni bir qator zaruriy me’yorlar yordamida tartibga soladi. Bu quyidagi normativlar: kapital yetarliligi, bir kredit oluvchiga to‘g‘ri keladigan maksimal tavakkalchilik miqdori, aholidan jalb qilingan depozitlarning maksimal miqdori va boshqalar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki yo‘riqnomasiga muvofi q, aholidan pul omonatlarini jalb qil ish miqdori bankning o‘z kapitali miqdori bilan chegaralanadi.
Hozirgi kunda banklar amaliyotida mavjud me’yoriy hujjatlarga asosan:
davlat ixtisoslashtirilgan banklar bazasida tashkil topgan tijo-rat banklari uchun jalb qilinadigan mablag‘lar hajmi o‘z kapitalining 25 barobaridan oshmasligi kerak;
yopiq turdagi aksiyador banklar uchun 20 barobardan osh-masligi kerak;
ochiq turdagi aksiyador banklar uchun 15 barobardan osh-masligi kerak.
Rejali iqtisodiyot davrida banklarda bo‘sh turgan mablag‘larini jalb qilishdan manfaatdorlik yo‘q edi, chunki banklarn ing aktiv operatsiyalari miqdori jalb qilingan mablag‘lar miqdoriga qarab emas, balki kredit qo‘yilmalar bo‘yicha o‘rnatilgan limitga qarab aniqlanar, jalb qilingan mablag‘lar bo‘yicha rag‘batlantirish bilan banklar shug‘ullanmas edilar. Aksariyat hollarda yirik loyihalarni amalga oshirish uchun bank ssudalari o‘rniga ko‘proq budjet mabl ag‘lari jalb qilinar edi. Shu bois muddatli omonatlarni o‘rta va uzoq muddatli kredit manbalari sifatida jamg‘arishga ehtiyoj bo‘lmagan.
Ikki pog‘onali bank tizimiga o‘tilishi, iqtisodiy mustaqil tijorat banklarining tashkil topishi, banklarning o‘z-o‘zini moliyalashtirish tamoyiliga o‘tishi, passivlar va aktivlar muvofi qligiga erishish muammolari bank faoliyatida dolzarb masalalarga ayland i. Bozor munosabatlarini rivojlantirish bank resurslarining ham turl itumanlashuviga olib keldi.
Banklar jalb qiladigan mablag‘lar tarkibi turlicha bo‘ladi. Ularning asosiy turlariga quyidagilar: bank mijozlar bilan ishlash jarayonida jalb qilgan mablag‘lar (depozitlar), o‘z qarz majburiyatlarini chiqarish yo‘li bilan mablag‘larni to‘plash (depozit va jamg‘arma sertifi katlarini, veksellar, obligatsiyalar) va banklararo kredit vositasida boshqa kredit tashkilotlaridan hamda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan olinadigan ssuda mablag‘lari va boshqalar kiradi. Xalqaro bank amaliyotida jalb qilingan resurslar ularni yig‘ish usuliga qarab quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
depozitlar;
nodepozit resurslar.
Jalb qilingan mablag‘larning asosiy qismini depozitlar tashkil qiladi.
Banklarda maqsadlarni amalga oshirish uchun pul mablag‘larini qo‘yilmalarga jalb qilish operatsiyalari depozit operatsiyalari deyiladi.
Depozitlar faqatgina omonatchiga emas, shu bilan birga bankka ham manfaatlidir. Ko‘pgina depozitlar orqali bankning ssuda kapitali shakllanadi, keyinchalik esa bank turli xo‘jalik sohalar ini qulay shartlar asosida kreditlaydi. Depozit va kredit foizl ari orasidagi farq bo‘sh pul mablag‘larini jalb qilish va ssuda kap italini joylashtirish borasidagi bank marjasi (mukofoti) bo‘lib hisoblanadi.
Bankning „Oltin qoidasi“ga ko‘ra, bank moliyaviy talablarining hajmi va muddati bank majburiyatlari miqdori va muddatiga mos kelishi kerak. Bu qoidaga rioya qilib, banklar joriy schotlar bo‘yicha qoldiqlarni kredit resursi sifatida ishlata olmaydilar, chunki mijozlar ularni xohlagan vaqtda talab qilib olishlari mumkin. Vaholanki, mijozlar, odatda, o‘z mablag‘larining hammasini birdaniga olishmaydi, shuning uchun, bankning naqd pul rezervi omonatlarga nisbatan shakllanadi.
Bundan tashqari, aksariyat bank operatsiyalari naqd pulsiz ko‘rinishda amalga oshiriladi. Kassa zaxiralari ko‘rinishida bo‘lmagan naqd pullar bank likvidligini oshiradi va u boshqa mi jozlarga yoki bankka kredit sifatida yo‘naltirilishi mumkin. Kassa zaxiralaridan tashqari tijorat banklari tomonidan depozitlardan kredit resursi sifatida foydalanishda boshqa cheklovlar bo‘lib, u O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatiladigan majburiy zaxiralar shaklida ifodalanadi.
Depozit hisobvaraqlari turlicha bo‘lishi mumkin va ularning asosini qo‘yilmalar manbayi, ularning maqsadli yo‘naltirilganligi, daromadlilik darajasi va boshqa shu kabi mezonlar tashkil etadi, ammo aksariyat hollarda mezon sifatida pul qo‘yuvchi toifasi va qo‘yilmani olish shakllari inobatga olinadi.
Pul qo‘yuvchilar toifasidan kelib chiqqan holda, depozitlar qu yidagilarga bo‘linadi:
yuridik shaxslar (korxonalar, tashkilotlar);– jismoniy shaxslar.
Mablag‘larni olish shakliga ko‘ra depozitlar quyidagilarga bo‘linadi:
muddatli depozit mablag‘lar;
talab qilib olingunga qadar depozit mablag‘lar;– aholining jamg‘arma qo‘yilmalari.
O‘z navbatida bu guruhlarning har biri turli belgilariga qarab tasnifl anadi. Muddatli depozit mablag‘lar ularning muddatidan kelib chiqib tasnifl anadi:
3 oy muddatgacha depozitlar;
3 oydan 6 oygacha depozitlar;
6 oydan 9 oygacha depozitlar;
9 oydan 12 oygacha depozitlar;
12 oydan yuqori bo‘lgan depozit mablag‘lar.
Bank tomonidan jalb qilingan mablag‘larning yuqori likvidlik darajasini ushlab turish va ma’lum yuqori daromad olish ehtiyojini belgilab beruvchi mavjud qonun va tartibga soluvchi aktlardan kelib chiqib, turli aktivlarga joylashtiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |