Ilmiy tadqiqot bosqichlari. XX asrning ikkinchi yarmida XXI asrning boshlarida fan va tex-nikaningtaraqqiyoti psixologiktekshirishlarning ilmiylik dara-jasini yanada oshirish uchun (subyektiv omillar ta`sirini kamaytirish maqsadida) kompleks programma asosida boshqa fanlar (medi-sina, fizika. fiziologiya, biologiya, sotsiologiya, kibernetika, sta-tistika, filosofiya, logika) bilan birgalikda tadqiqot ishlarini olib borishni taqozo qilmoqda. Bu voqelik fan olamida integratsiya (qo`shilish, uyushish) jarayoni yuz berayotganligi ko`rsatkichi ifodasi-dir. Amaliy xususiyatga molik ilmiy-tekshirish ana shu ko`pqirrali (kompleks) yondashishni talab etmoqda. Psixologiya sohalari (psixo-fiziologiya, kosmos, tibbiyot psixologiyasi, muhandislik yoki avia-sion psixologiya) o`rtasida esa tadqiqot obyektiga tizimli yonda-shish prinsipi amalga oshirilmoqda. Ushbu ijtimoiy psixologik voqelik sohalar differensiyasidan (ajralishidan) dalolat bermoq-da. Kompleks metod yordamida o`rganilayotgan obyektdagi o`zgarishlar turli sohaviy nuqgai nazaridan tahlil qilinadi yoki ularga har xil yondashiladi. Masalan, shaxsning muayyan bilimlarni egallash xusu-siyati psixologik jihatdantekshirilayotgan bo`linsa, kompleks (ko`pyoq-lama) yondashish ta`sirida ana shu o`zgartirishning falsafiy, manti-qiy, fiziologik, ijtimoiy, biologik xususiyatlari ochib beriladi. Aytaylik, keksayishning biologik omillarini o`rganish qari ki-shidagi psixologik, fiziologik, mantiqiy jihatlarining ochilishiga xizmat qiladi.
Xulosa
Mantiq ilmining ta'lim - tarbiya jarayonidagi ahamiyati beqiyosdir. Zero, ilm - fan jadal rivojlanayotgan bir paytda ilmiy tadqiqotlar olib borish hamda ilmiy - nazariy tajribalar orqali to'plangan ma'lumotlarni samarali tahlil qilib borish mantiqiy ilimni mukammal bilishni taqozo etadi.
Mantiq ilmi "qiyin" fanlar qatoriga kiradi. Shu bois uni muvaffaqiyatli o'zlashtirishning yo'li, olingan nazariy bilimlarni amaliy mashg'ulotlar bilan mustahkamlashdir. Unda berilgan masalalarning biri oddiy bo'lsa, boshqasi chuqur fikr yuritish orqali, yana biri esa tajriba asosida echimini topadi. Tafakkur masalalarini echish uchungina emas, balki mantiqiy fikrlash, mantiq ilmi qoidalaridan xabardor bo'lish lozim bo'ladi.
Fikrlash - insonnning aniq dalillarni kuzatib, umumiy xulosa chiqarishga intilish, voqea hodisalarni sabablarini aniqlash va kelajakni oldindan ko'ra bilishdan boshlanadi. Fikrlash masalalarini echish mulohaza yuritish orqali talabalarning dunyo qarashida o'ziga hos hususiyatlar takomillashadi, yani fikrning chuqurligi, kengligi, o'tkirligi, tanqidiyligi, fikrlash tezligi va mustaqilligi muhim ahamiyatga egadir. Aql - farosat murakkab nazariy va amaliy muammolarni hal etishdagina emas, balki kishining juda oddiy, odatdagi kundalik ishlarida ham namoyon bo'ladi. Bu jihatdan yunon faylasyfi Demokrit hayotidan olingan voqea ibratlidir. Kunlarning birida Demokrit juda ustalik bilan bog'langan katta bir bog'lam o'tinni sira qiynalmasdan ko'tarib ketayotgan bir yigitni uchratib qoladi. Demokrit yigitdan o'tinni sochib tashlashni va yana ilgaridek tahlab bog'lashni iltimos qiladi. Yigit uni iltimosini bajaradi va epchillik bilan o'tinni tahlab bog'laydi. Shunda Demokrit "Xoy yigit, sen shunchalik aql - farosat egasi ekansanki, yuksak ishlar bilan shug'ullanmog'ing lozim" deydi va uni shogirdlikka oladi. Keyinchalik o'tinchi yugit mashhur faylasyf bo'lib etishadi.
Amaliyot har qanday bilish jarayonining negizi, tayanch nuqtasi va tadrijiy yakuni hisoblanadi. Amaliy faoliyat maqsadga yo‘nalgan va bilimning ifodasi sifatida uning natijasida namoyon bo‘ladi
Nazariya-bilimning biror sohasiga oid asosiy gʻoyalar tizimi; voqelik qonuniyatlari va undagi muhim aloqalar haqida bir butun tasavvur beradigan bilim shakli. Nazariya muayyan sohasga oid boʻlgan tajribalardan umumlashtirilgan maʼlumotlar asosida kelib chiqadi. Ilmiy bilishda nazariyaning asosiy vazifasi tajribalar bergan dalillarni izohlash, shu bilan birga, narsa va hodisalarning mohiyatiga chuqurroq kirib borish, yuzaga keladigan yangi narsa va hodisalarni oldindan koʻra olishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |