Kuzatishlar va noaniqliklar sharoitida manti



Download 81,5 Kb.
bet5/7
Sana05.05.2023
Hajmi81,5 Kb.
#935101
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kuzatishlar va noaniqliklar sharoitida mantiqiy yondashuvlar..

Anketa metodi. Umumiy psixologiya fanida keng qo`llaniladigan metodlardan biridir. Uningyordamidaturli yoshdagi va kasbdagi odam-larning psixologik xususiyatlari, narsa va hodisalarga munosabat-lari o`rganiladi.
Anketa, odatda, uch xil tuziladi. Ularning birinchi xili angla-shilgan motivlarni aniqlashga mo`ljallangan savollarni aniqlashga mo`ljallangan savollardan tuziladi. Ikkinchi xilida har bir savol-ning bir nechtadan tayyor javoblari beriladi. Uchinchi xil anketada sinaluvchiga yozilgan to`g`ri javoblarni ballar bilan baholash tavsiya etiladi va shkalali anketa deb ataladi. Anketadan turli yoshdagi va kasbdagi odamlarning layoqatlarini, muayyan sohaga qiziqishlari va qobiliyatlarini, o`ziga, tengdoshlariga, hamkasblariga, katta va ki-chiklarga munosabatlarini aniqlash maqsadida keng ko`lamda foyda-laniladi. Tarqatilgan anketalar yigishtiriladi va elektron hisob-lash mashinalarida hisoblab chiqiladi, atroflicha miqdoriy tahlil qilinadi, so`ngra tadqiqotga yakun yasalib, ilmiy va amaliy yo`sinda xulosalar chiqariladi. Anketa metodi inson psixikasini o`rganish uchun boy materigsh to`plash imkonini beradi. Lekin unda olinadigan ma`lumotlar doimo xolisona xususiyatga ega bo`lavermaydi. Bu kam-chilikka yo`l qo`ymaslik uchun anketa ichidagi nazorat vazifasini ba-jaruvchi savollarni (kontr savollarni) ishlab chiqish maqsadga mu-vofiqdir. O`zini o`zi baholash shkalasini kasb tanlashga yo`nalti-rishni kasbiy layoqatni aniqlashni, qiziqish va motivatsiyani o`rga-nishda anketa metodi qo`llaniladi.
Sotsiometriya metodi. Bu metod kichik guruh a`zolari o`rtasidagi bevosita emotsional munosabatlarni o`rganish va ularningdarajasi-ni o`lchashda qo`llaniladi. Unga amerikalik sotsiolog Djon Moreno asos solgan. Mazkur metod yordamida muayyan guruhdagi har bir a`zo-ningo`zaro munosabatlarini aniklash uchun uning qaysi faoliyatida, kim bilan qatnashishi so`raladi. Olingan ma`lumotlar matritsa, gra-fik, sxema, jadval shaklida ifodalanadi. Ulardagi miqdor ko`rsat-kichlari guruxdagi kishilarning shaxslararo munosabatlari to`g`risi-da tasavvur hosil qiladi. Bu ma`lumotlar guruhiy munosabatlarning tashqi ko`rinishini aks ettiradi, xolos. Shuning uchun XX asrning oxirlarida sobiq Ittifoq psixologlari Y.L.Kolominskiy (Minsk) va I.P.Volkov (Sankt-Peterburg) tomonidan sotsiometriyaning yosh psixologiyasiga (ijtimoiy-pedagogik psixologiya sohasiga) moslab o`zgartirilgan turlari, modifikatsiyalari ishlab chiqilgan. Bular shaxslarning bir-birini tanlashi motivlarini keng ifodalash im-konini beradi. Ayniqsa, sotsiometriyaning Y.L.Kolominskiy ish-lab chiqqan o`zgartirilgan turi bolalar, o`quvchilar jamoasidagi shaxs-lararo munosabatlar haqida to`laroq axborot beradi.
Odatda, o`quvchilardan quyidagi savollarga javob berish talab qilinadi: «Sen sayohatga kim bilan borishni xoxlaysan?», «Kim bilan qo`shni bo`lib yashashni yoqtirasan?» Har bir savol sotsiometrik mezon (o`lchov) vazifasini bajaradi va turmush voqeligidan olingan. Sinaluvchi har bir savolning uchta javobidan bittasini «eng ma`qul» deb tanlash lozim. Unga «Avval hammadan ko`ra ko`proq kim bilan birga bo`lishni xohlasang, o`shaning familiyasini yoz», «Agar sen is-tagan shaxs to`g`ri kelmasa, yana kim bilan birga bo`lishni istasang, shuningfamiliyasini yoz», «Aytilgan shartlarga binoan uchinchi shaxs-ning familiyasini yoz», deb uqtirish joiz.
Guruhtabaqalanishni ko`rsatish uchun sotsiogramma to`rtta «maydon»-ga ajratiladi. Qizlar doiracha bilan, o`g`il bolalar esa uchburchaklar bilan belgilanadi. Doiracha va uchburchaklar soni familiyalar soni-ga to`g`ri, mos keladi. Guruh a`zolarining o`zaro munosabatlari doi-racha va uchburchaklar strelkalar bilan bog`langanida o`z ifodasini topadi. Eng ko`p munosabatga ega bo`lgan sinaluvchi doiraning marka-zidan o`rin oladi. U guruh a`zolarining eng yoqimtoyi hisoblanadi, shaxslar bilan aloqa o`rnatmagan sinaluvchi doiraning eng chetidan joy oladi. Oraliqdagi «maydon»larga o`rtacha va undan kamroq tan-langan tekshiriluvchilar joylashtiriladi. Tekshirishda, birinchi-dan, shaxslararo munosabatning darajasi va ko`lami aniklanadi, ikkinchidan, qizlar bilan o`g`il bolalar o`rtasidagi ko`rsatkichlar taq-qoslanadi. Ko`rsatkichlarga qarab guruhdagi munosabatlar yoki qizlar bilan o`g`il bolalar o`rtasidagi munosabatlar va ularning o`ziga xos-ligi, psixologik mexanizmlari haqida xulosa chiqariladi. Shu bilan birga nazariy ahamiyatga molik g`oyalar olg`a suriladi, amaliy ko`rsatmalar beriladi, tavsiyalar bildiriladi.
Bu metodda sinaluvchilarga bevosita savollar beriladi va ularga ketma-ket javob qaytarish orqali guruh a`zolarining o`zaro tanlash jarayoni vujudga keltiriladi. Maktabgacha muassasalar, maktab sinf-lari, mehnat va dam olish lagerlari, oliy maktablar, mehnat jamoa-lari va turli tashkilotlarning xususiyatlari, dinamikasi, shaxslar-aro ziddiyat (nizo)larning sababi shu metod yordamida o`rganiladi. Turli ehtiyoj, motiv, qiziqish, intilish, harakat va hokazolar mu-ayyan tartib va qoidaga binoan sistemalashtiriladi, ularning ij-timoiy-psixologik hamda sof psixologik ildizlari to`g`risida ma`-lumotlar olinadi. Shu bilan birga guruhdagi shaxslarning yaqqol, aniq nuqtai nazari, guruhbozlik, og`machilik, qarama-qarshilik, his-tuyg`uning zo`riqishi, guruhiy jipslik, moslik, munosabatning mo-tivlari va uning qurilishi, jinslar o`rtasidagi muloqotlarning zamini, muomalaning maromi hamda sehri mana shu kalit bilan ochi-ladi va barqarorlik xususiyatini kasb etadi.
Umuman aytganda, sotsiometriya metodidan turli yoshdagi, kasbda-gi, jinsdagi, saviyasi har xil kishilar guruxlaridagi psixologik qonuniyatlar, mexanizmlar va yendashuvlarni tadqiq etishda unumli foydalansa bo`ladi.
2. Yaqin va uzoq chet el psixologiyasi fanida inson psixikasini tadqiqot qilish metodlarining turlicha klassifikatsiyasi (tasni-fi) berilgan. Umumiy psixologiya sohasi bo`yicha xilma xil ilmiy asosga qurilgan nazariyalar mavjud bo`lib, ularninghar qaysisi to`kis-lik va nuqsonli tomonlariga ega. Quyida biz rus psixologi B.G. Ananyev tavsiya qilgan klassifikatsiyaga asoslangan holda metodlar xususiyatini yoritib beramiz.
B.G. Ananyev psixikani o`rganish metodlarining tashkiliy, em-pirik (amaliy), olingan natijalarni qayta ishlash yoki statistik hamda natijalarni sharhyaash deb nomlab, ularni to`rtta katta tur-kumga, guruhga ajratgan. Mazkur metodlar guruhi o`z navbatida uning maqsadi va vazifasiga binoan yana bir nechta toifa hamda turlarga bo`linadi. Navbatdagi fikrda ana shu metodlarning umumiy, xusu-siy va o`ziga xos xususiyatlariga hamda qiyosiy tavsifiga to`xtala-miz.
Tadqiqot metodlarining birinchi guruhi tashkiliy deb nomla-nib, u o`z ichiga qiyoslash, longityud (uzluksiz), kompleks (ko`pyoklama) deb ataladigan turlarni qamrab oladi. Qiyoslash metodi umumiy psi-xologiya (turli guruxlarni o`zaro solishtirish), sotsial psixologiya (katta yoki kichik guruhpar hamda ularning har xil toifalarini o`zaro taqqoslash), meditsina psixologiyasi (sog`lom va bemor kishilarning psixik xususiyatlarini qiyoslash), sport psixologiyasi (sportchilar holati, ularning uquvchanligi va ishchanligini o`zaro chog`ishtirish) kabi fanlarda uchumli foydalaniladi.
Umumiy psixologiya fanida qiyoslash metodi turli yoshdagi odam-larningbilish jarayonlari, shaxs xususiyatlari, bilimlarini o`zlash-tirish xossalari, aqliy qobiliyati, salohiyati, taraqqiyoti dinami-kasi, shaxs jinsiy tafovutlari va o`ziga xosligi, individual-tipo-logik holatlarini o`rganishda tatbiq etiladi. Rus psixologlari L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.A.Smirnov, B.G.Ananyev, D.B.El-konin, P.Y.Galperin singari olimlar va ularning shogirdlari tad-qiqotlarida qiyoslash metodidan foydalanilgan. Keyingi yillarda xalq ta`limi va oliy ta`lim tizimida hamda ishlab chiqarishda XX asrning 70-yillaridan e`tiboran to hozirgi davrgacha «inson omi-li» muammosining muhokamaga qo`yilishi, vaqt taqchilligi, ishchan-lik imkoniyati, qobiliyati, psixologik moslik masalalarining alo-hida ahamiyat kasb etishi mazkur metodni keng qo`lamda qo`llashni taqozo etmoqda. Bundan tashqari, tajribada olingan miqdoriy ma`lumotlar ishonchlilik darajasini oshirish uchun ham qiyoslash meto-di ishlatiladi. Ayniqsa, sinaluvchilardagi o`zgarishlarni ko`ndalang kesim holatda olib qarash, tadqiqot bosqichini kesib, ya`ni vaqtin-cha to`xtatib, alohida tahlil qilish ushbu metodga borgan sari diqqat-e`tibor tobora ortib borayotganligidan dalolat beradi. Masalan, tajribaning birinchi bosqichining turli yoshdagi va jinsdagi odam-larga ta`sirini aniqlash va hokazolar shular jumlasidandir.
Umumiy psixologiyada qiyoslash metodi bilan bir qatorda longi-tyud (uzluksiz) metodi ham keng qo`lamda qo`llaniladi. Ushbu metod-ning boshqa metodlardan farqli tomoni shundan iboratki, uning yordamida bir yoki bir necha sinaluvchilar uzoq muddat, hatto o`n yil-lar davomida (A.Termenning 50 yillik uzluksiz tajribasi hozircha rekord hisoblanadi) tekshiriladi. Longityud metodidan AQShlik A.Termen, nemis psixologi V.Shtern, fransuz R.Zazzo va Sh.Byuler, rus psixologlari N.A.Menchinskaya, A.N.Gvozdev, N.S.Leytis, V.S.Mu-xina va boshqalar ko`p davrlardan beri unumli foydalanib keladi-lar.
Mazkur metod orqali har xil jinsli egizaklar (Hasan-Husan, Fotima-Zuhra) yoki aralash jinsli (Hasan-Zuhra, Fotima-Husan) qo`shaloqlar kuzatilgan. Shuninguchun bir talay tadqiqotlarning «ona kundaligi» (N.A.Menchinskaya, V.S.Muxina) deb nomlanishi bejiz emas. Uzoq muddat davomida muayyan bir shaxsni (kichik guruhni) ku-zatish sinaluvchida yangitdan paydo bo`layotgan fazilatlarining ta-raqqiyotdinamikasi, uningxulq-atvoridagi illatlar (me`yordagi xat-ti-harakatdan chetga og`ish) va ularning oldini olish muammolari yuzasidan material yig`ish, shuningdek, murakkab psixologik muno-sabatlar, ichki bog`lanishlar, qonuniyatlar, mexanizmlar to`g`risida mukammal, ishonchli, barqaror ma`lumotlar to`plash imkonini yara-tadi.
Longityud metodi yordamida subyektiv omillarning o`ziga xosli-gidan tashqari, sinaluvchiga obyektiv (tabiiy) shart-sharoitlarning, ijtimoiy psixologik muhitning ta`siri ham o`rganiladi. Chunonchi, egizaklarning o`zaro o`xshashligi va ularning tafovutlanishi, ta`-sirlanishi, his-tuyg`ularining o`zgarishi, shaxslar o`rtasidagi indi-vidual farklar (ishchanligi, temperamenti, oliy nerv faoliyati sis-temasi va hokazolar) yuzasidan olingan ma`lumotlar longityud meto-dining sharofati bilan ro`yobga chiqadi.

Download 81,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish