rnaktablar sport skaut tashkiiotlarida jismoniy tarbiyani olgan edilar. Bunda gimnastikaga nisbatan sport o'yinlariga ko‘proq e'tibor kuchaytirilgan. Yoshlar kollcjlar, universitetlarda ta'liin olib, jismoniy tarbiya bilan sport klublarida shug'ullangan. Amerikada kollejlar va universitetlar asosan sport ishlarining markazi hisoblangan. Amerikaning kollej va universitetlarida ko'proq yengil atletika, suzish, basketbol. eshkak eshish sporti, tennis, beysbol, amerikacha futbol biian shug'ullanish tashkil qilingan. Oliy o'quv yurtlariaro universitet sportining milliy apsotsiatsiyasi yetakchi tashkilot hisoblangan. Bu tashkilot 1906-yil^a tuzilgan.
Amerikada havaskorlik sporti harakatida tashkil etilgan atletika uyushmasi asosiy rol o‘ynagan. Bu tashkilot Amerikada mavjud boMgan barcha sport tashkilotlari ustidan rahbarlik qildi, faqat universitet sporti mustaqil edi. Atletik uyushma boshida yirik moliyaviy va ishlab chiqarish kapitali turar edi. Ikki urush oralig'ida Amerika sport bo‘yicha jahondagi eng yirik va kuchli davlatga aylandi. Amerika sportchilari yozgi va qishki Olimpiya o'yinlari, jahon miqyosida o‘tkazilgan sport musobaqalarining doimiy qatnashchisi boMib qoldi.
Professional sport ancha rivojlanib, bunda turli xil reklamalar, matbuot, radio va keyinchalik televideniyeda uzluksiz targMbot olib borish muhim rol o‘ynadi. Bu o‘z navbatida sport trestlari, kompaniyalar, yirik stadionlar qurish kabi maxsus tijorat ishlab chiqarish sohasini yuzaga keltirgan. Bunday sharoitlarda o'tkazilgan matchlar va tadbirlar tadbirkorlarga ulkan boylikJar kcltirdi. Amerikada professional sport biznesga aylangan edi.
Fransiya. Yoshlar jismoniy tarbiyasi va sporti Fransiyada o‘ziga xos tarzda rivojlanib bordi. 1920-yilda maktab yoshigacha boMgan bolalar va maktab o‘quvchiIarining jismoniy tarbiyasi haqida qonun qabul qilindi. Harbiy vazirlik o'quv yurtlarda jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi nizomni tasdiqladi. Jismoniy tarbiyaning vosita va usullari asosi uchun Jorj Ebeming tabiiy-tayanch gimnastikasi tizimi qayta ishlangan holatda va shvedlar gimnastikasining ba'zi qismlari olingan edi. Ko‘p sonli sport klublari va tashkilotlarida Olimpiya o‘yinlari turlari, ayniqsa, futbol, tog‘ chang‘isi sporti va figurali uchish kabilar keng rivojiangan edi.
1920-yiIlar oxiri va 1930-yillar boshida mamlakatda faol dam olish jarayonida sportdan foydalanishga katta e'tibor berilgan. Bunda
65
rekreatsion sport keng rivolangan. 1936-yilda sport ishlari va faol dam olish davlat boshqannasi tashkil etilishi bilan rekreatsion sport o‘z maqomiga ega bo‘!gan. Parijda ikki marotaba yozgi Olimpiya o'yinlari o'tkazildi. 1924-yil Shamoni shahrida 1 qishki Olimpiya o‘yinlari tashkil etilgan.
Rossiya. 1951-yil 7-mayda Venadagi XOQning sessiyasida Sovet mamlakati Milliy Olimpiya qo‘mitasi Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan. 1952-yil Xelsinkida (Finlyandiya) sovet sportchilari ilk bor Olimpiya o‘yinlarida qatnashgan. Shu davrdan boshlab sovet sportchilari Xalqaro sport va olimpiya o‘yinlarining eng faol ishtirokchilariga aylangan edi. 1980-yilda XXII yozgi Olimpiya o‘yiniari Rossivaning markazi Moskvada o‘tkazilgan. Bu o‘yinlar sotsialistik tizimdagi barcha mamlakatlar uchun birinchi bo'lgan. 0‘sha vaqtdagi siyosiy qarama-qarshiliklaming kuchayishi, harbiy tahdid haqidagi turli xil uydirmalarning ortib borishi sovetlar va AQSH o‘rtasidagi munosabatlami keskinlashtirgan edi. AQSH hukumatining Moskvadagi Olimpiya o‘yinlariga boykot qilishiga olib kelgan. Shu sababli, AQSH va bir qator boshqa davlatlaming sport- chilari o‘yinlarda qatnashmagan.
1984-yil Los-Anjelesda (AQSH) o'tkazilgan XXIII Olimpiya o‘yin!arida sovet sportchilari ishtirok etmagan. chunki yuqorida qayd etilgan siyosiy tahdidlar, AQSH sportchilarining Moskvadagi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etmaganligiga javob tariqasida shunday xulosalarga kelingan edi. 1988-yil yozgi XXIV Olimpiya 0‘yinlari Seulda (Janubiy Koreya) tashkil etilgan. Sovet va AQSH sportchilari jahondagi eng kuchli sportchilarning raqobati yana davom etdi. 1992- yil Barselona (Ispaniya) shahrida XXV Olimpiya o'yinlari o‘tkazilgan. Bunda sobiq sovet sportchilari so‘nggi bor uyushgan terma jamoa sifatida o'yinlarda ishtirok etgan. Keyingi davrlardagi Olimpiya o‘yinlarida Rossiya va sobiq respublikalar mustaqil ravishda ishtirok etgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |