Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet156/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
151
Shayboniyxonni ortiqroq hurmat qilishini elchiga sezdirib qo‘ymoqda edi. 
Buni payqagan Bobur Jonibek  Sultonga ataylab salom bermadi, unga xuddi devorga 
qaraganday beparvo bir nazar tashladi-da, tog‘asiga yuzlandi: 
— Xon hazratlari, men sizni yog‘iylaringizning makru hiylalaridan ogoh qilgali keldim! 
U Jonibek Sultonning chiqib ketishini kutib bir lahza sukut qildi. Oraga tushgan 
noqulaylikni tarqatish uchun Mahmudxon elchiga maxsus ehtirom bildirib, uni eshik 
og‘zigacha kuzatib qo‘ydi. So‘ng Boburni zarbof ko‘rpacha ustiga taklif qilib, o‘ng yoniga 
o‘tqazdi: 
— Xush kelibsiz, Mirzam! Ko‘p otashin bo‘lmang. Bu kunlar ham o‘tar. Siz hali yoshsiz, 
o‘n gulingizdan biri ham ochilgan emasdur. 
— Mening ko‘p gullarim ochilmay xazon bo‘ldi, hazratim. Mening bir qanotim Ahmad 
Tanbalning olovida kuydi-yu, ikkinchi qanotimni Shayboniyxon kuydirdi. Ilohim, endi siz 
shu mash’um olovlarning orasida qolmang! 
Mahmudxon bu gapni sal boshqacha tushundi: 
— To‘g‘ri, Tanbal bizga ham xiyonat qildi. Shuning uchun biz Tanbal elchisini emas, 
Shayboniyxon elchisini qabul qildik. 
— Ammo siz uchun Tanbaldan ko‘ra Shayboniyxon yuz chandon xatarliroq, hazratim! 
Chunki Tanbalga Far-g‘ona vodiysi yetib ortadir. Ammo Shayboniyxon butun 
Movarounnahrni egallamoqchi. Xuroson bilan Eronni ham olmoqchi. E’tibor bergan 
bo‘lsangiz, uning unvo-ni: «Xalifai rahmon, Iskandari soniy!». Shayboniyxon Iskandar 
Zulqarnayndek barcha mamlakatlarni fath etmoqchi, yana bu bilan qanoatlanmay, butun 
musulmon olamining diniy rahbari — xalifai zamon bo‘lmoqchi! 
Shayboniyxonning niyati uning unvonidan ham ko‘rinib turishiga Mahmudxon ilgari 
uncha e’tibor bermagan edi. Hozir Boburning so‘zlari ta’sirida bir lahza o‘ylanib oldi, 
so‘ng boyagi xon elchisining so‘zlarini esladi: 
— Nazarimda, Shayboniyxon bizga qarshi yurish qilmoqchi emas. Elchisining aytishicha, 
ular Hisorni, so‘ng Xuroson bilan Eronni egallashmoqchi. 
— Xon hazratlari, bu hammasi sizni g‘aflatda qoldirish uchun keltirilgan yolg‘on 
dalillardir! Tarixni bir eslang: qaysi fotih avval Toshkent  bilan Farg‘onani olmay turib, 
Xurosonu Eronga yurish qilgan? Chingizxonmi? Yo‘q! Amir Temurmi? Yo‘q! Axir butun 
Movarounnahrni, Samarqandu, Toshkentu, Farg‘onani egallamasdan, ularning kuchiga 
tayanmasdan turib, Xurosonu Eronga yurish qilish ahmoqlik bo‘lur-ku! Buni 
Shayboniyxon bilmagay deysizmi? 
Shayboniyxonning Toshkentga hujum qilish ehtimoli Mahmudxonni anchadan beri 
tahlikaga solib kelardi. Shuning uchun u Issiqko‘ldan narida hukmronlik qilib yurgan 
ukasi Olachaxonni o‘n besh ming qo‘shini bilan yordamga chaqirgan. Bu qo‘shin hozir 
yo‘lda, biror oy ichida Toshkentga yetib keladi. Shayboniyxonning odamlari bundan 
allaqachon xabar topgan bo‘lishlari kerakki, Toshkentga elchi yuborib, murosa yo‘lini 
izlab qolishdi. Mahmudxon Shayboniyxonning sarkardalik qobiliyatini yaxshi biladi va u 
bilan urushishni istamaydi. Jiyani Bobur esa urush bo‘lishini juda naqd qilib qo‘yyapti. 
Nega? Mahmudxon jiyanining niyatini aniqroq bilmoqchi bo‘ldi: 
— Xo‘sh, Mirzam, Shayboniyxonning urushishi aniq bo‘lsa, biz ne qilmog‘imiz kerak? 
— Shayboniyxonga qarshi turgan barcha kuchlar to‘planib ittifoq tuzmog‘imiz lozim! 
Mahmudxon qo‘ng‘ir ko‘zlarini Boburga sinovchan nazar bilan tikdi. 
— Siz bilan ittifoq tuzaylikmi, Mirzam? 
— Faqat biz emas, kichik xon dodam Olachaxon hazratlari borlar-ku. 
— Ha, Olachaxonning qo‘shini bilan mening qo‘shinim birlashsa o‘ttiz ming bo‘lur. Keyin 
biz sizning qo‘shiningiz bilan birlashurmiz — shunda qancha bo‘lg‘ay? 
Boburning ikki yuzu elliktagina odami qolgan edi. Buni yaxshi biladigan Mahmudxon 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish