Quyma olishning mahsus usullari
Sanoat miqyosida quymalar olishning mahsus usullariga: suyuqlantirilgan metall
yo qotishmalarni qoliplar (kokillar)ga quyish, markazdan qochirma quyish, bosim
ostida quyish, suyuqlanuvchan nusxalardan foydalanib quyish va qobiq qoliplarga
quyish kabilar kiradi. Bugungi ishlab chiqarish texnologiyalari yuqori rivojlangan
zamonda quymalar ishlab chiqarishda resurstejamkor yuqori darajali texnologik
jarayonlarni qo‘llab maxsulot narxini kamaytirib, uning sifatini oshirish zarur. Mana
shunday yuqori ko‘rsatgichlarga erishishda quymakorlikning maxsus usullarini
qo‘llab, zarur xossalarga ega bo‘lgan quymalar olish mumkin. Bu quymalar, bir
martalik qum-gil tuproqli qoliplarda olingan quymalarga nisbatan sezilarli darajada o‘z
Muallif:
L.O.Daminov
xossalari va sifati bilan farq qiladi.
Quymakorlikni maxsus usullari quydagi afzalliklarga ega:
1.
Iqtisodiy afzalligi;
2.
Ishlab chiqarish talablariga javob bera olishi;
3.
Energiya sarfini kamayishi;
4.
Ish sharoitlarini yaxshilanishi;
5.
Kam mexnat talab qilinishi;
6.
Jarayonni mexanizatsiyalash imkoniyati;
7.
Atrof muxitga zararli ta’sirini kamayishi.
Quymakorlikni maxsus usullari deb – maxsus xossali quyma olish imkonini
beruvchi usullarga aytiladi. Quymakorlikning maxsus usullari ishlatilayotgan qolipga
ko‘ra: bir marotabali; ko‘p marotabali; doimiy va kombinatsiyalangan turlarga
bo‘linadi. Suyuq metallni qolipga quyish turiga ko‘ra: gravitatsion; vibratsion; vakkum
ostida; bosim ostida quyish turlariga bo‘linadi.
Quymakorlikning maxsus usullariga quyidagilar kiradi: Metall qoliplarga
(kokilga) quyish; Bosim ostida quyish; Markazdan qochma kuch ta’sirida quyish;
Modeli eruvchi quymakorlik usuli; Modeli gazga aylanuvchi quymakorlik usuli;
Vakkumda quyish; Elektroshlak usulida quyish; Uzluksiz quyish.
Bir martalik qum-gil tuproqli qoliplarda olingan quymalarni tayyor xolatga
keltirish uchun 15-25 % og‘irligi mexanik ishlov orqali qirindiga aylanadi. Maxsus
uslda quyilgan quymalarda esa bu ko‘rsatgich 5-10% tashkil etadi.
Mashinasozlik detallarini tayyorlashda, ish xajmini 60-70% tashkil etadi va bu
o‘z navbatida tayyorlangan detalni narxini oshiradi. Odatda bu muammo
mashinasozlik detallarini eng qulay, nisbatan arzon quymachilik usullarini qo‘llash
orqali bartaraf etiladi.
Maxsus usullarning qaysi biridan foydalanishni texnologik ko‘rsatgichlar
belgilab beradi. Ularning barchasi umumiy asosga birlashadi, ya’ni maxsus usullarda
quymalar olish material, energiya va mexnat sarfini kamaytiruvchi texnologik
jarayonlardir.
Quymakorlikning maxsus usullarida quyma olishning boshqa usullardan
afzalligi, qolip yasash materiallarining kam chiqimligi, atrof muxitga kam ta’sirligi,
yuqori sifatli quymalar chiqishi va mexnat sarfini kamligida. Maxsus usulda quymalar
olishda quymalarning miqdorini ortishi bilan tannarxi pasayib boradi.
Kоkillаrgа quyish
yo’li bilаn оlinаdigаn cho’yan vа po’lаt quymаlаrdа ichki
bo’shliqlаr (tеshiklаr yoki chuqurchаlаr) hоsil qilish zаrur bo’lsа, оdаtdаgi qоliplаrdа
ishlаtilаdigаn stеrjеnlаrdаn, аlyuminiy qоtishmаlаri vа mаgniy qоtishmаlаri uchun esа
аjrаluvchi mеtаll stеrjеnlаrdаn fоydаlаnilаdi. Suyuq mеtаll kоkillаr ustidаn, yonidаn
yoki оstidаn quyilishi mumkin. Kоkillаrning ichki yuzаlаri o’tgа chidаmli mаtеriаl vа
buyoqlаr bilаn qоplаnаdi. Kоkillаrgа suyuq mеtаll yaхshi to’lishi uchun ulаr оldindаn
qizdirib оlinаdi.
Kоkillаrgа quyish usuli mеhnаt unumini оshirishgа, quymа sirtining sifаtini
hаmdа uning mехаnik хоssаlаrini yaхshilаshgа, kеsib ishlаsh uchun qоldirilаdigаn
оrtiqchа qаlinligini kаmаytirishgа imkоn bеrаdi.
Muallif:
L.O.Daminov
Do'stlaringiz bilan baham: |