Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet299/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
291
Bu savol Tohirni shoshirib qo‘ydi. 
— Siz... podshohsiz, hazratim. Beklar sizning itoa-tingizdalar. 
— Itoatimda bo‘lib itoat etdirurlar... Bularning shunday girdoblari borki, sal bexabar 
qolsangiz g‘arq qilib yuborurlar... Men So‘xda sizga aytgan gaplarim esingizdami? 
— Men u so‘zlaringizni hech vaqt unutmasam kerak... 
— O‘shanda, siz, umrbod huzuringizdan ketmasmen, degan edingiz-ku! 
— Hazratim, men u vaqtda sog‘lom yigit edim... Hozir ahvolim bu... 
— Saroyda mening xilvatxonamga qaraydigan durust odam yo‘q. Shu ishni siz olsangiz. 
Xilvatxona — Boburning yolg‘iz o‘tirib ijod qiladigan joyi ekanini Tohir bilar, Bobur 
hayotining eng dilkash tomoni uning ijodida ekanini sezardi. Lekin saroyning murakkab, 
bo‘g‘iq muhitidan ko‘ngli qolgan Tohir bog‘da, tog‘asining yonida ishlashni istardi. 
— Hazratim, qulingizni ma’zur tuting. Men bog‘da ishlaymen, deb ahd qilgan edim... 
— Bog‘da ham xilvatxona bo‘lur, — dedi Bobur. — Qurib bitirilsa unga ham siz 
qaragaysiz. Ma’qulmi? 
Endi «yo‘q» deyishning iloji qolmadi. Boburning so‘zini ikki qilib o‘rganmagan Tohir 
qo‘lini ko‘ksiga qo‘ydi-yu, rozilik berdi. 
*  *  * 
 
Agra qal’asidagi xilvatxona devoni xos bilan podshoh oshxonasining oralig‘ida edi. Bir 
oydan beri davom etayotgan yomg‘ir fasli hali-beri tugaydiganga o‘xshamas, ba’zi 
kunlari besh-o‘n martadan jala quyib o‘tardi. Yog‘in-sochinli kunlarda Bobur ko‘proq 
Agrada ishlaydi. Xilvatxona — ichma-ich qurilgan uch xonadan iborat. Bu xonalarning 
mayda-chuyda ishlarini to‘rtta savdar qiladi, lavozimi «oftobachi» deb ataladigan Tohir 
ularga boshliq. Eng ichki xonada qog‘oz, qalam va Bobur tayinlagan kitoblar turadi. 
Berigi xonaga dasturxon solinib, Bobur xush ko‘radigan gulob, norinj sharbati, anba 
mevasi* qayla*, tanbul bargi* va mag‘zi qizil fufal yong‘og‘i qo‘yilgan. 
Bir kuni Tohir dasturxonga eng toza G‘azni chog‘iridan ham bir ko‘zacha qo‘ydirgan edi, 
Bobur: 
— Chog‘ir majlisi xirgohda bo‘ldi, bas, — dedi. 
Shundan keyin Tohir xilvatxonaga ichkilikni yo‘latmaydigan bo‘ldi. 
Bobur ichki uyda tuni bilan ishlasa Tohir ham tong otguncha uxlamay, uning tinchini 
qo‘riqlab chiqar edi. Uning tashqi xonada uyg‘oq o‘tirishini biladigan Bobur goho 
ichkaridan chiqib kelib, g‘alati savollar berardi: 
— Badaxshonda archazorlarda nafis bir o‘t bo‘lur edi, esingizdami? Dahkat atrofida, 
Osmon Yaylovda ham mo‘l edi. Rangi havorang. Men bir daftarga yozib qo‘ygan edim... 
Kobulda qolganmi? Yo‘q. 
— Ot yeydimi? 
— Ha, yaxshi yeydi. Bo‘yi past-past, yerdan to‘p-to‘p bo‘lib chiqur. 
— Betakamikin? 
— Ha, ha, betaka ham derlar, lekin asli butaka! Buttalab o‘sgani uchun butaka der 
ekanlar. Men buning vajhi tasmiyasini* Badaxshonda eshitgan edim. 
Bobur qidirgan so‘zini topganidan mamnun bo‘lib ichkariga kirib ketdi. U Tohir bilan 
birga ko‘rgan joylari, birga boshdan kechirgan voqealarining mana shunaqa tafsilotlarini 
so‘rab, aniqlab olgan kunlari Tohirning ham ko‘ngli ko‘tarilib yurardi. U Boburning o‘z 
ko‘rgan kechirganlari haqida katta kitob yozayotganini eshitgan edi. Endi Tohir ham shu 
kitobning yozilishiga bir qadar ishtirok etayotgani uchun «har qalay, bu yerda o‘tgan 
kunlarim zoe ketmaydiganga o‘xshaydi», deb qo‘yardi. Bir kun tun yarimlaganda Bobur 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish