Suhbat metodi. Bu metod bilan inson psixikasini o`rganishda suhbatning maqsadi va vazifasi belgilanadi, uning obyekti va subyek-ti tanlanadi, mavzusi, o`tkaziladigan vaqti aniqlanadi, yakka shaxs-lar, guruh va jamoa bilan o`tkazish rejalashtiriladi, o`rganilayotgan narsa bilan uzviy bog`liq savol-javob tartibi tayyorlanadi. Suhbat-ning bosh maqsadi muayyan bir vaziyat yoki muammoni hal qilish ja-rayonida inson psixikasidagi o`zgarishlarni o`rganishdir. Suhbat or-qali odamlarning tafakkuri, akd-zakovati, xulq-atvori, qiziqishi, tiyrakligi, bilim saviyasi, e`tiqodi, dunyoqarashi, irodasi to`g`ri-sida ma`lumotlar olinadi.
Suhbat metodining ijobiy jihatlari bilan birga ayrim zaif tomonlari ham mavjud. Qaytariq so`zlar, «g`aliz» iboralar, nutqning tezligi, fikrning mavhumligi, zerikarligi muvaffaqiyatsizlikka sabab bo`ladi. Shuningdek, savol-javobning bir shaklda emasligi sinaluvchida o`ziga xos ishlash uslubi, oshkoralik yetishmasligi, iy-manish, uyalish atroflicha ma`lumotlar olishni qiyinlashtiradi va shu sababli boshqa metodlarga murojaat qilishga to`g`ri keladi.
Faoliyat mahsullarini tahlil qilish metodi. Inson xotirasi, tafakkuri, qobiliyati va xayolining xususiyatlarini aniqlash maqsa-dida bu metod umumiy psixologiyada keng qo`llaniladi. Bolalar chiz-gan rasmlar, yasagan o`yinchoqlar, modellar, yozgan she`rlarni taxlil qilish orqali ularning mantiqiy xotirasi, tafakkuri, texnik, ba-diiy va adabiy qobiliyati, ijodiy xayoli yuzasidan materiallar to`plash mumkin. Obyekt bilan subyekt o`rtasida muloqot o`rnatish uchun shaxsning psixikasi to`g`risida sirtdan muayyan hukm va xulosa chiqariladi. Ijodiy faoliyat mahsullariga kundalik, sxema, ixtiro, diagramma, kashfiyot, qurilma, asbob, texnik model, moslama, mil-liy kashtachilik, hunarmandchilik, zargarlik buyumlari, referat, kurs va malakaviy bitiruv ishlari, magistrlik dissertatsiyasi, ilmiy ma`ruza, konspekt, taqriz, tezis, maqola, ko`rsatmali qurollar, loyiha, konsepsiya, san`atkor, artist va baxshi ijodiyoti kabilar kiradi. Bular turli yoshdagi, jinsdagi va kasbdagi odamlar tomonidan yara-tilgan bo`lishi va shunga ko`ra shakli, mazmuni, sifati, originalli-gi, hajmi, ko`rinishi, xususiyati bilan bir-biridan keskin tafovut qilishi mumkin.
Ijodiy faoliyat mahsullarini tahlil qilish orqali bolalar, o`quvchilar, talabalar, konstruktorlar, olimlar, hunarmandlar, ish-chilar, dehqonlar psixik xususiyatlari to`grisida ma`lumotlar to`plash mumkin. Lekin insondagi psixik o`zgarishlar, kamol topish va bu-larning kechishini ifodalovchi materiallar yigish uchun bu metod-ningo`zi yetmaydi. Shuninguchun inson psixikasini o`rganish maqsa-dida boshqa metodlardan ham foydalanishi ma`qul.
Test metodi. Test - inglizcha so`z bo`lib, sinash, tekshirish, de-makdir. Shaxsning aqpiy o`sishini, mentalitetini, qobiliyatini, iro-daviy sifatlari va boshqa psixik xususiyatlarini tekshirishda qo`lla-niladigan qisqa masala, topshiriq, misol, jumboq, syujetli rasm yoki shakl test deb ataladi. Test, ayniqsa, odamning qanday kasbni egallash mumkinligini, kasbga yaroqliligi yoki yaroqsizligi, iste`-dodlilar, iqtidorlilar va aqli zaiflarni aniqlashda kishilarni saralashda keng qo`llaniladi. Test metodining qimmati tajribaning ilmiylik darajasiga, tekshiruvchining mahoratiga va qiziqishiga, yig`ilgan psixologik ma`lumotlarning obyektivligi va ularni il-miy taxlil qila bilashga bogliqdir.
1905 yildan, ya`ni franiuz psixologi A. Bine va uning shogirdi A. Simon insonning aqliy o`sish va iste`dod darajalarini o`lchash imkoniyati borligi g`oyasini olg`a surganidan keyin psixologiyada test metodi qo`llana boshlandi.
Chet el psixologlari testlarni shaxsning iste`dod darajasini aniqlash vositasi deb bildilar. Biroqtest tekshirilayotgan hodisa-larning psixologik mezoni hisoblanmaydi. Ma`lumki, bir muam-moning yechimini izlash turli psixologik vositalar bilan amalga oshiriladi. Jahon (AQSH, Yevropa va hokazo) testologlari tadqiqot obyektlarini o`zlashtirib turadigan va qobiliyat, tafakkur, bilim ko`nikma hamda malakalarni aralash holda o`rganishga intiladilar. Sinash jarayonida sinaluvchilarning emotsional holati va salomat-ligiga bog`liqruhiy kechinmalarni inobatga olmaydilar. Sobiq It-tifoq psixologlari K.M. Gurevich, V.A. Krutetskiy va boshqalar qo`llaydigan testlar tubdan boshqacha prinsip asosida tuzilgan. Ular testlarningtafakkur ko`rsatkichi (indikatori) bo`lishi uchun harakat qildilar va muayyan yutuqlarga erishdilar. Shuningdek, tafakkur ja-rayonining sifat xususiyatlarini bilmay turib, qobiliyatning mo-hiyatini yoritib bo`lmaydi, degan qoidaga amal qilgan holda testlar-dan foydalanmoqdalar. Hozirgi davrda nodir testlar qatoriga psi-xologlardan Rorshax, Rozensveyg, Kettell, Vartegg, Veksler, Meyli, Ayzenk, Anaztazi, Raven va boshqalar ijodining namunalarini ki-ritish mumkin. Psixologiyada testlar quyidagi turkumlarga, turlarga ajratilgan holda qo`llaniladi. Eng keng tarqalgan testlar qatoriga:
Bilim, ko`nikma va malakalarni egallaganlik darajasini aniq-lashga qaratilgan diagnostik metodlardan biri maqsadga (yutuqqa) erishuv testlari yoki pedagogik testlar deb nomlanadi; bu tur hara-kat testlari (mexanizmlar, materiallar, instrument kabilardan foydalanishga mo`ljallangan), yozma testlar (maxsus blankalardagi savollardan bitta to`g`risini topishga yoki rasmdan muhim tomonini ajratishga yo`naltirilgan), og`zaki testlar (savollar tizimi umumiy ga`lim va kasb ta`limida tayyorgarlik darajasini aniklaydi).
Insonningakl idroki, akl zakovati, aqliy qobiliyati va fikr-lash darajasini o`lchashga mo`ljallangan testlar intellekt testlari deyiladi; ular verbal va noverbal shakllarda tuzilgan bo`lib, aqliy imkoniyat, uquvchanlik, topqirlik, zehn, farosatlilik, aqliy taraq-qiyot darajasini aniqlash uchun xizmat qiladi; test topshiriqlari yo`riqnomasida analogiyaga, umumlashtirishga, tushunchalarga, tavsif-lashga mantiqiy munosabatni aniqlash talab etiladi.
Ijodiyot (kreativlik) testlari shaxsning ijodiy qobiliyatla-rini o`rganish va baholashga mo`ljallangan bo`ladi; ular ijodkor shaxsning hayotiy tajribasini tahlil qilishga va ijodkor shaxsning individual xususiyatlarini (ijodiy tafakkur va uning mahsuldor-ligi: egiluvchanligi, tezkorligi topqirligi, originalligi, tanlov-chanligi, konstruktivligi va hokazo) o`rganishga yo`naltiriladi.
Mezonga mo`ljallangan (kriterial oriyentirlangan) testlartek-shiriluvchidan egallagan va kasbiy topshiriqlarni bajarish uchun yetarli yoki yetarli emasligini aniqlashga mo`ljallangandir. Mezon (kriteriya) sifatida muayyan bilimlar tizimi mavjud yoki mavjud emasligi xizmat qiladi. Mezonning yaratilishi uning mantiqiy-psixologik tuzilishini taxlil qilish asosida quriladi. Bunda me-todika bilan mezonning psixologik mutanosibligi, relevantligi oldindan hisobga olinishi lozim.
Shaxsga oid yoki shaxslilik testlari: shaxsning ustanovkasi, qadriyatlarga munosabati, emotsional holatlari, motivatsiyasi, shaxs-lararo munosabatdagi sifatlari, xulq-atvorining tipik shakllari va hokazolarni o`rganishga, o`lchashga, aniqlashga yordam beradi. Ular shaxsni o`rganish shkalalari, so`rovnomalari va bilim jarayonlarini o`lchash, baholash, o`zini o`zi baholashga yo`naltirilgan bo`ladi. Shu-ningdek, subyektivlikni aks ettiruvchi tekstlar tizimini ham qam-rab oladi.
Proyektiv testlar (lotincha rgospevglo oldinlab, ilgarilab namoyon etish ma`nosini bildiradi): proyeksiya natijalarini psixo-logik talqin qilishga asoslangan shaxsni yaxlit o`rganishga qaratil-gan metodlar majmuasi proyektiv testlar deyiladi. Psixologik himo-yalanishdan tashqari, favquloddagi vaziyatda individualligini o`ziga xos namoyish etish kabilarda mujassamlashadi. Bunday testlar tur-kumi assotsiativ (tugallanmagan gaplar yoki hikoya), ekspressiv (psi-xodrama, o`yinlar, ishbilarmandlik o`yinlari, sotstrening, erkin mavzuda rasm chizish) turlariga ajratiladi. Shaxsning ichki dunyosi mohiyatini subyektning shaxsan o`zi to`laroq namoyish etishga xizmat qiladi.
Shunday qilib, testlar qatoriga yutuqqa (maqsadga) erishish test-lari (ular darsliklarda berilgan bilim, malaka darajalarini ba-holashga qaratilgan), intellekt testlari (akliy taraqqiyot daraja-sini o`lchashga mo`ljallangan), shaxslilik testlari (inson irodasi, emotsiyasi, qiziqishi, motivatsiyasi va hulqini baholashga yo`nalti-rilgan diagnostik metodlardan iboratdir), shaxs «loyihasi» (pro-yektiv) testlari (savollarga bitta aniqjavob berish talab qilinadi, javoblarni tahlil qilib, shaxs xususiyatlarining «loyihasi» ishlab chiqiladi), qobiliyat testlari, xotira testlari kiradi.
Endi testga ayrim misollar keltiramiz.
Ortiqcha so`zni chiqarib tashlang:
A) Yenisey, Dnepr, Sirdaryo, Amur (javob: Dnepr - u Yevropada joylashgan);
B) Petrozavodsk, Ijevsk, Siktivkar, Abakan (javob: Abakan - u Osiyoda joylashgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |