Banyan: Maxabodxi daraxti
Banyan: Maxabodxi daraxti
Banyan daraxtining nomi banyanlar, ya’ni hind savdogarlari sharafiga qo’yilgan. Bu savdogarlaro’z maxsulotlarini shu daraxtning tagida o’tirgan holda sotib o’tirishgan. Banyan daraxti to’g’risida hech qachon eshitmagan bo’lsangiz ham uning tanisangiz kerak. Bu o’ta ulkan daraxtning shaklini boshqa hech bir narsabilan adashtirib bo’lmaydi: u havodagi ildizlari yerga osilib tushadigan dabdabali qubba shaklida.
Banyanning eng mashhur turlaridan biri muqaddasi fikus yoki Bo daraxti – bu Shri Lankadagi Anuradxapurada Maxabodxi daraxtidir. Aytishlaricha, bu daraxt Budda eramizdan avval 6 asrda ma’rifatga erishgan paytida soya sochib turgan daraxtning qalamchasidan o’stirilgan emish. Eramizdan avval 288 yilda ekilgan bo’lib, uhozirgi kundagi inson o’z qo’llari bilan ekkan va ekilishining sanasi ma’lum bo’lgan dunyodagi eng qadimiy daraxt hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |