Kutubxonasi



Download 1,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/328
Sana01.01.2022
Hajmi1,14 Mb.
#298661
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   328
Bog'liq
@BOOKS KITOB YULDUZLI TUNLAR

www.ziyouz.com kutubxonasi 
108
xushxabarlar bor? 
Choshnagir ayol laganni kuyov-kelinning o‘rtasiga qo‘yib, kumush sovrini* ochdi. Oq 
kiyikning go‘shtidan tayyorlangan toza kabobning hidi zira hidiga qo‘shilib atrofga 
taraldi. 
— Begim, siz ham ochilibgina o‘ltiring. Bunday baxtli yoshlik bir marta keladir. Zavqini 
surib qoling, aylanay begim, bizga o‘xshab keksayganingizda eslab yurarsiz! 
Choshnagir ayol kulib chiqib ketdi. Uning «zavqini surib qoling» degan so‘zlari Oyisha 
begimdagi uyatchanlikni kamaytirish o‘rniga battar oshirgan edi. Bobur esa bir oz 
dadillanib: 
— Qani, begim, — dedi. Lagan ustiga qo‘l cho‘zdi-yu, lekin Oyisha begim kabobga qo‘l 
uzatishini kutdi. 
— Siz boshlang, — shivirladi kelinchak. 
— Xo‘p, mana. Qani, endi, siz... 
Shu tarzda bir oz kabob yeganlaridan keyin yana choyga o‘tdilar. 
— Begim, shahringizni sog‘inganingiz yo‘qmi? 
Oyisha begim endi Boburning yuziga botinibroq qaradi: 
— Samarqandnimi?.. Sog‘indim. 
— Agar nasib qilsa, yozda Samarqandga qaytursiz. 
— Koshki edi... Biroq men... o‘zim keturmenmi? 
— Yo‘q, Samarqand nasib bo‘lsa, bu yerdan hammamiz ko‘chib keturmiz. 
— Ko‘chib?.. Andijon kimga qolur? 
Bobur horg‘in tovush bilan: 
— Hozircha Ahmad Tanbal bilan Jahongir mirzoga,— dedi. 
Oyisha begim hech narsaga tushunolmay taajjublanib qoldi. Bobur Andijonni qayta 
qo‘lga kiritguncha ozmuncha aziyat chekdimi? Endi nechuk Andijonni ixtiyoriy ravishda 
tashlab ketmoqchi? 
— Men Samarqandni sog‘ingan bo‘lsam ham, — dedi Oyisha begim, — lekin sizning ota 
yurtingizda osuda yashashni afzal ko‘rurmen! 
Oyisha begim boyagi uyatchanligini unutib, ochilib gapira boshlaganida Boburga uning 
yuzi avvalgidan jozibaliroq ko‘rindi. 
— Sizdan ham o‘tinamen, hazratim, — davom etdi Oyisha begim, — ko‘p azob 
tortgansiz. Samarqand sizga jangsiz darvoza ochmas. Endi o‘zingizga rahm qiling. 
Urushga bormang, o‘tinamen! 
— Begim, bu yerdagi hozirgi ahvolimiz sizga ham munosib emas, menga ham. 
— Nechun bunday dedingiz? Axir siz o‘z yurtingizda podshohsiz-ku. 
Bobur kinoyali kulimsirab, bosh chayqadi: 
— Hozir faqat nomim podshoh, — deb qo‘ynidan bir varaq buklangan qog‘oz oldi-da, 
Oyisha begimga uzatdi. 
So‘nggi oylarda Bobur ko‘ngil dardlarini qog‘ozga tushirishga ko‘p ehtiyoj sezar va 
deyarli har kuni she’r mashq qilar edi. Bu qog‘ozda uning shu bugun yozgan bir qit’asi 
bor edi. Oyisha begim qog‘ozni ochib, satrlarga ko‘z yugurtirdi: 
Qolmadi hurmat ahli olamda, 
Olamu olam ahlidan yuv ilik. 
Boburo, ikki podshohlig‘din 
Yaxshiroq bu zamonda bir beklik. 
— Hazratim, she’ringiz muborak bo‘lsin! 
— Qulluq. Endi mening dardimni tushungandirsiz? 
— Tushundim. Siz Jahongir mirzoning Axsida ikkinchi podshoh bo‘lib olganidan dard 
chekmoqdasiz. Ilgarigi yagona davlat ikkiga bo‘lingan... 


Yulduzli tunlar (roman). Pirimqul Qodirov 
 
 

Download 1,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   328




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish