3.3. Ilmiy bilimlar tizimida kutubxonashunoslik fanining o‘rni
(statusi)
Kutubxonashunoslik statusi deganda, uni ilmiy bilimlar tizimidagi,
jamiyatdagi ahamiyati, shuningdek fanlar tizimidagi o‘rni tushuniladi.
Fanlarni ijtimoiy, tabiiy - ilmiy va texnika fanlariga bo‘linishida
kutubxonashunoslik ijtimoiy fanlar sinfiga mansubdir. Hozir bu qarash
butun dunyoga tarqalmoqda. Lekin ba’zi bir kutubxonashunoslar
axborot-kutubxona faoliyati va kutubxonashunoslik nazariyasini
shakllanishini dunyo bo‘yicha “yagona oqim” sifatida qaramoqdalar.
Misol tariqasida ingliz kutubxonashunosi L.Evans shunday deydi:
“Kutubxonachilik ishini ta’kid etilgan fan deb atash mumkin emas,
qachonki u butun dunyoda foydalanish mumkin bo‘lgan universal
klassifikatsiyani yaratmaguncha” degan fikrni ilgari surmoqda.
Kutubxonashunoslik fani haqidagi shunga o‘xshagan qarashlar -
jamiyatdagi ijtimoiy o‘zgarishlar unga ta’sir ko‘rsatmaydi, chunki u
51
formal-texnika fani deb hisoblovchilar, shuningdek kutubxonani tashkil
etish masalalarini jamiyatni rivojlanishi bilan bog‘lanmaydi deb
hisoblovchilar ham bor.
Kutubxonashunoslikni ijtimoiy fanlar tizimiga kiritilishi o‘zini
mustahkam asoslariga egadir. Kutubxonashunoslikni rivojlantirishda-
eng asosiy, hal qiluvchi yo‘nalishi, bu umuminsoniylik, ma’naviy
xarakterga mo‘ljal (orientatsiya) qilish hisoblanadi. Shuning uchun ham
hozirgi
kunda butun dunyoda kutubxonashunoslik gumanistik
xarakterdagi fan sifatida qaralmoqda.
Kutubxonashunoslikning gumanitar yo‘nalishi, hozirgi kunda bu
sohada matematika, avtomatlashtirish, kompyuterlashtirish, yangi
axborot texnologiyalari bo‘yicha olib borilayotgan tadqiqotlarni rolini
inkor etmaydi. Lekin, bu uni aniq yoki texnika fanlariga aylantirmaydi.
Mustaqil ijtimoiy fan sifatida kutubxonashunoslik, o‘zini ma’lum bir
nazariy bilimlar tizimiga ega bo‘lib, ularni ma’lum bir hayotiy sohada,
aniqrog‘i, axborot - kutubxona faoliyatida qo‘llaydi.
Shuningdek, jamiyatda, bu bilimlar shu sohadagi muammolarni hal
qila oladi, ushbu muammolar bilan kutubxonashunos - olimlar
shug‘ullanishi kerak, boshqa soha vakillari emas degan fikrlar mavjud.
Kutubxonashunoslar yetarli darajada maxsus usullar, amaliy ishlar,
nazariyalar, texnologiyalarga egadirlar. Bularni barchasi axborot -
kutubxona amaliyoti asosida mavjuddir.
Kutubxonashunoslik fanining umumiy xarakteristikasi statusida
muhim o‘rinni, kutubxonashunoslik fanining obyektining ko‘p elementli
ekanligidan kelib chiquvchi, fanlararo tarkibga ega ekanligidir.
Kutubxonashunoslik boshqa fanlardan alohida, ajralgan holda faoliyat
ko‘rsatmagan va ko‘rsata olmaydi ham.
O‘zini mustaqil fan sifatida ahamiyatini yo‘qotmagan holda u
fanlararo boy aloqalarga ega. Zarur holatlarda, o‘zini masalalarini hal
etishda boshqa fanlarning tushunchalari, nazariyalari, printsiplari,
metodlari, faktik materiallari va boshqalardan foydalanadi. Fanlararo
sintezni amalga oshishi natijasida kutubxonashunoslik va boshqa fanlar
o‘rtasida bilimlar almashinadi. Ba’zida boshqa fanlar tomonidan
o‘zlashtirilgan ilmiy bilimlar, uni ijodiy rivojlantirish natijasida
oddiy,tushunarli ravishda o‘zlashtiriladi.
Kutubxonashunoslik fani bibliografiyashunoslik, kitobshunoslik,
informatika fanlari bilan juda yaqin aloqaga egadir. Shuningdek
kutubxonashunoslik va arxivshunoslik fanlari uchun ichki aloqadorlik
52
xarakterlidir. Ushbu fanlarni kelib chiqishi va yaqinligini yuqori darajasi
ularni birlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |