43
qarashlari Angliyaga qarshi ruxda edi. U Rikardoning ta’limoti va Maltus aqidalarini
rad qildi.
G.Kerining metodologiyasi ob’ektiv iqtisodiy qonunlarni tabiat qonunlariga
almashtirish bilan tavsiflanadi.
G.Keri hamma iqgisodiy toifalarni ta’riflab berishga intildi. U qiymatni insonning
tabiatga hukmronligi o‘lchovi deb ta’rif berdi. U narxni predmetning o‘zini
ayirboshlash evaziga pul olish qobiliyati deb hisobladi. Kapital odamlarning tabiat
kuchlarini boshqarish imkoniyatini olishlarida yordam beradigan buyum yoki qurol
deb tushundi. G.Keri D.Rikardoning yer rentasi nazariyasini tanqid qilib, uni
kapitalistlar va ishchilar o‘rtasidagi ziddiyat tarafdori deb hisobladi.
G.Kerining o‘zi esa rentani yer egalarining mehnati uchun mukofot deb hisoblab,
uni foiz bilan aynan bir narsa deb tushundi. Kerri burjua jamiyatini eng mukammal
jamiyat deb isbotlamoqchi bo‘ldi. U taqsimot qonunini o‘z nazariyasiga asos qilib
oldi. G.Keri proletariat bilan burjuaziya manfaatlarining bir xil, go‘yoki kapitalistik
jamiyatda mehnat unumdorligi oshishi bilan ish haqi ham oshib boraveradi, shuning
natijasida ishchi bilan kapitalistning iqtisodiy ahvolidagi tafovut asta-sekin kamayadi
degan qoida bilan asoslamoqchi bo‘ldi.
G.Keri kapitalistik jamiyatda ishchilar sinfi farovonligining oshib borishi texnika
taraqqiyoti bilan bog‘liq deb hisobladi.
Keri qullikni qo‘lladi (bu davrda AQShning janubida hali qul plan-tatsiyalari
mavjud edi). Proteksionizm siyosati ham himoya qilindi, chunki AQSH hali yosh
davlat sifatida sanoati pastligi tufayli unga muxtoj edi, chunki Angliya sanoati bilan
ochiq raqobatda yengishi qiyin bo‘lgan. Shular tufayli Smit va Rikardolarning
fritrederlik (erkin savdo) siyosati to‘g‘ri kelmay qoldi.
Mehnat unumdorligining o‘sishi ishchilarning tirikchilik vositalari qiymati
pasayishi bilan bog‘liq, bunda ishchi kuchi qiymati ham pasayadi, kapitalistning
milliy daromaddagi hissasi esa oshib boradi. Keri kapitalist va yer egasi «manfaatlari
uyg‘unligi»ni isbotlab berishga intiladi. Bunda ham u Rikardoga qarshi chiqadi,
ayniqsa, unundorligi past yerlarni ishga tushirishga monelik bildiradi. Keri Bastia
kabi rentani aslida kapitalga foiz shakli sifatida qaraydi, dehqonchilik xususiyatlarini
inkor etadi.
Keri «millatlar uyg‘unligi» haqida ham gapirib Buyuk Britaniyaning sanoat va
mustamlakachilik monopoliyasiga qat’iy qarshi chiqadi, boshqa davlatlarni agrar
xom ashyo manbaiga aylantirish siyosatini inkor qiladi va shu maqsadda
proteksionizmni keng qo‘llash kerak, deydi.
Do'stlaringiz bilan baham: