279
12.9.4-rasm. Importdagi o‛zgarishlarning eksportga ta’siri
Natijada muvozanatli
real valyuta kursi oshadi,
milliy mahsulotlar
qimmatlashadi va sof eksport kamayadi.
Shunday qilib, mamlakat ichki bozorini chet el raqobatchilaridan himoya qilish
maqsadida olib boriladigan protektsionistik savdo siyosati
joriy operatsiyalar
hisobi va kapital harakati hisobiga ta’sir qilmaydi. Ammo,
u muvozanatli real
valyuta kursini oshiradi va tashqi savdo miqdorini kamaytiradi.
Sof eksport
o‛zgarmagan bo‛lsa ham B nuqtadagi eksport va import hajmi A nuqtadagi eksport
va import hajmidan kam bo‛ladi. Importga cheklashlarni joriy
qilish ichki narxlar
darajasi (Pd)ning oshishiga olib keladi.
Shuning uchun ham uzoq davrda nominal valyuta kursi (En) narxlar oshishiga
teng tarzda kamayadi. Natijada, o‛sgan muvozanatli real
valyuta kursi E
2
nuqtada
barqarorlashadi, ya’ni sof eksport kamayishi ortidan E
1
nuqtaga qadar pasaymaydi.
Baholar darajasining ko‛tarilishiga javoban nominal
valyuta kursining pasayishi
sotib olish qobiliyati paritetini tiklaydi.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Mamlakat to‛lov balansi necha qismdan iborat
va ularda nimalar qayd
etiladi?
2. To‛lov balansini tuzishda ikki bor yozuv printsipi nimani anglatadi?
3. Joriy operatsiyalar balansida aks ettiriladigan operatsiyalarni sanab bering.
4. Kapital harakati balansining mohiyatini tushuntirib bering.
5. To‛lov balansi tarkibiy qislari o‛rtasidagi bog‛liqlikni tushuntirib bering.
280
6.To‛lov balansi taqchilligi va inqirozi bir xil tushunchalarmi?
7. Erkin tebranuvchi valyuta kursi tizimida to‛lov balansi qay yo‛sinda
barqarorlashadi?
8. To‛lov balansini makroiqtisodiy tarptibga solish deganda nimani tushunasiz?
Bunda qanday vositalardan foydalaniladi?
9. To‛lov balansi tahlili makroiqtisodiy jarayonlar to‛g‛risida
qanday
ma’lumotlar olish imkonini beradi?
10. Valyuta tizimining mohiyatini va uning tarkibiy qismlarini aytib bering
11. Valyuta bozori davlat tomonidan qaysi usullar bilan tartibga solib turiladi?
12. Ichki va tashqi konvertirlash tushunchalariga izoh bering.
13. Valyuta kursi nima va uni qanday omillar belgilaydi?
14. Foiz stavkasi va valyuta kursi o‛rtasida qanday bog‛lig‛lik bor?
15. Nominal va real valyuta kurslariga izoh bering.
16. Xarid qobilyati pariteti atamasining mohiyati nimadan iborat?
17. Real valyuta kursi makroiqtisodiy siyosat ta’sirida qay tarzda o‛zgartiriladi
va uning milliy iqtisodiyotga ta’siri qanday?
18. Protektsionizm siyosatining valyuta kursiga ta’sirini qanday baholaysiz?
19. Valyuta kursi o‛zgarishining yalpi talab va yalpi taklif hajmiga ta’siri
mexanizmini tushuntirib bering.
Do'stlaringiz bilan baham: