Kutubxonashunoslik


“Qarama- qarshiliklar birligi va kurashi qonuni”



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

“Qarama- qarshiliklar birligi va kurashi qonuni”
- dialektika 
qonunlari ichida markaziy o‘rinni egallaydi. Bu qonunga muvofiq har 
bir narsa bir-biri bilan uzviy aloqada bo‘lgan va biri ikkinchisini istisno 
etuvchi qarama-qarshi tomonlarga, kuchlarga ega. Bu qarama-qarshi 
tomon va kuchlar o‘rtasidagi kurash taraqqiyotning manbaini ifodalab, 
eskining yo‘qolishi va yangining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Ma’lumki, narsalar turli - tumandir. Hamma tomonlari bilan aynan 
o‘xshash bo‘lgan ikki narsaning o‘zi yo‘q. Narsalarning tafovut darajasi 
ham bir xil emas: muhim va nomuhim tafovutlar mavjud. 
Narsa va hodisalardagi tafovutlar qarama - qarshiliklar asosini 
tashkil etadi.
Ushbu qonun axborot - kutubxona faoliyati nazariyasi va 
amaliyotiga to‘liq tadbiq etiladi. Agar axborot - kutubxona faoliyati 
bo‘lmasa, 
kutubxonashunoslik 
fani 
ham 
bo‘lmaydi, 
yoki 
kutubxonashunoslik fanisiz axborot - kutubxona faoliyati hozirgi 
zamonaviy holatga kela olmas edi. Lekin, ular qandaydir holatda bir - 
biriga qarama – qarshidir, ya’ni, kutubxonashunoslik - bu mavhum, 
axborot -kutubxona faoliyati - bu moddiy, bor bo‘lgan faoliyatdir. Shu 
bilan birga ular o‘rtasida o‘zaro faoliyat yuritadi, bir - birini to‘ldiradi: 
axborot - kutubxona faoliyati kutubxonashunoslik g‘oyalari bilan 
boyitiladi, kutubxonashunoslik fani esa axborot-kutubxona faoliyatining 
ilg‘or amaliyoti bilan to‘lib boradi.
b) 
“Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni”
- dialektikaning asosiy qonunlaridan biridir. Bu qonunning mohiyati 
shundan iboratki, narsa va hodisalardagi sezilarli bo‘lmagan miqdoriy 
o‘zgarishlar asta - sekin to‘plana borib, taraqqiyotning ma’lum bir 
bosqichida me’yorni buzadi va sakrash yo‘li bilan tub sifat 
o‘zgarishlariga olib keladi. 
Moddiy olamdagi xilma - xil narsa va hodisalar bir-biridan o‘z sifati 
bilan ajralib turadi.


39 
Sifat - narsalarning ichki muayyanligi bo‘lib, uning qator xossa, 
belgi, xususiyatlari birligidir. Sifat narsa qanday bo‘lsa, uni 
shundayligicha aniqlab beradi. Narsalarning sifati esa ularning xossalari 
orqali namoyon bo‘ladi.
Xossa narsa sifatining boshqa narsalar bilan o‘zaro aloqadorligidagi 
tashqi namoyon bo‘lishidir. Biz narsalarning ichki sifatini ma’lum bir 
xossalarda namoyon bo‘lishi orqali bilamiz. Masalan, metall zichlik, 
siquvchanlik, issiqlik, o‘tkazuvchanlik,cho‘ziluvchanlik kabi xossalarga 
ega. Sifat - jismning barcha xossalarini birgalikda bog‘lovchidir. 
Demak, sifat narsaning umumiyligini, yaxlitligini uning nisbiy 
barqarorligini, bir-biriga o‘xshashligini ifodalaydi. U keng ma’noda 
narsalarning turli-tuman xossalari yig‘indisidir.
Lekin sifat va xossa aynan bir xil ma’nodagi tushunchalar emas. 
Sifatning o‘zgarishi muqarrar sur’atda xossaniig o‘zgarishiga olib 
keladi, biroq xossaning o‘zgarishi har doim sifatning o‘zgarishiga, ta’sir 
etavermaydi, ayrim xossalar narsalarning sifatiga, ta’sir etmasdan yo‘q 
bo‘lib ketishi mumkin. 
Miqdor o‘zgarishlarning sifat o‘zgarishlariga o‘tish qonuni asosida 
kutubxonashunoslik va axborot - kutubxona faoliyatini harakati va 
rivojlanishini tushuntirish mumkin. Kutubxonashunoslikda, barcha 
fanlar kabi, sifat o‘zgarishlari nisbatan sekinlik bilan, har doim ham 
sezilarli bo‘lmagan tarzda amalga oshadi.
Bular miqdor o‘zgarishi natijasida bo‘ladi. Masalan, qadimda 
kutubxonalar sonini oshishi natijasida, kutubxonashunoslik g‘oyalarini 
paydo bo‘lishiga olib keldi. Kutubxonashunoslik g‘oyalari esa asta-sekin 
yangi 
sifat 
o‘zgarishlariga, 
kutubxonashunoslikka 
o‘tdi. 
Kutubxonashunoslikning keyingi taraqqiyoti esa shu qonun asosida 
bormoqda.
v) 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish