129
bu yerda:
1 / 1(1-b(1-t)+m’
ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlar multiplikatori
Ochiq iqtisodiyotda davlat xarajatlari multiplikatori
va soliq multiplikatorini
hisobga olganda muvozanatli ishlab chiqarish hajmi modeli quyidagicha bo‛ladi:
Y=
(a+I+G+g) -
Ta.
Aytaylik hukumat o‛z xarajatlarini qandaydir miqdorga oshirdi va bu
xarajatlarni moliyalashtirish uchun soliq miqdorini ham shuncha oshirdi.
Bunda davlat xarajatlari va avtonom soliqlar miqdorlarining bir vaqtning
o‛zida bir xil miqdorda o‛zgarishi natijasida daromadlarning jami o‛zgarishi ΔY
miqdori quyidagiga teng bo‛ladi:
∆Y=
∆Ta.
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko‛paysa
muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq
summaga ko‛payadi.
Buni balanslashgan
byujet multiplikatori
deb yuritiladi.
Balanslashgan byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo‛ladi.
Davlat xarajatlari o‛zgarishidan yuzaga keladigan multiplikativ samara soliqlar
pasayishidan olinadigan multiplikativ samaradan kattaroq bo‛ladi. Bu holat davlat
xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o‛zgarishi ta’siriga
nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir.
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rol o‛ynaydi. Agar
hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo‛lsa, davriy pasayishni tugatish uchun
o‛z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun
esa soliqlarni oshirishi
maqsadga muvofiq bo‛ladi.
Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo‛lsa, davriy
pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko‛tarilish paytida esa davlat
xarajatlarini oshirish maqbul yo‛l hisoblanadi.
Xukumatning bandlik darajasi,
ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va
to‛lov balansi holatini o‛zgartirishga yo‛naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi
natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig‛ini maqsadli
o‛zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda
130
iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag‛batlantirish
uchun davlat xarajatlarini
oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga
keltiriladi. O‛z navbatida davriy ko‛tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga
keltiriladi.
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rol
o‛ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor,
vaqt oraliqlari
bilan bog‛liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo‛riqishning paydo
bo‛lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat
xarajatlari va soliq tushumlarini o‛zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror
bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o‛rtasida ma’lum vaqt o‛tadi.
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o‛zgaradi va ko‛rilgan
chora-tadbirlar
ko‛tilgan natijani bermasligi mumkin. Shu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik
tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi.
Nodiskret fiskal siyosat – davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti
qoldig‛ini avtomatik o‛zgartirishni ko‛zda tutadi.
Nodiskret fiskal siyosat
o‛rnatilgan barqarorlashtirgichlarga asoslanadi. Rivojlangan davlatlarda o‛rnatilgan
barqarorlashtirgichlari rolini progressiv soliq tizimi, davlat transfertlari tizimi va
foydada ishtirok etish tizimi o‛ynaydi. Nodiskret fiskal siyosat davriy
tebranishlarni yumshatish uchun hukumatning bevosita aralashuvini talab etmaydi.
Davriy pasayish sharoitida daromadlar pasayishi tufayli soliq stavkalari pasayadi.
Bu esa jami talabning oshishiga, ishlab chiqarishni kengaytirishga rag‛batni yuzaga
kelishiga olib keladi. Shuningdek pasayish
davrida davlat transfertlari, jumladan
ishsizlik nafaqasi to‛lovlari miqdori oshadi. Bu holat ham jami talabni oshirib, jami
taklif hajmini oshishiga ijobiy ta’sir ko‛rsatadi.
Iqtisodiy yuksalish davrida ortiqcha talab iqtisodiyotga inflyatsion ta’sir
ko‛rsatayotgan sharoitda daromadlar darajasi oshishi bilan soliqlar stavkalari
pasayadi va bu jami talabga cheklovchi ta’sir ko‛rsatadi. Ayni paytda davlat
xarajatlari (ishsizlarga
nafaqalar, davlat transfertlarining bir qancha turlar) ham
pasayadi. Ammo nodiskret fiskal siyosat vositalari iqtisodiy tebranishlarni to‛liq
yumshatish imkonini bermaydi va u diskret fiskal siyosat yuritishni inkor etmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: