Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
114
Biroq qandillarda ko‘pdan beri yonayotgan shamlarning tutunidan uy sal xira tortib 
qolgan edi. Zuhra begim havorang barqut darpardalarni ochdi-yu, sahar salqiniga yuzini 
tutib, ayvon eshigi oldida birpas turdi. 
Shunda arkka yaqin bir mahalladan er kishining jon achchig‘i bilan qichqirgani eshtildi. 
Ayol kishining o‘kirib yig‘lagani unga jo‘r bo‘ldi. 
Abu Yusuf Arg‘un bilan Muhammad Sulton hamon fitnachilarni ovlab yurgani, ularning 
uylarini talab boyiyotgani, allakimlar o‘q yoki tig‘ zarbidan jon berayotgani Zuhra 
begimning ko‘z oldiga keldi. Shunda xayoli birdan boshqa yoqqa burildi. 
Shayboniyxon Samarqandni jangsiz olish uchun Zuhra begimga yolg‘ondakam ishq izhor 
qilayotgan bo‘lsa-chi? Samarqandni olganidan keyin so‘zidan qaytsayu, Zuhra begimni 
mana bu qorong‘i tunda o‘kirib yig‘layotgan ayolning ahvoliga solsachi? 
Bu shubhadan begimning borlig‘i muzlab ketdi. U orqasiga qaytib Shayboniyxonning 
maktubini yana qo‘liga oldi. Xon uning shunday shubhalarga borishini oldindan 
sezganday, maktubning yana bir joyida she’r aytgan edi: 
«Men Samarqandni sensiz netayin, 
Jasadi tiyrani jonsiz netayin?» 
Bu satrlarning taftidan Zuhra begimning qalbiga yana iliqlik yugurdi. Shu topda 
begimning o‘ziga ham yorsiz Samarqand — jonsiz tanaday sovuq tuyulardi. Shay-
boniyxon uning bevalik hayotiga issiq jon bo‘lib kirib kelishi ko‘z oldida gavdalandi-yu, 
qalamni qo‘liga olib, xonga javob yozishga kirishdi. Satr boshidan xonning ta’rifini 
yuksaklarga ko‘tarib: 
«Hazrati imomi zamon, xalifayi rahmon», deb yoza boshladi...  
 
_______________ 
* S a n g f a r sh — go‘zal toshlardan gul yasash. 
* N i sh o n — farmon, buyruq. 
* B a r a k — chuchvara.
 
2 
 
Samarqand qal’asining tashqarisidagi bog‘ ko‘chalar, Ulug‘bek rasadxonasining atroflari, 
Obirahmat arig‘ining bo‘ylari behisob qo‘shinga to‘lib ketgan. Cho‘ponota tog‘ining 
etaklarida, naryog‘i Zarafshon sohilida yuzlab o‘tovlar va chodirlar paydo bo‘lgan. 
Bu qo‘shinning sarkardasi Shayboniyxon Bog‘i Maydonga, Ulug‘bek qurdirgan mashhur 
Chilsutun ko‘shkiga kelib tushgan edi. Shayboniyxon ko‘shkning yuqorigi qavatida to‘rt 
tarafi ayvonlik katta uyda peshin namozini o‘qib bo‘lgan ham ediki, yasovul kirib, Sulton 
Ali mirzo bir necha ichkilari bilan qal’adan xon huzuriga kelganini aytdi. 
Shayboniyxonning kichik-kichik ko‘zlari quvonchdan yaltillab ketdi. 
— Sultonlarni bu yerga chorlang. Keyin mirzoni boshlab kiring. 
— Hazratim, taxtingiz pastki oshiyonda. 
— Joynamozim taxtimdan baland! 
— Lutf qildingiz, hazratim! 
Yasovul ikki bukilib ta’zim qilganicha orqasi bilan yurib chiqib ketdi. 
Shayboniyxon bo‘taloq junidan to‘qilgan mayin malla joynamoz chetiga qaytib o‘tirdi. 
Yasovul poygakdagi eshikdan Sulton Ali mirzoni boshlab kirganda Shayboniyxon hali 
ham shahnishinda o‘sha joynamoz ustida o‘ltirgan edi. Shahnishin pastida uning o‘n 
chog‘li sultonlari cho‘kkalab o‘ltirishibdi. 
Shayboniyxon bezaksiz jo‘n kiyingan edi. Sulton Ali mirzo eshikdan kirgan zahoti uning 
sallasiga qadalgan duru gavharlar, to‘niga tikilgan oltinu marvaridlar dabdaba bilan 
yaltirab ko‘zga tashlandi. Ammo Mirzoning ko‘zlari besaranjom, semiz gavdasi 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish