Bog'liq Jismoniy tarbiya ba olimpiya harakati tarixi
§. O'rta asrlarda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiya va
sport (V—XVII asrlar)
0‘rta asrlarda chet el mamlakatlarida jismoniy tarbiyaning rivoj- lanishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘lgan. Yevropa davlatlarida feodallar, dehqonlar va shaharliklaming jismoniy tarbiyasi shakllan- gan. Ritsarlami tarbiyalash tizimi paydo bo'Igan. Gumanistlaniing jismoniy tarbiya to“g‘risidagi pedagogik fikrlari niuhini ahamiyat kasb ctgan. 0‘rta asrlarda Osivo. Amerika va Afrika mamlakatlarida jismoniy tarbiya an'anaviy xarakterga ega bo‘lgan.
0‘rta asr davri V-XVIl asrlarga to‘g“ri keladi. Bu davrda feodal tuzum G‘arbiy va Sharqiy Yevropa, Osiyo hamda Shimoliy Afrikada vujudga kelib, rivojlanib borgan. Markaziy Amerika, Avstraliya qit'alari, Osiyoning shimoliy hududlarida esa bu davrda ibtidoiy jamoa tuzumi yoki ilk quldorchilik tuzumi davom etgan. 0‘rta asrlar Osiyo, Yevropa mamlakatlari va Afrika kabi bir qancha mamla- katlarda feodal ishlab chiqarish usuli hukmronlik qilgan davr edi. G'arbiy hamda Sharqiy Yevropaning, Hindi-Xitoyning ko‘pgina davlatlari, Arab davlatlari, Turkiya. Yaponiya va boshqa davlatlar vujudga kelgan. O'rta Osiyo hududlarida ilgari paydo bo'lgan Xitoy, Hindiston, Eron kabi davlatlar ham rivojlangan. III-IV asrlarda Xitoyda, III-VII asriarda Hindiston. Old va 0‘rta Osiyo mamla- katlarida. Shimoliy Afrika va Yevropada feodal munosabatlar vujudga kelgan. Ba'zi bir xalqiar quldorlik tuzumini chetlab. ibtidoiy jamoa tuzumidan feodal munosabatlarga o'tganlar.
0‘rta asrlar jamiyatining asosiy tarkibini feodallar va dehqonlar tashkil etgan. Feodalizm davrida yer /.odagon feodallarning mulki hi- soblangan. Mehnat qurollari. mollar, xo‘jalik imoratlari hukmron feo- dallarda ham. bevosita ishlab chiqaruvchilar - dehqonlarda ham, hu- narmandlarda ham bor edi. Ular 0‘rtasida butun o'rta asrlar davomida qattiq sinfiy kurash olib borilgan. Bu kurash o‘sha davrdagi ijtimoiy taraqqiyotning barcha sohalariga. shu jumladan. teodallar va xalq ommasining jismoniy tarbivasiga ham hal qiluvchi ta'sir qilgan edi.
Cherkov feodal jamiyatining g‘oyat reaksion kuchi bo‘lib, xalq ijodiga, fanga qarshi kurash olib borgan. U antik .. .iJanivat qoldiq- larini yo‘q qilishga harakat qildan. Chcrkov xalqning jismoniy kamolotga, tomoshalarga intilishini majusiylikning, antik diniy urf- odatlaming koTinishi deb bilgan. Cherkov oddiy xalqning jismoniy
tarbiya, jismoniy mashqlar va harakatli o'yinlar bilan shug‘ullanishiga qarshi boigan. Ilk o‘rta asr davrida chcrkov feodallaming jismoniy tarbiyasiga ham salbiy munosabatda boigan. Biroq salb yurishlari davrida ritsarlaming harbiy-jismoniy ta>yorgarligiga boigan o‘z munosabatini o'zgartirgan. Bu vaqtlarda cherkov feodal aslzoda- laming jismoniy tarbiyasini qoilab-quwatlagan va hatto bu tarbiyani ruhoniylar jamiyatiga olib kirgan edi. Cherkov xudoga va feodal tartiblaming mustahkamligiga boigan e’tiqodni faqat butlar yorda- mida emas, balki qilich yordamida ham kiritishni quvvatlagan edi.
Feodallar jismoniy mashqlar/bilan shug'ullanib, o'zlarini bos- qinchilik urushlariga va dehqonlaming qo‘zg‘olonlarini bostirishga tayyorlab borganlar. Umsh olib borishning yangi usuli va yangi harbiy-jismoniy tarbiya vositalari va usullarida ayrim o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. Ritsarlaming butun tarbiyasi harbiy-jismoniy tayyor- garlikdan iborat edi. Ritsarlik turnirlari o‘sha vaqllarda o'ziga xos ko‘ngil ochish vositasi emas, balki shu bilan ayni bir vaqtda, ritsar- larning harbiy-jismoniy jihatdan tayyorgarligini namoyish etuvchi ko'rik, nayza va qilichni ishlatish mahoratiga doir musobaqaedi.
Shaharliklar va dehqonlar o‘rtasida o'tkaziladigan xalq jismoniy tarbiyasi xalq an'analari asosida amalga oshirilgan. Shaharliklar orasida yugurish, sakrash, tosh uloqtirish, og'irlikni bir joydan ikkinchi joyga ko'chirish, qilichbozlik, yoydan o‘q otish, kurash va to‘p o'ynash kabi jismoniy mashqlar keng tarqalgan. Ular bu mashqlar vuzasidan uyushtiriladigan musobaqalarni bayram kunlari o tkazgan. Shaharliklar tomonidan qilichbozlik va o‘q otish ‘'birodarliklari” tashkil etilgan.
G‘arbiy Yevropa davlatlarida barcha mehnatkashlar harbiv xizmatni o'tashga majbur bo'lgan erkin yer egalaridan iborat edi. Ular qirol yoki harbiy boshliq chaqirig'i bilan qurollangan holda yetib kelishlari va harbiy yurishlarda qatnashish uchun tayyor bo'lishlari kerak edi.
Lekin harbiy ta'lim yaxshi tashkil etilmagan, chunki aholini harbiy va jismoniy jihatdan tayyorlashning uvushgan harbiy ta'lim tizimi shakllanmagan edi. Dehqonlar uchun harbiy jismoniy tarbiya faqat jangovar faoliyat uchungina emas, balki mehnat faoliyati uchun ham zarur bo'lgan. Bu davrda jismoniy tarbiyaning sinfiy xarakteri birinchi navbatda jismoniy tarbiyadan foydalanish maqsadlarida namoyon bo'lgan. Dehqonlar jismoniy tarbiyadan mehnat va jangovar
23
faoliyatga tayyorlash vositalaridan biri sifatida, yuqori martabaga erishgan feodal aslzodalar esa o‘z qudratini mustahkamlash vositasi sifatida foydalanganlar. Feodal aslzodalar o‘z!arining harbiy jismoniy tarbiya tizimlarini yaratishda xalqning jismoniy mashqlar va o'yinlar sohasidagi ijodidan keng foydalanganlar.
0‘rta asrlar davomida madaniyatning tarkibiy qismi sifatida jismoniy tarbiya va sport ham rivojlangan. Bir necha yuz yillar davomida katolik dini aqliy va jismoniy tarbivaga salbiy ta'sir o‘tkazib keigan. Xristian dini ta'Iim va tarbiya sohasida o‘zining hukmronligini ustun qo‘yib, bunda faqat ruhiyat va oxirat haqida ta'limot xalq ongiga singdirilgan. Dinning ta'siri natijasida maktablar va universitetlarda jismoniy tarbiyaga e'tibor berilmagan.
Ritsarlar tarbiya tiziini. Cherkov feodal tuzumiga yordam berish maqsadida ritsarlik tarbiya tizimini qo'llab-quvvatlagan. Salb yurishlaridagi ritsarlik faoliyatlarida jismoniy tayyorgarlikka ehtiyoj sezilib, ulami tayyorlashga e'tibor kuchaytirilgan va ritsarlik jismoniy tarbiya tizimi tashkil etilgan. Ritsarlami tarbiyalashda otda yurish, qilichbozlik, ov qilish. suzish, kamondan o‘q otish, shaxmat o'yini, she'raytish kabilardan foydalanilgan.
Ritsarlar tayyorlash tizimining dastlabki bosqichida oddiy feodallar o‘zlarining 7 yoshlik o‘g‘illarini senyor (boy fcodal) qal'a- siga yuborganlar. BoMajak ritsarlar qa!’ada 7 yoshdan 14 yoshgacha paj xizmatini o'taganlar va bunda zodagon, obro'li fetxial ayollar tarbiyasini olganlar. Bu davrda ular kuchii va epchil bo'lish uchun maxsus o‘qituvchilar yordamida kamalak otish, tosh va nayza uloqtirish, sakrash, yugurish, suzish va otda yurish kabi mashqlar o'rgatilgan. Ularga ov qilish. harbiy-jismoniy mashqlarni bajarish va ritsarlik odob qoidalari o‘rgatilgan.
Pajlik yoshida hosil qilingan malaka va ko‘nikmalar navbatdagi bosqichda, 14 yoshga yetgan pajlar qurolbardorlikka o‘tkazilgan. Ritsarlar tayyorlash tizimining ikkinchi bosqichida qurolbardorfar maxsus o'qituvchilar rahbarligida asov otlami minish. og‘ir temir qalqonlar kiygan holda va ularsiz uzoq masofalarga chopish. xandaqlardan va devorlardan sakrab o‘tish, qal'a devorlariga narvon bilan va narvonsiz chiqish, qurol bilan va qurolsiz suvda suzish, ov qilish, shaxmat o'ynash o*rgatilgan. Qurolbardorlikning oxirgi yillari- da yoshlar qilichbozlik, nayza uloqtirish hamda to'la asbob-aslahalari bilan otda yurishni mashq qilganlar. Qurolbardorlaming umumiy
24
jismoniy va harbiy tayyorgarligi mukammal darajaga yetgandan keyin, ya'ni ular21 yoshga kirganlarida ritsarlik unvoni berilgan.
Ritsarlik tayyorgarligi - jismoniy kamolotning uchinchi bosqichi - faqat yirik senyorlar uchun mo'Ijallangan. Bu bosqichda guruh ta'limi emas, balki individual ta'Iim ustun turar edi. Qal'alarga inaxsus o'qituvchilar, qilichbozlik ustalari va mutavassislar taklif etilgan.
Bunday tarbiya tizimi natijasida ritsarlar jismoniy jihatdan kuchli. epchil va matonatli kishilar bo'lib, ular harbiy harakatlaming asosiy usullarini mukammal ega^aganlar. Ular o‘zlarining doirasida ritsarlik odob-qoidalari degan axloqqa anial qilganlar. Ritsarlaming ko'pchiligi uchun jismoniy mashq mashg'ulotlari ko'ngil ochish vositasiga aylangan yoki turnirda ishtirok etish vositasi sifatida xizmat qilgan.
Ritsarlaming harbiy-jismoniy tayyorgarligini sinash maqsadida ritsarlar tumiri o'tkazilgan. Turnirlar ommaviy tusda va yakkama- yakka bcllashuvlar shaklida tashkil etilgan. Tumirlami tashkil qilish, asosan, jangdagi g'alaba. ritsarning uylanishi, oilada o'g'il tug'ilishi, yirik feodalning tug'ilgan kuni va boshqa sabablar bilan bogMiq bo'lgan. Yakka bellashuvda ritsarlar «qirolga hayot, ayolga qalb baxsh etish va o'ziga shon-shuhrat keltirish» uchun qasamyod qilganlar. Ritsarlarning tumirlari ritsarlar harbiy sport musobaqalarining o'ziga xos shaklidan iborat cdi. Ularda feodal aslzodalar harbiy-jismoniy tayyorgarligining yakuniy natijalari namoyish qilingan.
Turnirlar Fransiya, Germaniya. Angliya. Chexiya, Polsha va Ispaniyada salb yurishlari davrida avniqsa ravnaq topgan. Tumirlar o'z. taraqqiyotida ikki bosqichni bosib o'tgan: birinchi bosqich - harbiy o'yinlar bo'lib, bunJ tumirlar namunali ommaviy xarakterga ega bo'Igan va “buxurdlar" deb atalgan; ikkinchi bosqich ritsarlaming yakka olishuvi bo'lib, ‘jut" yoki "t'ost" deb atalgan.
Ommaviy turnirlar "buxurdlar” keng katta maydonlarda o'tkazilgan va biror harbiy harakat manzarasini eslatgan. Keyinchalik ommaviy tumirlar cheklangan niaydonda, ma'lum vaqt, qoida va tartibga asoslanib o‘tkazilgan. So'ng ommaviy tumirlar jut yoki t’ost turnirlari shaklini olgan.
T'ost tumirlari Xi asrda yakkama-yakka olishuvning ancha aniq shakli sifatida pavdo bo‘lgan. XIII asrda ular tumirning asosiy qismiga kiritilgan va ritsarlar doirasida juda keng tarqalgan. Poyga va
25
nayza bilan harakat qilish jut yoki l'ostda - og'ir aslalia bilan qurollangan ritsarlaming yakkama-yakka olishuvida asosiy mashqlardan edi. Belgilangan qoidaga muvofiq, chopib kelayotgan otning ustida turib. nayza zarbi bilan raqibini egar ustidan uchirib yuborish lozim edi.
Turnirlar maxsus maydonlarda - poyga va boshqa musobaqalar maydonlarida o'tkazilgan. Dastlabki turnirlar vaqtida qaPa va shaharlar yaqinidagi atrofi o‘ralmagan joylar ana shunday maydonlar vazifasini o'tagan. Xr asrdan boshlab maxsus rnaydoniarning hajmi maMum bir tartibga solingan. XIV asrda turnir ishtirokchilarining xavfsizligini ta'minlash maqsadida maydonlar to‘siqlar bilan to‘sib qo‘yilgan. Raqiblar ana shu to‘siqlar bo‘y!ab bir-birlariga qarshi harakat qilganlar. Shunday yakkama-yakka olishuvlardagi jang san'ati uchi to‘mtoq nayza bilan kuchli va aniq zarba berishdan iborat boMgan.
Qurollangan ikki guruhning olishuvidan iborat boigan ommaviy turnirlar ancha jiddiy ahamiyatga ega edi. Otryadlar maydon chekkasidagi arqon bilan to‘sib qo'yilgan jovda saf tortib tizilishar edi. Signalga muvofiq, arqon uzib tashlanar va guruhlar bir-biriga qarshi hujumga o'tar edilar. O'z shlemini vo‘qotgan va otdan urib tushirilgan ritsarlar safdan chiqarilgan. Eng kam zarar ko‘rgan guruh turnirda g‘olib chiqqan. Tumirda alohida ajralgan ishtirokchilar xonimlar qoiidan qimmatbaho mukofot va sovg'a olganlar.
XIV asrdan boshlab o‘q otadigan qurol paydo boiishi bilan otliq ritsarlar va ritsarlik tumirlari barham topgan. Turnirlar feodal zodagonlar uchun tomoshalarga aylanib. kambag‘allashgan kichik ritsarlar tumirlardan boyish manhai sifatida foydalanganlar. 0‘yin va tamoshalar feodallaming. ayniqsa, ularni bolalarining harbiy-jismoniy tarbiyasida katta o‘rin tutgan. 0‘g‘il bolalar va yigitlar ixtiyorida yog‘och otlar, argimchoqlar, shag‘al toshlar boigan. Bolalar va yigillar uchun qaPalar qurilgan va ularga hujum qilib, bosib olishni mashq qilganlar. Musobaqa o‘yinlari feodallaming tarbiyasida katta ahamiyatga ega edi.
Musobaqa o‘yinlarini ikki guruhga: harbiy va sport guruhlariga ajratish mumkin. Feodallarning eng ommaviy sport o‘yini kichik koptok - hozirgi tennis koptogiga o‘xshash koptok o‘yini edi. Fransiyada bu o‘yin «jyo de pom» deb atalgan. Bu o‘yin uchun maxsus to‘r, koptoklar, raketkalar tayyorlanih, maxsus bino «o‘yin
26
uyi» qurilgan. Katta to'p «sul» o'yini - futbol o'yinini eslatuvchi o'yin edi. Bu o‘y>n asosan xalq o'yini edi. Lekin qirol va uning atrofidagi aslzodalar undan hazar qilmas edilar.
Butun XV asr davomida turnirlar o'tkazih turildi. lekin endi kishilaming e'tibori tumir ishtirbkchilarining mahorati va harbiy ta'limiga emas, balki kiyimlarining yaltirashiga hamda qurollarining chiroyligiga qaratilgan edi. 1487-yilda so'nggi umumgerman turniri, 1512-yilda esa oxirgi mahalliy turnirlar bo'lib o'tgan. Jangchi ritsami tarbiyalashning qattiq tizimi asta-sekin unutib borildi. Ritsarlik tarbiya tizimi o'mida jentlmenlar tayyorlash tizimi vujudga kelgan.