Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet297/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
289
qurilishiga ishga olgan edi. Mavlono buni tabibga forscha aralash urducha tilida hikoya 
qilib berdi-da: 
— Jiyanim ham endi bekligu navkarlikni tashlamoqchi, — dedi. — Sizu bizdek tinch 
mehnat bilan kun ko‘rmoqchi. Bunga yordam beraylik! 
— Bilaman, siz bizning yurtimizga obodonchilik qilish uchun kelgansiz, sohib, — dedi 
Bayju, — Siz iltimos qilganingiz uchun jiyaningizga qo‘limdan kelganicha yordam 
beraman! 
Tabib aytganini qilib Tohirni bir oy astoydil davoladi. Bayjuning sezgir qo‘llari qaysi 
suyak qayeridan qanday singanini bexato aniqlab, hammasini mohirlik bilan joy-joyiga 
qo‘yib chiqdi. Bir oy davomida Tohir uning kafti oqish-ko‘kimtir, usti qora mayin 
panjalariga xuddi o‘z qo‘llariga o‘rganganday o‘rganib ketdi. Keyin tuzalib o‘rnidan 
turgan kuni Bayjuning shu panjalarini qo‘llariga olib, ko‘ziga surdi: 
— Ayting, sohib, men bu yaxshiligingizni qanday qaytaray? 
— Jarrohning qo‘lini shunchalik e’zozlab ko‘zga surganingiz — yaxshiligimning qaytgani 
emasmi? 
— Yo‘q, men sizdan umrbod qarzdormen! 
— Kim bilsin, balki men o‘zim hozir bir qarzimni uzgandirman? 
Mavlono Fazliddin ham shu yerda turgan edi. U tabibning allanimani «Aytaymi, 
aytmaymi?» — deb ikkilanayotganini ko‘rdi-yu: 
— Sohib Bayju, siz nechun o‘zingizni qarzdor sezdingiz? — dedi. 
— Buning tarixi uzoq... Faqat iltimos qilaman, boshqa hech kimga aytmangizlar. 
— Iltimosingizni bajonidil qabul qildik! 
— Mening bir filbon akam bor. Ibrohim Lodi zamonida akam Agradan ish topolmay 
Panjobga ketgan edi. O‘sha yerda qo‘shinlaringiz qancha odamlarimizni qirganini 
eshitipti. «Bularni vatanimga kirgizmayman», debdi-yu, qo‘shinlaringizni adashtirib
changalzor botqoqlikka boshlabdi. 
— E, bo‘ldi, bo‘ldi! — dedi Tohir filbon rahnamo La’l Chandni eslab. — Bizning ikkita 
navkarimizni filiga urdirib, mayib qilib ketgan edi... Ammo men o‘shanda uning 
dovyurakligiga qoyil bo‘lgan edim. Bir o‘zi bir qo‘shindan qo‘rqmay olishgan edi-ya!.. Biz 
uni changalzor botqoqlikdan chiqolmaydi, deb o‘ylagan edik. Chiqibdimi-a? Hozir tirikmi? 
— Tirik, lekin endi Agraga kelishdan qo‘rqadi... Akam o‘sha navkarlaringni mayib 
qilgani... yaxshi bo‘lmagan... Ehtimol, men sohib Tohirni davolaganim— o‘sha 
gunohimizni yuvib ketgandir? 
— Siz akangiz qilgan ishni gunoh deb atamang, sohib Bayju! — e’tiroz qildi mavlono 
Fazliddin.— Vatanni bunday bahodirona himoya qilish gunoh emas, balki sharafdir! 
— Yaxshi so‘zlaringiz uchun rahmat, sohib! Ammo o‘sha ishi tufayli akam hamon ishsiz. 
O‘z vatanida bekinib qochib yuribdi. Bola-chaqasi och-yalang‘och. 
— Akangiz qurilishda ishlaganmi? 
— Ha, fil bilan doim qurilishda ishlar edi. 
— Bo‘lmasa menga uchrasin, ish topib beray. Biz hatto harbiy fillarni mehnatga 
o‘rgatmoqdamiz-ku! 
— Akam buning hammasini eshitgan. Ibrohim Lodi bekitib yotgan oltinlarni sizlar endi 
qurilishga sarflayotganlaringizdan mamnun. Ammo qo‘lga tushib qolishdan qo‘rqadi. 
— Balki akangizning Agraga kelmagani to‘g‘ridir. Bu yerda beku mulozimlar ko‘p, tanib 
qolib, bir balo qilishlari mumkin. Akangiz a’yonlar kam boradigan chet joydagi qurilishga 
kelsin. Men juma kuni Dehalpurga boraman. Istasa, o‘sha joyga borsin. 
— Sohib, sizni podsholaringiz hurmat qilar emishlar, eng katta qurilishlarning sarkori 
ekansiz. Podshohdan akamning gunohini so‘rab, shafoat olib berolmaysizmi?— O‘shanda 
biz bexavotir yurar edik. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   293   294   295   296   297   298   299   300   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish