Kutubxonashunoslik


Kutubxona faoliyati natijasi



Download 1,38 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/74
Sana18.07.2022
Hajmi1,38 Mb.
#818781
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74
Bog'liq
1 Кутубхонашунослик дарслик грифли

Kutubxona faoliyati natijasi 
“Faoliyat natijasi” elementi kutubxonani faoliyat ko‘rsatishidagi 
asosiy elementi hisoblanadi. Faoliyat natijalari va ularning parametrlari 
(nomenklatura, 
hajm, 
sifat) 
kutubxonalarning 
elementlarigagina 
(texnologiya, ishlab chiqarish strukturasi, ish metodi va vositasigina) 
emas, balki kutubxonani boshqaruv xarakteristikasiga (boshqaruv 
tuzilmasi, boshqaruv kadrlari soniga) va uning elementlariga ham ta’sir 
qiladi. Faoliyat natijalari hajmi va sifatli xarakteristikalari juda 
muhimdir. Kutubxonaning asosiy faoliyati natijasi bo‘lib, kutubxona - 
axborot xizmatlari va mahsulotlari hisoblanadi. Ularning ishlab 
chiqarilishi jamiyatning maqsadlariga va kutubxonada mavjud 
resurslarga ko‘ra amalga oshiriladi.
“Xizmat” tushunchasi shu xizmatning “iste’molchi”si tushunchasi 
bilan bog‘langan. Taqdim qilingan xizmatlar bevosita iste’molchi 
(kitobxon, abonent) ga ta’sir ko‘rsatishi sifatida ko‘rib chiqiladi. Barcha 
ko‘rinishdagi kutubxona xizmatlarini uchta asosiy guruhga birlashtirish 
mumkin: hujjatli, kommunikativ va kutubxonachilik servisi.
“Kutubxonachilik mahsuloti” tushunchasi bevosita iste’molchilar 
bilan 
bog‘lanmaydi. 
Kutubxona 
mahsulotining 
iste’molchilari 
kategoriyasi juda keng: masalan, mamlakat, hudud, soha kutubxona 
xodimlari; aholi; kutubxonachilik fakulteti talabalari va o‘qituvchilari.
Kutubxona 
faoliyati 
natijalarini 
xarakterlovchi, 
kutubxona 
xizmatlari 
va 
mahsulot 
assortimentini 
aks 
ettiruvchi 
asosiy 
parametrlariga: xizmatlar va mahsulot tarkibi(nomenklatura); xizmat va 
mahsulotlar hajmi; taqdim qilinayotgan xizmat va mahsulotni sifati; va 
boshqalar kiradi. 
5.4. Axborot-kutubxona muassasalarining tashkiliy tuzilmasi 
Kutubxonalarni tashkiliy tuzilmasini yaxlit tuzilma, shuningdek 
nisbatan mustaqil, o‘zlarga biriktirilgan vazifa maqsadlarga, ma’lum bir 
vakolatga, o‘zaro bir-biri bilan ma’lum bir munosabatda bo‘ladigan 
bo‘linmalar tuzilmasi sifatida ko‘rish mumkin. Tuzilmalar ishlab 
chiqarish va boshqarish tuzilmalariga ajratiladi. Ular bir-biri bilan o‘zaro 
aloqada bo‘ladi va kutubxonaning yagona kompleks tuzilmasini tashkil 


89 
etadi. Bu tuzilma aniq natijalarga olib keluvchi, aniq faoliyatni amalga 
oshiradi. 
Tashkiliy tuzilmani shakllantirish umuman olganda, bir-biriga 
bog‘langan vazifasiga ko‘ra o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ish turlarini tegishli 
bo‘limlarga ajratish uchun aniqlash va guruhlarga bo‘lish jarayonidir. 
Ish turlari bloklarga ajratiladi, keyin mantiqiy ketma- ketlikda 
birlashtiriladi. 
Kutubxonaning ishlab chiqarish tuzilmasining yaratish ish o‘rnini 
yaratishdan boshlanadi. Ish o‘rinlarini integratsiyasi murakkabroq 
tuzilmalarni: joylar, guruh, sho‘balar, bo‘limlarni yaratilishiga olib 
keladi. 
Kutubxona 
amaliyotida 
vazifaviy-texnologik 
tuzilma 
keng 
tarqalgan. Uni asosini kutubxonachilik mehnatini uchta asosiy tsikli: 
komplektlash, adabiyotlarni qayta ishlash va fondni saqlash; 
kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish va bibliografik faoliyat 
tashkil etadi. Kutubxona xizmatchilari shu uchta asosiy bo‘limlarga 
birlashadilar. Kutubxonalar oldida turgan vazifalar va faoliyatning hajmi 
ortib borgan sari bo‘limlarda sektorlar, joylar, xizmatlarga ajratish 
zaruriyati paydo bo‘ladi. 
Yirik kutubxonalarda faqatgina vazifaviy tuzilma yetarli emas. 
Amaliyotda sohaviy, lingivistik, turlar (nashr turlari, xillari) bo‘yicha 
tuzilmalar qo‘llaniladi. Respublika, viloyat kutubxona - axborot 
markazlari tuzilmalarida muhim o‘rinni o‘lkashunoslik adabiyotlari 
bilan ishlovchi bo‘linma muhim o‘rin egallaydi. Markaziy kutubxona 
vazifasini bajaruvchi kutubxonalarda ilmiy-metodik yoki boshqa 
muvofiqlovchi bo‘linmalar tashkil etiladi. 
Zamonaviy talablarga kombinatsiyalangan tuzilmalar hammasidan 
ko‘proq mos kelmoqda. Chunki bo‘linmalar tarkibi unda aniq bir 
kutubxonadagi ish sharoitini o‘ziga xosligidan, kutubxonaning 
an’analaridan kelib chiqqan holda tuziladi.
Kutubxonalarni boshqaruv tuzilmasi, kutubxonaning barcha 
jarayonlarini boshqarish vazifasini bajarishga qaratilgan bo‘lib, 
bo‘linmalar va xodimlar o‘rtasida majburiyatlarni to‘g‘ri va aniq 
taqsimlash, ularni kelishgan holda samarali ishlashlarini tashkil etishga 
qaratilgan bo‘ladi. Bu tuzilma bir-ikki-uch-to‘rt bosqichli: chiziqli, 
vazifali, chiziqli-vazifali bo‘ladi. 
Boshqaruv tuzilmasiga kutubxona rahbarlari va uning bo‘linmalari, 
shuningdek maxsus bo‘limlar (hisobxona, reja-iqtisodiyot, tashkiliy-
texnologik bo‘lim, marketing bo‘limi, kadrlar bo‘limi, devonxona va 


90 
boshq.) yoki boshqaruv vazifasini bajaruvchi alohida mutaxassislar 
kiradi. 
Tashkiliy tuzilmani to‘g‘ri tashkil etish kutubxona faoliyatini 
samarali faoliyat ko‘rsatishi bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab 
muammodir. Tuzilmalarga qo‘yiladigan asosiy obyektiv mezon - 
kutubxona 
jarayonlarini 
va 
kutubxona 
bajaradigan 
vazifalarni 
mantiqiyligidir. Lekin katta jamoalar bilan bo‘ladigan jarayonlar 
hayotda quyidagi faoliyat turlarini keltirib chiqarmoqda: dispecherlik, 
kutubxona 
jarayonlarini 
koordinatsiyalash, 
metodik 
rahbarlik, 
normalashtirish, hisobga olish, hisobot, moliyalashtirish, moddiy-texnik 
ta’minot va boshq. Ular kutubxonachilik jarayonlari bilan bevosita 
bog‘liq bo‘lmasada, lekin ularni bajarishda juda zarurdir. Ya’ni 
kutubxonalarni tashkiliy tuzilmasi, ba’zi bir hollarda kutubxonaning 
mantiqiy jarayonlariga ko‘ra birmuncha murakkabdir. 
Kutubxonaning tashkiliy tuzilmasi qotib qolgan, bir marta tuzilishi 
bilan butun umr belgilanadigan tuzilma emas. Uni takomillashtirish, 
to‘g‘rlab borish ko‘pincha yakka tartibda, kutubxonalarni turlariga, 
ularni 
faoliyatlarini 
kattaligiga, 
murakkabligiga, 
xizmat 
va 
maxsullotlarini hajmiga, xilma-xilligiga bog‘liq. Shu bilan birga u 
chidamli bo‘lishi kerak. 

Download 1,38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish