a) Tomas Amold; b) Gerbert Spenser; c) Pyotr Lesgaft; d) Fridrix Nitsshe.
Yevropada skautlar harakatining asoschisi kim bo‘lgan?
a) Robert Baden-Pauel; b) Tomas Amold; c) Adolf Shpiss; d) Georg Demeni.
Rus olimi P.F.Lesgaft qanday nazariyani yaratgan?
maktabgacha tarbiya nazariyasi;
maktab uchun jismoniy tarbiya vositalari;
jismoniy tayyorgarlik tizimi;
harbiy tayyorgarlik.
«Fair play» so‘zlari nima ma'noni anglatadi?
a) haqqoniy o‘yin; b) ko‘rgazmali o‘yin; c) milliy o‘yin; d) oddiy o‘yin.
Ikkinchi jahon urushidan keyin jismoniy tarbiya va sport sohasida qanday o‘zgarishlar sodir bo‘lgan?
Jismoniy tarbiyaning ikki qarama-qarshi yo'nalishi paydo boTgan;
SSSR va AQSH orasida «sovuq urush» boshlangan;
mustamlaka tuzumi inqirozga uchragan;
xalqaro sport harakati vujudga kelgan.
i
Chet el mamlakatlarida “jismoniy tarhiya” atamasi qanday ifodalanadi?
a) physical education; b) physical recreation; c) sport; d) fitness.
74
BOB. 0‘ZBEKISTONDA JISMONIY TARBIYA VA OLIMPIYA HARAKATI
O'zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov: «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, bu xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo'lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham boMmavdi. Har qaysi xalq milliy qadriyatlarini o‘z maqsadlari, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg‘usi toMaqonli ravishda tiklangan, xalq bosib o‘tgan yo‘l o‘zining barcha muvafFaqiyat va zafarlari, yo'qotish va iztiroblari bilan xolis va haqqoniy oTganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo‘ladi»,6- deb yangi tariximizga yo‘l ochib bergan edilar.
0‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport tarixi qadim zamon- lardan tortib, to hozirgi kungacha bo'lgan turli tarixiy davrlarda jismoniy tarbiya, sport va olimpiya harakati taraqqiyotini o‘rganadi.
O'zbekistonda jismoniy tarbiya va olimpiya harakati tarixi quyidagi davrlar bo'yicha oTganiladi:
Qadimgi davr va o‘rta asrlar davrida jismoniy tarbiya (miloddan avvalgi VIII ming yillik - milodiy XVI asr);
Markaziv Osiyoga zamonaviy sportning kirib kelishi davri (XIX asrning oxiri- XX asming boshlari);
sobiq Ittifoq davrida jismoniy tarbiya va sport (XX asr);
* 0‘zbekiston Respublikasida mustaqillik yillarida jismoniy tarbiya, sport va olimpiya harakati (XX asr oxiri - hozirgi kungacha).
Do'stlaringiz bilan baham: |