Jismoniy tarbiyaning harbiylashtirilishi va fashistlashti- rilishi. Birinchi jahon urushidan keyin kapitalistik mamlakatlarda jismoniy tarbiyani to‘g‘ridan-to‘g‘ri keng koMamda harbiylashtirish. ayrim mamlakatlarda esa uni fashistlashtirish boshlanib ketgan. Chet
56
el mamlakatlari o‘quv \Tjrtlarida oiib borilayotgan jismoniy tarbiya dasturlari qayta ko“rib chiqilgan edi. Mehnatkashlaming sport tashkilotlariga kirishini yengillashtirdi, ularni korxona egasiga qarashli fabrika-zavod sport klublatiga, skaut tashkilotlariga. jismoniy tarbiyaning katolik va xristian uyshmalariga jalb etish ishlarini avj oldirib yubordi. Chet ei mamlakatlari sport tashkilotiarida yoshiami jismoniy jihatdan har tomonlama o'stirish einas, balki ularga harbiy bilimlar, ko'nikma va malakalar berish, o‘z g'oyalarini majburan singdirishga uringan.
(•ermaniyada agressiv doirfelar nemis harbiy imkoniyatlarini qayta tiklash rejaiarini ilgari sura'boshladilar. Ular nemis yoshlarini jisntoniy jihatdan baquvvat, «Buvuk Germaniya»ni tiklashni hamda nemis militarisllarining «Germaniya hammadan yuqori» degan chaqirig'ini antalga oshirishni to'la istaydigan qilib tarbiyalashga intildilar. Fashistlar qattiq terror qilish natijasida keksa nentis sport tashkilotlarining qarshiligini yengishga hamda sport harakatini fashistlarga xos tarzda yo‘lga solishga muvaffaq bo'idilar.
Fashistiarning «sport» tarbiyasi «Quvonch tufayli kuch» tashkiloti yonida tu/ilgan «mehnat fronti» (fashist kasaba soyuzlari) vositalarida ham amalga oshirildi. 1936-1939-yillarda sportni fashistlashtirish yanada kuchavdi. 1938-yilda ta'sis etilgan Jismoniy mashqlar millatchilik imperiya soyuzida o'z ifodasini topdi. Fashistlar Italiyasida ham jismoniy tarbiya va sport ishlari keng miqyosda harbiylashtirildi va fashistlashtirildi. 1922-yilda hokimiyat tepasiga kelgan Italiya fashizmining siyosati «Buyuk ltaliya»ni tuzish uchun yangi imperialistik urushga tayyorlanishga qaratildi.
Italiyada maktab yoshidagi bolalar hamda yoshlaming jismoniy jihatdan 0‘sishi va ularga fashistlar tomonidan beriladigan tarbiya ishlariga maorif ministrligining jisntoniy tarbiya departamenti va maxsus ijtimoiy tashkilot «Opera natsionale Balilla» rahbarlik qildi. «Balilla» asosan 8-13 yoshlardagi o'g'il bolalami birlashtirgan. 14-18 yoshdagi o'smirlar «Avangardisti» tashkilotiga kirganlar. 8-13 yoshdagi qizlar «Pikoli italiyane» («Kichik yoshdagi italiyan qizlar»), 14-18 yoshdagi qizlar esa «Djivaniye italiyani» («yosh italiyan qizlan>) tashkiiotlariga birlashtirilgan.
«Opera natsionale Balilla»ning 93 ta bo‘limi bo'lgan. Fashistlar «sekretarlari» rahbarligidagi bu bo'limlaming 4000 ga yaqin mahalliy tashkiloti bor edi. <
57
mablag\ kapitalistlar va burjua tashkilotiarining yordami bilan ta'minlandi. «Balilla» tashkilotlarida yengil atletika. qilichbozlik, gimnastika, eshkak eshish va hokazo keng qo'llaniladi. Shu bilan bir qatorda har bir joyda geografik va iqlim sharoitlariga qarab. maxsus sport turlari: Alpda tog‘ chang‘i sporti, dengiz bo‘yida suzish. yelkan sporti, daryolarda suzish, eshkak eshish. tekislikda ot sporti. hamma joyda sport o‘yinlari (regbi, futbol. basketbol, voleybol), otish, velosiped sporti va sportning motorli turlari ham taraqqiy ettirildi.
Bularda sportning avtomobil, mototsikl. aviatsiya, planer va parashyut turlari, qilichbozlik, kurash. boks, og‘irlik ko'tarish va gimnastikani taraqqiy ettirishga katta ahamiyat berildi. Italivada fashistlar armiyasiga rezervlar tayyorlash maqsadida «Opera natsio- nale dopolivora» nomi bilan juda ko‘p tashkilotlar vujudga keltirildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |