Eksperiment metodi. Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o`spirin, balog`atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun`iy tushun-chalarning shakllanishi, nutqning o`sishi, favqulodda holatdan chi-qish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuy-g`ulari, xarakteri vatipologik xususiyatlari o`rganiladi. Inson psi-xikasining nozik ichki bog`lanishlari, munosabatlari, murakkab mexanizmlari tekshiriladi. Buning uchun eksperiment materialini tekshiruvchi sinchkovlik bilan tanlashi, obyekt tarzda har xil holat va vaziyatlarni yaratishi, bunda sinaluvchining yoshi, aql-idroki, xa-rakter xususiyati, his-tuyg`usi, qiziqishi va saviyasiga, turmush taj-ribasiga, ko`nikma va malakalariga e`tibor berishi lozim.
Eksperiment metodi o`z navbatida tabiiy va laboratoriya metodla-riga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo`llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910 yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta`riflagan. Tabiiy metoddan foy-dalanishda ishlab chiqarish jamoalari a`zolarining, ilmiy muassa-salar xodimlarining, o`qituvchilar, keksaygan kishilarning psixo-logik o`zgarishlari, o`zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka yarokdiligi muammolarini hal qilish nazarda tu-tiladi. Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o`rganishda sina-luvchilar (bog`cha bolalari, maktab o`quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va hokazolar)-ning o`zlari bexabar bo`lishi, ta`lim jarayonida berilayotgan bilim-lar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlar-ga tarbiyaviy ta`sir o`tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsu-lot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim.
Laboratoriya (klinika) metodi ko`pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik as-boblar, yo`l-yo`rikdar, tavsiyalar, ko`rsatma va ilovalardan foydala-nib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o`zgarishlarni aniq-laydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (disp-leylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o`lchashda qo`llanadi. Ko`pincha detektor-lar, elektron va radio o`lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xro-norefleksometr, lyuksmetr, anomatoskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromnogramma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi.
Laboratoriya metodi yordami bilan diqqatning sifatlari, sezgi, idrok, xotira va tafakkurning xususiyatlari, emotsional hamda iro-daviy va akdiy zo`riqish singari murakkab psixik holatlar tekshi-riladi. Ko`pincha laboratoriya sharoitida kishilar (uchuvchi, shofyor, operator, elektronchilar) va kutilmagan tasodifiy vaziyatlar (halo-kat, portlash, izdan chiqish, shovqin ko`tarilishi)ning modellari yaratiladi. Asboblarning ko`rsatilishi bo`yicha o`zgarishlar, rivoj-lanish dinamikasi, jismoniy va aqliy toliqish, emotsional-iroda-viy, asabiy zo`riqish, jiddiylik, tanglik qanday sodir bo`layotgani-ni ifodalovchi ma`lumotlar olinadi.
Tajriba (eksperiment) aniqlovchi, tarkib toptiruvchi (tarbiyalov-chi) va tekshirish (nazorat) qismlariga bo`linadi. Eksperimentning anikdovchi qismida psixik xususiyat, jarayon yoki holat, o`yin, meh-nat, o`qish kabi faoliyatlar tadqiq qilinadi. Tadqiqot obyektining aynan shu paytdagi holati, imkoniyati aniqlanadi, lekin tekshiruvg chi sinaluvchiga subyektiv ta`sir o`tkazmaydi. Shu pallada sinaluv-chiga, hatto yo`llovchi savollar ham bermaslik eksperimentning prii-sipi hisoblanadi.
Tarkib toptiruvchi (shakllantiruvchi) eksperimentda (tajribada) sinaluvchilarda biror fazilatni shakllantirish, shuningdek, ularga maqsadga muvofiq muayyan malaka, yo`l-yo`riq va usulni o`rgatish re-jalashtiriladi. Eksperiment yakka, guruh va jamoa tarzida o`tkazi-lishi mumkin. Buning uchun tajriba materialining hajmi, ko`lami, qancha vaqtga mo`ljallanganligi, nimalar o`rgatilishi, sinaluvchilarni psixologik jihatdan tayyorlash oldindan belgilab qo`yilishi shart.
Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib top-tiruvchi (shakllantiruvchi) bosqichda shakllantirilgan usul, vosita, yo`l-yo`riq, ko`nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, barqarorligini aniqlash, ta`sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil mustaqil topshiriqlar beriladi. Tekshirish (nazo-rat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o`tkazish prinsipi buzila-di.
Aniqlovchi, tarkib toptiruvchi va tekshiruvchi (nazorat) tajriba-larda yig`ilgan ma`lumotlar, mikdorlar matematik-statistik metod-lardan foydalangan holda ishlab (hisoblab) chiqiladi, shuningdek, mikdoriy tahlil o`tkazishga tayyorgarlik ko`riladi. Statistik metod-lar yordamida insonning bilish jarayonlari (sezgi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol) bilan uning individual-tipologik xususi-yatlari o`rtasidagi o`zaro bog`likdigi va ta`siri (koppelyaksiyasi) bi-lish jarayonlarining his-tuyg`u bilan boshqarilishi, aql-zakovat omillarini tahlil qilish amalga oshiriladi. So`ngra miqdorning hamda qo`llanilgan metodikasining ishonchliligi, aniqliligi dara-jasi aniqlanadi. Ungacha ham matematik statistikaning sodda me-todlaridan foydalanib, ayrim hisoblashlar, masalan, o`rtacha arif-metik qiymat, miqdorlarni tartibga solish, medianani hisoblash, kvadrat og`ishni topish va boshqalar amalga oshiriladi.
Hozir injener psixologlar matematiklar bilan hamkorlikda inson psixikasining modelini yaratish ustida tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar, shuningdek, mediklar, fiziologlar, kibernetik-lar psixikani dasturlashtirishni nihoyasiga yetkazmoqsalar. Ishlab chiqarishdagi «sun`iy intellektlar», robotlar, EHMlar ana shu iz-lanishlarning dastlabki samarasi hisoblanadi.
Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to`g`risidagi og`zaki va yozma ma`lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tar-jimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o`zgalar ijodiga ber-gan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o`rin egallaydi. Shu bilan birga o`zgalar tomonidan to`plangan garjimai hol haqidagi materiallar: esdaliklar, xatlar, rasmlar, tavsiflar, baholar, mag-nitafon ovozlari, fotolavhalar, hujjatli filmlar, taqrizlar o`rganilayotgan shaxsni to`laroq tasavvur etishga xizmat qiladi.
Tarjimai hol ma`lumotlari inson psixikasidagi o`zgarishlarni kuzatishda, uningsuhbat va tajriba metodlari bilan o`rganib bo`lmay-digan jihatlarini ochishga yordam beradi. Masalan, mazkur ma`lu-motlar orqali ijodiy xayol bilan bog`liq jarayonlar: she`riyat, mu-siqa, nafosat, tasviriy san`at, texnik ijodiyotning nozik turlari va kashfiyotdagi tafakkurning o`ziga xosligini, shaxsning ma`navi-yat, qadriyat, qobiliyat, iqtidor, iste`dod singari fazilatlarini o`rganish mumkin. Inson ongining hissasi, namoyon bo`lishi, rivoj-lanishi, o`ziga xos va ijtimoiy xususiyatlari atoqli odamlar bil-dirgan mulohazalarda o`z ifodasini topadi. Allomalar to`g`risidagi ma`lumotlar zamondoshlari, izdoshlari, safdoshlarining ta`rifu-tavsiflari orqali avloddan avlodga o`tadi.
Biografik ma`lumotlar odamlarning o`zini o`zi tarbiyalashi, na-zorat qilishi, idora etishi, o`zining uslubini yaratishi, kamolot cho`qqisiga erishishi jarayonida namuna vazifasini o`taydi.
Yosh psixologiyasida bolalarning tarjimai holi asosidagi ilmiy tadqiqotlar, masalan, N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina kabi sobiq Ittifoq psixologlarining kuzatishlari «Ona kundaligi» nomi bilan mashhurdir. Shunday tadqiqotlar uzoq chet el psixologiyasida ham keng tarqalgan.
Badiiy adabiyotda yaratilgan talay asarlar, masalan, S.Ayniy, Oybek, Abdulla Qahhor va boshqa qator adiblarning esdaliklari tarjimai hol shaklida bo`lib, ular bilan tanishish natijasida mu-alliflarning his-tuygusi, temperamenti, xarakteri, qobiliyati, iste`dodi, qiziqishi, intilishi, dunyoqarashi, e`tiqodi, nafosati, axloq va odobi to`g`risida ma`lumotlar olish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |