Osiyo, Afrika va Amerika qit’alarida jismoniy tarbiva.
Osiyo, Amerika va Shimoliy Afrika mamlakatlarida qadimgi an*analarning uzoq saqlanishi bu hududlarda feodal tuzumi va jismoniy madaniyatning sekin rivojlanishiga sabab bo'lgan.
Hindiston. O'rta asrlarda qadiingi jismoni> madanivat tajribalari Hindistonda keng tarqalgan. Bunda kurash, kamondan o‘q otish, yugurish, ot o'yinlaridan fosdalanildi. Miliiy raqslar bilan birgalikda xatxa-yoga, marosim o'yinlari va boshqa mashqlar ommalashgan.
Xitoy. Dehqonlaming «sariq ro'mollilar» deh nom olgan qo'zg'olonlari IIl-V asrlarda davom etib kelgan. Hukmdorlar aholidan
31
qurollarni yig'ib olgan va ulami ishlatishni taqiqlagan edi. Shu sababli xalq orasida qurolsiz jang usullari avjiga chiqqan. VI asrda Xitoy ushu gimnastikasi tez rivoj topdi. Bunda qo‘l va oyoqlarni ishlatib jang qilish, kaft va uning qirralari bilan urish amalga oshirilgan. Min sulolasi hukmronligi davrida ushu keng rivojlangan edi. Unda 20 xildan ortiq qurollar va tayoqlar qo'llanilgan. Lekin o‘q otish qurollarining paydo bo'lishi bu turlar taraqqivotini ancha pasaytirgan edi. Shunga qaramasdan, ushu mashqiaridan davolash maqsadida foydalanish davom etgan. Xitoyda ot ustida chavgon va hindlarga xos xatxa-yoga bo'yicha musobaqalar o'tkazilib turilgan.
Yaponfya. 0‘rta asrlarda Yaponiyada jismoniy madaniyatning rivojlanishi Samuraylar institutining tashkil etilishi bilan bevosita bog‘liq bo'lgan. Samuravlar kichik yer egalarining harbiy-feodal tabaqasi bo‘lib, ulaming jismoniy tarbiya tizimi xilma-xil kurash turlari: sumo, jiu-jitsu va karate, kendo - bitta yoki ikkita qiiich bilan jang qilish san'ati, noginata - nayza bilan kurashish, piyoda va otda yugurishda kamondan o'q otish, marosim bellashuvlar, turli xil to‘p o‘yinlari kabi mashqlardan iborat bo‘lgan.
Markazfy Amerika xalqlarining jismoniy tarbiyasi. Yevropaliklar mustamlaka qilib olgan davrlargacha bu mintaqada inklar, mayya va atsteklar davlatlari mavjud bo'lgan. XII asrlarda bu mamlakatlarda ma'lum darajada jismoniy tarbiya tizimi mavjud bo'Igan. Bunda davlat miqyosida va oila sharoitida tarbiya berish amalga oshirilgan.
Maktablarda o‘yinlar va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug'ullanishgan. Kamondan o'q otish, tayoqlarni uloqtirish, qilich va qalqon bilan kurash kabi harbiy-jismoniy tayyorgarlik ajnalga oshirilgan. lnklar va atsteklarda uzoq masofalarga yugurish hayotiy ehtiyoj bo'lib hisoblangan. Ko'pchilik o'yinlar va mashqlar bu xalqlaming diniy marosimlari, urf-odatlari bilan bog'liq bo'Igan. Shuningdek, qabilalararo o'yinlar, diniy bayramlar, tantanalar, atletik musobaqalar tashkil etilgan. Butun jismoniy tarbiya tizimi aborigen xalqlarning mehnat, harbiy va hayotiy turmushida katta o*rin tutgan.
Yevropaliklaming bosqinchilik, talon-toroj qilish, o'ldirish, majburlash kabi harakatlari Amerika xalqlarining jismoniy madaniyat tizimi rivojlanishiga salbiy ta'sir etgan.
Afrika mintaqasidagi xalqlaming jismoniy tarbiyasi. O'rta asrlarda Afrika xalqlari orasida mehnat, harbiy ishlar va ijtimoiy turmush orqali jismoniy madaniyat shakllari belgilangan. Jismoniy
32
Do'stlaringiz bilan baham: |