Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
155
Bobur dastorpechning qo‘lidagi oltin bezakli to‘nni yulqib olib, yerga otdi. Nariroqda 
gavhar va yoqutlar bilan bezatilgan shohona salla turgan edi. Bobur sallaga qadalgan 
ikkita gavhar donasini — bir vaqtlar Oyisha begim bergan sovg‘ani sitib, yulib oldi, so‘ng 
sallani eshikka qarab otdi. Salla chuvalib ketib, bir uchi ostona ustiga uzala tushdi. 
Qosimbek sarosima bilan Boburning yelkasiga qo‘lini qo‘ydi: 
— Amirzodam, sizga ne bo‘ldi? Amirzodam! 
Rangida qon qolmagan Bobur hansirab xitob qildi: 
— Minba’d men bir darvish bo‘lib kun ko‘rmoqchimen! Janob Qosimbek, onamga ayting! 
Men hozir O‘ratepaga keturmen! Yuz chumchuqqa bir kesak! Toju taxt da’vosidan voz 
kechdim! Kim shunga ko‘nsa, men bilan yursin! Qolganlarga javob! 
Bobur salladan yulib olgan ikkita gavharni siqimlaganicha ark hovlisiga chiqdi. 
«Suymagan xotiningiz sizga ne kerak?» degan so‘zlar qulog‘iga qaytadan eshitilib ketdi. 
Chindan ham yulduzi to‘g‘ri kelmagan begimni endi o‘z ixtiyoriga qo‘ygan ma’qul 
emasmi? Ammo bu begim endi til chiqarib, shuncha achchiq gaplarni aytishi, eridan 
bironta ham yaxshilik ko‘rmadim, deyishi, Boburning qalb yaralariga sepilgan tuzdek 
vujudini achishtirmoqda edi. U o‘z xonasiga kirib qog‘oz va daftarlari saqlanadigan 
sandiq tagidan Oyisha begim bir vaqtlar ipak bilan tikkan xaltachani qidirib topdi. Yillar 
davomida xaltachaning oq matosi sarg‘ayib, xiralashgan, ammo qizil ipak bilan tikilgan 
«Najotkorimizga» degan kashtasimon yozuv asliday turgan edi. Bobur gavharlarni 
xaltachaga solib, Oyisha begimning oldiga bordi. 
— Begim, siz meni najotkor bilib, bu gavharlarni «taxtga chiqqanda tojga qadab 
chiqsinlar» deb yuborgan edingiz. Hozir mening toju taxtim yo‘q... Shohlik da’vosidan 
ham butunlay voz kechdim. Darvish bo‘lib tog‘larga chiqib ketmoqchimen. Siz esa shoh 
qizisiz... Oling gavharlaringizni!.. Balki yana boshqa biron... najotkoringizga sovg‘a 
qilursiz! 
Oyisha begim xaltachani olar ekan, achchiq bilan bidillab dedi: 
— Meni yana tashlab ketadigan bo‘lsangiz, javobimni berib keting! 
— Shundoqmi? Ajrashmoqchimisiz? 
— Ha. Ajrashamen! 
— Bo‘lmasa... bugundan boshlab menga xotin emassiz! Boshingiz ochiq! Shariat 
bo‘yicha uch taloqsiz! 
2 
 
O‘ratepaning janubidagi Turkiston tizma tog‘i etaklariga bahor ancha kechikib keladi. 
Hamal oyining oxirlarida dalalarga endi qo‘sh chiqadi. Qorli Piryax cho‘qqisining tagida 
to‘rt tomoni  baland tepaliklar bilan o‘ralgan shamolpana Dahkat qishlog‘ida o‘riklar savr 
oyiga borib gullaydi. 
Qishloqning kunbotish tomonida baland tepalikka ko‘tariladigan tik yo‘l — baroz bor. 
Baroz shunchalik balandki, uning yuqorisidan Dahkatga qaralsa, qishloq teran bir 
chuqurlikning tubiga joylashganday ko‘rinadi. 
Barozdan yuqoridagi tekis dalada Tohir yalang oyoq bo‘lib, ho‘kiz bilan yer haydamoqda. 
Samarqandda Tohirga  qo‘shilib  navkar  bo‘lib  kelgan  bir qulog‘i kesik Mamat esa hali 
haydalmagan zoyak yerga qulochkashlab urug‘ sochyapti. U ham yalang oyoq bo‘lib 
ishton pochasini shimarib olgan. Ulardan narida uch-to‘rtta dahkatlik tojik dehqonlar 
ham yer haydab, ekin ekayotir. Yer yumshoq, havo yoqimli, ishning unumi yaxshi. 
Shuning uchun hammalarining ruhlari ko‘tarinki. Shuncha vaqt jangu jadalda yurib, 
dehqonchilik kasbini sog‘ingan Tohir endi yayrab yer haydaydi va birda-yarim ashula 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish