Boze-Eynshteyn kondensati
Maktabdagi fizika darslarida moddaning agregat
holatlari uchun xil bo‘lishini, ya’ni,
modda suyuq, gaz
holatida bo‘lishini uqtiriladi. Ayrim ilg‘or fizika
o‘qituvchilarigina, moddaning agregat holatlari ichida
to‘rtinchisi
sifatida
plazmani
ham
o‘quvchilarga
tanishtirib o‘tishadi. (Plazma – zaryadlangan ionlardan
iborat modda bo‘lib, u ko‘proq gazga o‘xshaydi). Lekin,
zamonaviy fizikada moddaning agregat holatlari aslida
beshta deb tan olingan bo‘lib, yuqorida sanalgan to‘rt xil
holatdan tashqari, tabiatda shuningdek «Boze-Eynshteyn
kondensati» holati ham mavjuddir. Boze-Eynshteyn
kondensati moddani deyarli mutlaq nol haroratgacha
sovitish natijasida hosil bo‘ladi. Bunda, modda atomlari
fermionlardan iborat bo‘lishi (elektron va protonlar
singari), yoki, bozonlardan tashkil topgan bo‘lishi kerak.
Fermionlardan tashkil topgan moddadan Boze-Eynshteyn
kondensati olish birmuncha mushkul. Sababi, buning
uchun fermionlar bir-biri bilan o‘zaro
yaqin joylashgan
bo‘lishi va amalda olish qiyin bo‘lgan noyob holatda
bo‘lishi talab etiladi. Bozonlar bilan, masalan, yorug‘lik
fotonlar bilan bunday kondensat olish osonroq deb
qaraladi. Chunki, bozonlar butun bir guruh hosil qilgan
holda, yaxlit tarzda umumiy holatga kirishishi mumkin.
Shu sababli ham, Boze-Eynshteyn kondensati haqida gap
ketganda, olimlar uni bozonlardan tashkil topgan bo‘ladi
deb ta’kidlashadi (ya’ni, fermionlardan
bunday kondensat
olish imkoniyati deyarli yo‘q darajada bo‘lgan uchun, u
istisno qilinadi). Boze-Eynshteyn kondensatidagi bozonlar
favqulodda o‘ta past haroratda bo‘lgani tufayli, eng pastki
energetik holatga ega bo‘ladi va hammasi bir bo‘lib,
o‘zlarini xuddi yaxlit bir katta kvant zarrasi singari tuta
boshlaydi. Natijada, ushbu bozonlardan iborat moddada
o‘ta oquvchanlik singari g‘ayrioddiy fizik xossalar
namoyon bo‘la boshlaydi.
Bundan tashqari, Boze-
Eynshteyn kondensatini tashkil qiluvchi bozonlar bilan,
odatda, oddiy zarralar bilan yuz beruvchi fizik jarayonlar,
masalan, interferensiya singari hodisalar yuz bera
boshlaydi. Tan olish kerakki, shu choqqacha, Boze-
Eynshteyn kondensatidan biror sohada amalda jo‘yali
biror naf chiqarilmagan, ya’ni, undan biror maqsad uchun
amalda foydalanilgan emas. Bu boradagi ayrim urinishlar,
nazariy taxminlar chegarasidan nari chiqa olmayapti.
Masalan,
bir necha yillar avval, Boze-Eynshteyn
kondensatidan, oddiy radarlar ilg‘amaydigan «ko‘rinmas»
samolyotlarni payqash uchun foydalanish imkoniyati
tekshirib
ko‘rilgan
edi.
Bunda
mutaxassislar
gravitatsiyaning sezilar-sezilmas kichik o‘zgarishlari
kvant interferensiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatayotganini
kuzatish orqali maqsadga erishish mumkin deb taxmin
qilishgan. Lekin, ushbu g‘oya ham xomxayoldan nariga
o‘tmadi.
Do'stlaringiz bilan baham: