Kutubxonashunoslik



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Abstraktsiya (mavhum tasavvur)
- hodisa, narsaning xossalarini, 
munosabatlarini taraqqiyot bosqichlarini fikran bilish usulidir. 
Abstraktsiya usuli analiz (tahlil qilish) va sintez (umumlashtirish)lashni 
o‘z ichiga oladi. Analiz va sintez dunyoni bilish vositasi jarayonida 
ishlatiladigan o‘zaro bir-biri bilan bog‘langan usullardir. 
Analiz
da - o‘rganilayotgan narsa va hodisa, fikr - mayda 
bo‘laklarga, ya’ni elementlarga bo‘linadi va ular o‘rtasidagi 
bog‘lanishlar, o‘zaro munosabat va ta’sir o‘rganiladi. Tarkibiy qismlarni 
sintez qilish uchun analiz qilinadi.
Elemenlarni yana qaytadan birlashtirganimizda analiz natijalari 
o‘rganiladi. Insonning atrofini o‘rab turgan obyektiv borliq murakkab va 
ko‘p qirrali bo‘lib, aniq narsa va hodisalardan iborat. Ular xilma-xil 
xususiyat va sifatlarga ega. Shu ko‘p qirrali, murakkab narsa va 
hodisalarni o‘rganish va bilish, ular to‘g‘risidagi tushunchalarimizni 
chuqurlashtirish uchun shu narsa va hodisalarni tarkibiy qismlarga 
ajratish analiz qilish kerak. Kutubxonashunoslikda xayolan analiz qilish, 
sinflarni, yanada mayda sinflarga bo‘lish, avtomatik analiz, matematik 


45 
analiz va boshqlar qo‘llaniladi. Lekin bu usul bilan shu narsalarni to‘la 
bilish mumkin emas, shuning uchun u sintez yo‘li bilan to‘ldiriladi. 
Sintez 
- analizning natijalariga suyanib, narsa va hodisalarning bir 
butun sifatini o‘rganadi. Sintez analiz natijasida fikran bo‘lingan 
elementlarni qaytadan tiklash, ularni birlashtirish, ilgarigi yaxlitlikni 
fikran vujudga keltirish usulidir. (Masalan axborot-kutubxona faoliyati). 
Analiz tadqiqot jarayonida bilishning tayyorgarlik ko‘rish bosqichi 
hisoblansa, sintez uni yakunlaydi. Analiz va sintez natijasida umumiy 
tushuncha, muhokamalar tarkib topadi, ular yordamida o‘rganilayotgan 
sifat va muayyan qonuniyatlar aniqlanadi, shakllanadi. 
Induksiya va deduksiya aqliy xulosaning asosiy shakli bo‘lib, bilish 
jarayonida ma’lumdan noma’lumga tomon bo‘lgan fikr harakatini 
ifodalaydi.
Induksiya
- ayrim fikriy bilishdan umumiy, xulosalar chiqarishda 
qo‘llaniladigan muhokama usuli. Xususiylikni o‘rganilib, umumiylik 
bilib olinadi. Umumiylik narsa va hodisalar bilan uzviy aloqada bo‘ladi. 
Bilishda induktiv usul asosida qonuniyatlar ochiladi, tushunchalar 
maydonga keladi. Bu usul narsa va hodisalarning sababiy 
bog‘lanishlarini tekshirish usuli hisoblanadi. Induktsiya deduktsiya bilan 
mustahkamlangan.
Deduksiya
- umumiylikdan xususiylikka olib boruvchi mantiqiy 
usul. Fandagi nazariyalar deduktiv usul natijasida yuzaga keladi. Bu usul 
asosan daliliy materiallar to‘plash natijasida ularni chuqur o‘rganish, 
tizimga solishda qo‘llaniladi. Deduktiv usul turli shakllar: aksiomatik, 
gipoteza, deduktiv usul shaklida uchraydi. Deduktiv usul aqliy xulosa 
chiqarishning barcha shakllari bilan, birinchi navbatda, induktsiya bilan 
bog‘langandir. Induktiv va deduktiv usullar bir biri bilan dialektik 
bog‘langandir, ular bir-birlarini to‘ldiradi. 
Shuning uchun ularni bir - biriga qarama - qarshi qo‘yish ajratib 
qarash aslo mumkin emas. 
Modellashtirish
- borliqni bilvosita o‘rganishga asoslangan ilmiy 
usuldir. Modellashtirish asosida tadqiq qilinayotgan obyekt bilan uning 
modeli o‘rtasidagi o‘xshashlik, muvofiqlik yotadi. Modellashtirish usuli 
ilmiy tadqiqot jarayonini yengillashtiradi, ba’zi hollarda murakkab 
obyektlarni o‘rganishning yagona vositasi hisoblanadi. Bu usul 
o‘rganish qiyin bo‘lgan obyektlarni tadqiq etishda qo‘llaniladi.
Modellar ikki xil: moddiy va g‘oyaviy bo‘lishi mumkin. Moddiy 
narsalardan yasalgan modellar moddiy modellar deyiladi. Bu modellar 


46 
obyektlarning taraqqiyot jo‘shqinligini, ularning mohiyatini ifodalovchi 
zaruriy, qonuniy aloqalarni, munosabatlarni qayta hosil qiladi. 
G‘oyaviy modellar esa g‘oya shaklida mavjud bo‘lishi mumkin. 
Masalan, matematik modellash fizik jarayonlarning matematik 
ifodalaridir. Matematik modellash obyektni yaxlit tekshirish va tadqiq 
ko‘lamini o‘rganish imkonini beradi. Kibernetik moslamalar, EHMlar 
modellashtirish usul asosida vujudga kelgan. 
Tizimlash usuli - muayyan tarzda o‘zaro bog‘langan va bir qadar 
yaxlitlikni tashkil etgan unsurlar majmuini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. 
Hozirgi ilmiy bilish jarayonida, murakkab obyektlarni ilmiy bilishda bu 
usul keng qo‘llanilmoqda. Bu usul asosida o‘rganilayotgan yoki 
izlanayotgan obyektning boshqa obyekt bilan umumiy bog‘lanishlari, 
munosabatlari ochiladi.
Har bir tadqiqot obyekti va uni tashkil etuvchi unsurlar bir butun 
qism deb olinsa, shu tizimni tashkil etuvchi har bir unsur bir-biri bilan 
o‘zining tutgan o‘rni, vaqti va imkoniyatlariga ko‘ra funktsional 
bog‘langan. Bu unsurlardan birining o‘zgarishi ikkinchisining ham 
o‘zgarishiga olib keladi. Shuning uchun ham bu unsurlarni o‘rganish 
tizimlash usuliga asoslanadi. Har bir tizimni o‘rganishda uni boshqa 
tizimlar bilan birgalikda olib qarash kerak.
Bilimning nazariy darajasida ilmiy tadqiqotning keng ma’noda 
qo‘llaniladigan mavhumlik va aniqlik usullari mavjuddir.

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish