Bo‘stonsaroyning bir chetida rang-barang toshlar bilan sangfarsh* qilingan marmar
hovuzli hammom bor edi. Kechki payt shu hammomga Sulton Ali mirzoning haramidagi
eng chiroyli qizlar cho‘milishga keldilar.
Hamomning ichida gilamlar va ko‘rpachalar to‘shalgan, shohona dasturxon tuzab
qo‘yilgan maxsus bir xona bor edi. Bir vaqtlar Sulton Mahmud mirzo tirikligida shu
xonadan qizlar cho‘miladigan bo‘lmaga maxfiy bir tuynuk ochilgan edi.
Shahvoniyparastlik bilan dong chiqargan Sulton Mahmud mirzo o‘sha tuynukdan
qizlarning cho‘milishini tomosha qilar edi.
Sulton Mahmud mirzo o‘lib ketganiga besh yil bo‘ldi. Hammomda maxfiy tuynuk borligini
uning o‘n yetti yashar o‘g‘li, hozir Samarqand taxtida o‘tirgan Sulton Ali mirzo yaqinda