Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet153/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
148
istiqbolingizga ishonurmen. Sizdek nodir iste’dodlar dunyoga kam kelishini boshqalar 
bilmasa ham men bilurmen. O‘zingizni ehtiyot qiling! Taqdiringizni tolei past 
egachingizning taqdiri bilan tenglashtirmang! 
— Nechun bunday deysiz? Hammamiz ham bu o‘tkinchi dunyoga mehmonmiz! Siz bilan 
men bir onaning farzandlarimiz! 
— Lekin men qiz tug‘ilganmen, farqimiz shunda! Yoshim yigirma beshga kirdi-yu, hamon 
yolg‘izmen. Men ko‘ngil qo‘ygan odamni taqdir menga ravo ko‘rmadi! Omadingiz kelib, 
Shayboniyxonni yengganingizda, balki mening orzularim ham ro‘yobga chiqur edi! 
O‘shanda balki mening ham baxtim ochilarmidi? Yo‘q hamma umidlarim tarixning 
g‘ildiragi tagida yan-childi! Qachongacha dargohingizda qari qiz bo‘lib yurgaymen, 
izzatimni bilishim kerak! 
— Nahotki, siz nevaralik cholni o‘zingizga munosib ko‘rsangiz? 
— Munosibimni topishdan umidim uzilgan! Endi keksami, yoshmi menga baribir! 
— Bir vaqtlar O‘shda siz menga nelar degan edingiz? «Ko‘nglingizga ishoning», demagan 
edingizmi? Nahotki, sizning ko‘nglingiz shu berahm xonga moyil bo‘lsa? Bultur bu odam 
Zuhra begimga qanchalik noinsoflik qilganini bir eslang. Nahotki, siz shunday odam 
tufayli bizdan ajralib ketmoqchi bo‘lsangiz?! 
Xonzoda begim o‘kirib yig‘lab yubordi: 
— Ne qilay?! Boshqa najot yo‘q! Yo‘q!!! 
— Bir onadan tug‘ilganmiz, endi taqdirimizda neki bo‘lsa birga ko‘rurmiz! Bizdan 
ajralmang! Tunda yov halqasiga hamla qilurmiz! Tayyor turing! 
Xonzoda begim ham yana erkakcha kiyinib, ukasi bilan jangga kirishni butun vujudi 
bilan istardi. Hozir unga ham dushman asoratidan ko‘ra qo‘lida qurol bilan o‘lish afzal 
tuyulardi. Xonzoda begim to‘satdan shu tuyg‘uga berilib: 
— Qachon? — deb so‘radi. 
Bobur ovozini pasaytirib: 
— Shu bugun kechasi! — dedi. 
Xonzoda begim bugun kechasi suyukli ukasining yov qurshovida halok bo‘lishi 
muqarrarligini go‘yo oldindan sezdi-yu, seskanib o‘rnidan turdi: 
— Bugun emas! Yo‘q, yo‘q! 
Bobur ham o‘rnidan turdi: 
— Begim, mening inilarcha aytgan so‘zim inobatga o‘tmasa, buni podshohlik farmoni 
deb biling! 
Xonzoda begim indamay Boburga yaqinlashdi. Yuzini ukasining ko‘kragiga bosib, 
yelkalari silkina-silkina o‘rtanib yig‘ladi. Shu tarzda u Bobur bilan so‘zsiz vidolashdi-yu, 
keyin go‘yo uning farmoniga bo‘ysunganday bosh egib, chiqib ketdi. 
*  *  * 
 
Yarim tunda Bobur, Qosimbek, Qutlug‘ Nigor xonim, Oyisha begim, Tohir xotini Robiya 
bilan birga, yana o‘ttiz-qirqta bek va navkarlar Shayxzoda darvozasiga yig‘ildilar. Biroq 
ularning orasida Xonzoda begim yo‘q. Bobur Xonzoda begimni birga olib chiqishni onasi-
ga topshirgan edi. 
Qutlug‘ Nigor xonim yig‘layverib ovozini oldirib qo‘ygan. Uning hazin tovush bilan bergan 
uzuq-yuluq izohidan Bobur shuni bildiki, Xonzoda begim buvisi bilan birga Chorraha 
darvozasiga qarab ketgan. 
Shayboniyxonning qarorgohi o‘sha tomonda. Nahotki Xonzoda begim o‘sha niyatidan 
qaytmagan? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish