Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
119
— Osiy bandalarmiz, xon hazratlari. Xatolik o‘tgan bo‘lsa, afv eting, huzuringizga bosh 
egib keldim... 
Xo‘ja Yahyo ko‘ziga yosh oldi. 
Shayboniyxon yasovulga buyurdi: 
— Yuqoriga olib chiqib mirzosining qaptaliga* o‘tirg‘izing! 
Xo‘ja Yahyoni olib chiqib ketganlaridan keyin Shayboniyxon o‘zining eng yaqin 
maslahatgo‘yi bo‘lgan oltmish yoshli mo‘ysafid mulla Abdurahimni chaqirdi va u bilan 
nima haqdadir yakkama-yakka gaplasha boshladi. 
Xonning shoshilmayotgani ba’zi sultonlarni taajjubga solmoqda edi. Samarqand 
darvozalari ochiq paytda nega poytaxtga ot qo‘yib kirmasdan, bu yerda imillab 
o‘tirishibdi? 
 
_____________ 
* Q a p t a l i  — yoni, qatori.
 
3 
 
Shayboniyxon to‘rdagi eshikdan kirganda hamma o‘tirganlar o‘rinlaridan sapchib turib, 
xonga egilib ta’zim qildilar. Xon shahnishinga to‘shalgan kimxob ko‘rpacha ustiga 
chordana qurib o‘tirdi. Uning o‘ng yoniga cho‘kka tushgan mulla Abdurahim qur’ondan 
qisqa bir oyat o‘qib, xon hazratlariga eng oliy tilaklar bildirdi-yu, nihoyat maqsadga 
o‘tdi: 
— Imomi zamon, xalifai rahmonning niyatlari faqat shahar olish emas, dinu millat 
dushmanlarini fosh etib, sizu bizni Muhammad alayhissalom yurgan muqaddas yo‘lga 
yetaklashdir. Agar faqat molu mulkni o‘ylaydigan podshoh bo‘lsa, Samarqand qopqalari 
ochilgan zahoti urho-ur, deb qal’aga ot qo‘yib kirur edi, karnay-surnay chaldirib, o‘z 
g‘alabasini tezroq xalqqa oshkor qilur edi. Ammo bizning ulug‘ xonimiz — donolikda 
Iskandari zamon Shayboniyxon molu mulkdan avval insofu imonni o‘ylayurlar.  
— Barhaq! — deb qo‘ydi mulla Abdurahimdan pastroqda o‘tirgan Muhammad Solih. 
— Podshoh insofu imonni unutsa ne chog‘liq murdorliklar yuz berishi, mamlakat ne 
chog‘liq xarob bo‘lishi temuriylarning kirdikorlaridan bizga ayon. Abdullatif mirzo o‘z 
otasi Ulug‘bek mirzoni o‘ltirtirdi. Hirotda Husayn Boyqaro o‘z nevarasi Mo‘min mirzoni 
o‘ltirtirdi. Mana hozir biz bilan o‘ltirgan Sulton Ali mirzo o‘z og‘asi Boysunqur mirzoni 
tuttirib o‘ldirmoqchi bo‘lganda, og‘asi qochib qutuldi. Keyin Boysunqur mirzo bu inisini 
tuttirganda ko‘zini ko‘r qilmoqchi bo‘ldi. Ammo jallodni oltinga sotib olib, bu Mirzo ham 
qochib qutuldi. Mirzolarning saroyida sotqinlik, xiyonat, buzuqlik avj oldi. Qur’oni sharif 
mayni makruh deb qat’iy taqiqlagan. Ammo davramizda o‘ltirgan mana bu yosh Mirzo 
joynamoz ustida o‘ltirgan imomi zamon huzuriga may ichib shirakayf kelmish. Bu 
Mirzoning shahvoniyparastligi, shu yoshdan harom yo‘lga yurishligi imomi zamon 
xonimizga avvaldan ayon edi! 
Ko‘pakbiy g‘azablanib gap qo‘shdi: 
— Osib o‘ldirish kerak bunday Mirzoni! 
— Ayb faqat bu navjuvon Mirzoda emas, — deb Muhammad Solih unga e’tiroz qildi. — 
Buning otasi Mahmud mirzo bag‘oyat imonsiz buzuq odam edi. Samarqandda podshohlik 
qilganda xotinbozlikka qanoat qilmay, bachchabozlikni ham avjiga chiqargan edi. 
Bechora xalq chiroyli yosh o‘g‘lonlarini ko‘chaga chiqartirishga qo‘rqib, qizlarni 
yashirgandek ichkariga yashirar edi. 
— O‘g‘il otasiga tortibdir-da? 
— Onasi-chi? Mirzoning onasi qalay? 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish