L. S. Karieva makroiqtisodiyot


-rasm Byudjet soliq siyosatining oqibatlari: davlat xarajatlarining



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

7.5.3-rasm Byudjet soliq siyosatining oqibatlari: davlat xarajatlarining 
oshishi 
Bunday holda, IS egri chizig‛i o‛ng tomonga teng masofaga siljiydi: 


144 
∆G=

bu yerda ∆G - davlat xarajatlarining ko‛payishi; 
davlat xarajatlarining 
multiplikatori. 
Natija quyidagicha: muvozanat A nuqtadan B nuqtaga qadar davom etadi, 
chunki foiz stavkasi r
1
dan r
2
gacha ko‛tarilib, daromad Y
1
dan Y
2
oshadi. 
Multiplikator ta’siri orqali daromad ko‛payadi, shuning uchun IS egri chizig‛i 
bu qiymatga teng masofa bilan o‛ngga siljiydi. 
Iqtisodiyotni rag‛batlantirish bo‛yicha soliq-byudjet siyosati foiz stavkasini 
oshiradi va investitsiya xarajatlarining bir qismini siqib chiqaradi. Davlat 
xarajatlari o‛sishi sababli foiz stavkalarining o‛sishining investitsiyalarga ta’siri 
"ta’sir kuchi" deb nomlandi. 
7.6 Narxlar o‛zgarishi sharoitida rag‛batlantiruvchi fiskal va pul-kredit 
siyosati 
O‛zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‛rta muddatli istiqbolda pul-
kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar 
kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyasion targetlash rejimini 
amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan. 
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyasion targetlashga o‛tishning konseptual 
asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy 
etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‛yicha o‛rta muddatli rejalarni keng 
jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan. 
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy 
barqarorlikning kafolati bo‛lib, iqtisodiy 
islohotlarni jadallashtirish 
va 
rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit 
hisoblanadi. Bunda inflyasiyaning past va barqaror ko‛rsatkichlari muvozanatli 
iqtisodiy o‛sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini 
yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan, 
narxlar o‛sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy 
siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‛lishi kerak. 


145 
Inflyasiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar 
omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit 
yaratadi hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud 
iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi. 
Amaldagi O‛zbekiston Respublikasining “O‛zbekiston Respublikasining 
Markaziy banki to‛g‛risida”gi Qonuniga ko‛ra, Markaziy bankning bosh maqsadi 
milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta 
barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga 
nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish 
mumkin. 
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini 
amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‛lishini hamda maqsadli 
ko‛rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab 
etadi. 
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‛zgarishlari 
kuzatilgan rivojlanayotgan va o‛tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy 
rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‛llanilgan. 
Bunda inflyasiya bo‛yicha tegishli ko‛rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o‛sishni 
rag‛batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan. 
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy yo‛nalishlari, 
shuningdek 
inflyasiyaning 
maqsadli 
ko‛rsatkichlariga 
erishish 
bo‛yicha 
majburiyatlarining aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning 
shakllanishiga xizmat qiladi. 
Inflyasion targetlash rejimida inflyasiya bo‛yicha maqsadli ko‛rsatkichlarga 
erishishda markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligi talab qilinadi. Bunda 
makroiqtisodiy 
sharoitlarning 
o‛zgarishlariga 
tezkor 
moslashuvchanlik 
imkoniyatining mavjudligi markaziy bankka iqtisodiyotdagi ichki muammolarga 
e’tibor qaratishiga imkoniyat yaratadi. 


146 
Mazkur rejimda markaziy bank faoliyati shaffofligining oshishi aholining 
inflyasiya kutilmalarini pasayishiga hamda markaziy bankka bo‛lgan ishonchi 
mustahkamlanishiga olib keladi. 
Shu bilan birga, ushbu rejimga o‛tish va uni samarali amalga oshirish 
mamlakatda muhim tashkiliy-huquqiy va makroiqtisodiy sharoitlar majmuini talab 
qiladi. 
Xususan, past va barqaror inflyasiya darajasiga erishish vazifasi markaziy 
bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi nafaqat rasman balki amalda 
ham bosh maqsadi bo‛lishi kerak. 
Markaziy bank oraliq mo‛ljal sifatida xizmat qiluvchi narxlar dinamikasidagi 
o‛zgarishlar prognozi asosida inflyasiya bo‛yicha maqsadli ko‛rsatkichga erishish 
yuzasidan majburiyat oladi. Boshqa makroiqtisodiy ko‛rsatkichlar (iqtisodiy 
o‛sish, pul massasi, ayirboshlash kursi va boshqalar) bo‛yicha maqsadli mo‛ljallar 
rasmiy ravishda qabul qilinmaydi. 
Bunda markaziy bank amaldagi inflyasiya darajasi va kutilayotgan narxlar 
dinamikasiga baho berishda ishonchli tahliliy va prognozlashtirish bazasiga ega 
bo‛lishi talab etiladi. Tahlillarning sifatli bo‛lishi ko‛p jihatdan, ichki bozordagi 
narxlarning real dinamikasini o‛zida aks ettiruvchi ishonchli va batafsil statistik 
ma’lumotlarning mavjudligini talab etadi. 
Inflyasion targetlash rejimining samaradorligi ko‛p jihatdan, markaziy 
bankning inflyasiya bo‛yicha miqdoriy mo‛ljallarni belgilash va pul-kredit 
instrumentlarini tanlashdagi mustaqilligi darajasi bilan bog‛liq. Shuningdek, bu 
rejimni qo‛llashda fiskal siyosatning pul-kredit siyosatidan ustunlik qilmasligi, 
ya’ni pul-kredit siyosatining soliq-byudjet sohasidagi maqsadlarga qaratilmasligi 
talab etiladi. 
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati 
instrumentlari 
samaradorligiga 
hamda 
uning 
transmission 
mexanizmini 
ko‛rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‛z vaqtida va to‛liq 
o‛tkazish imkoniyatiga bog‛liq. 


147 
Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-kredit 
instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir 
mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf 
etish bo‛yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda 
e’tibor qaratiladi. 

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish