Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
122
qilib olarman», deb o‘ylagan edi. Shuning uchun begimga yozgan xatiga bir necha satr 
she’r qo‘shgan edi. Ammo uni bugun o‘z ko‘zi bilan ko‘rgandan keyin begimdan ixlosi 
qaytdi. To‘g‘ri, she’r yozib begimni aldagani ko‘nglining bir chetini xira qilib turar edi. 
Ammo bu yerda Zuhra begimdan nafratlanib gapirgan a’yonlar u xotinning buzuqligiga 
xonni ham ishontirdi-yu, ko‘nglidagi bu xiralikni tarqatib yubordi. «O‘zi shunday 
aldanishga munosib xotin ekan, — deb o‘ylandi xon. — Agar hozir qo‘yib bersam, 
sultonlar uni quturg‘an biyaga sudratib o‘ldiradi. Lekin men «Murodingizga yetasiz!»— 
dedim. Murodi — erga tegish ekan. Zo‘r bir er topib berib, so‘zimning ustidan chiqayin!» 
Xonning ko‘zlari davrada o‘tirgan sultonlarni oralab o‘tib, poygakroqda o‘tirgan yo‘g‘on 
gavdali cho‘tir qora kishida to‘xtadi. Mansur baxshi deb ataladigan bu odam tabiblik qilar 
edi. U childirma chalib «ko‘chiriq» qilishni ham bilar edi, «ko‘taruvchi» degan laqabi bor 
edi. Unga xotin chidamas — olgan xotinlari yo bir-ikki yil umr ko‘rmay o‘lar, yoki qochib 
ketar edi. 
— Mansur baxshi, siz xotinga yolchimay yuribsiz,— dedi Shayboniyxon. — Pastdagi 
begim kelinchak yongliq yasanib kelibdi. Shuni sizga uzatayikmi? 
Mansur baxshi o‘rnidan sakrab turdi, quvonganidan og‘zi qulog‘iga yetguday kulib ta’zim 
qildi: 
— Marhamatingizdan aylanayin, hazratim, jon deyman! 
Hamma kulib yubordi. Shayboniyxon bu tugunni ham sulton va a’yonlarga yoqadigan bir 
ustalik bilan yechganidan ko‘pchilik mamnun edi: 
— Xon hazratlari dono yo‘l topdilar! 
— Mansur ko‘taruvchi endi begimni quchog‘idan qo‘ymay rosa ko‘taradi. 
— Biri biriga munosib! 
— Biroq, — Shayboniyxon yana so‘z boshlagan edi, o‘zaro gaplar va kulgilar darhol 
bosildi, — baxshining to‘yini Samarqandda qilamiz. Hammamiz shaharga tartib bilan 
kiramiz... 
Samarqandda bir necha marta bo‘lgan va qayerda nima borligini yaxshi biladigan xon 
qo‘shinlarning shaharga kirish va joylashish tartibini oldindan o‘ylab qo‘ygan edi. Hozir 
shuni buyruq shakliga keltirib, lashkarboshilarga aniq ko‘rsatmalar bera boshladi. 
Shayboniyxonning besh ming kishilik qo‘shini Chorraha darvozasidan Samarqandga kirib 
borganda shaharning narigi tomonidagi So‘zangaron darvozasidan yuzlab odamlar 
qochib chiqib ketmoqda edilar. Bobur hozir Shahrisabzda edi. Samarqanddan qochib 
chiqqan uning tarafdorlari Shahrisabzga qarab shoshilmoqda edilar. 
Ammo Shayboniyxonning quyunday yugurik otliqlari ularning ko‘pini quvib yetib, 
ko‘chlarini talashdi, ko‘plarini ayovsiz o‘ldirishdi. 
Kechasi shaharda talonchilik avjiga chiqdi. Faqat Xo‘ja Yahyoning hashamatli uyiga va 
keng hovlisiga talonchilar yo‘latilmadi. Ko‘pakbiyning yuztacha navkari Xo‘ja Yahyoning 
hovlisini qo‘riqlab turdi. Biroq Ko‘pakbiy qo‘ygan maxsus odamlar Xo‘ja Ahrordan qolgan 
boyliklar, oltin va javohirlarning qaysi sandiqlarga joylashtirilayotganini pana-panadan 
kuzatib, ko‘z tagiga olib qo‘ydilar. 
Xo‘ja Yahyo ikki o‘g‘li, uch xotini, o‘n beshtacha xizmatkori yordamida tuni bo‘yi ko‘ch 
yig‘ishtirdi. Tong otganda barcha sandig‘u bo‘g‘chalarini, ko‘ch-ko‘ronini to‘rtta aravaga 
va o‘n ikki tuyaga yuklatdi. Ayollarni soyabon aravaga chiqarishdi. Xo‘ja Yahyoning o‘zi, 
ikki o‘g‘li va o‘nta qo‘riqchi xizmatkor yigiti eng yaxshi otlarini mindilar, Samarqand bilan 
g‘amgin xayrlashib, qal’adan chiqdilar. Ko‘pakbiy o‘z navkarlari bilan birga Xo‘ja Yahyoni 
Ohaklik tog‘igacha kuzatib qo‘ydi. Termiz yo‘liga tog‘ oshib o‘tish kerak edi. Bir tog‘ 
darasining ichida Ko‘pakbiy Xo‘ja Yahyoga qarab: 
— Biz onhazratimning buyrug‘ini bajardik, endi u yog‘iga o‘zingiz ketavering! — dedi-yu, 
navkarlari bilan orqaga burildi. 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish