6. Jahon axborot resurslari va yangi texnologiya bo‘limi:
Kutubxona faoliyatiga yangi texnologiyalarni joriy etish va kitobxonlarga xizmat ko‘rsatishning yangi usullarini yaratish maqsadida kutubxonada 2001 yilda bu bo‘lim tashkil etildi.
Bo‘limning bugungi ish uslubi va faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisini axborot kutubxona bilan ta'minlashni tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-381-sonli qarorini bajarishga qaratilgan. Shu maqsadda bolalar va o‘smirlarni o‘qishga jalb qilishning turli shakllarini joriy qilish, jumladan, elektron kutubxona, Internetga integratsiyalash, kitob va video madaniyat sintezini shakllantirish va boyitishdan iborat. Bolalarning axborotni qabul qilishdagi xususiyatlarini hisobga olgan holda yangi axborot va kompyuter ko‘nikmalarini “o‘qish, eshitish, ko‘rish” shaklida yetkazishga qaratilgan.
Shu maqsadda, 2007 yilning aprelida Respublika bolalar kutubxonasiga Yaponiya hukumati tomonidan madaniyatni rivojlantirish va kelajak avlodni tarbiyalashga ko‘maklashashish maqsadida beg‘araz granti asosida 28,6 million iyen hisobida audiovizual jihozlar ajratildi. Bu kutubxona ishini yanada rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
Bu audiovizual jihozlardan ko‘zi ojiz va harakati cheklangan bolalar va o‘smirlar xam foydalanishlari mumkin. Shuningdek kutubxonada bu jihozlardan lingafon xonasi tashkil etilib: DVD, naushniklar va yassi ekranlar qo‘yilgan. Ular yordamida bolalar Jahon klassik va milliy musiqali asarlarlarni eshitishlari yoki axborot texnologiyalari yordamida til o‘rganishlari, maktabgacha bo‘lgan bolalar o‘qishlarini tashkil etish mumkin.
Bundan tashqari o‘quv zalida bu texnikaning asosiy qismi joylashtirilgan - bu yerda videoproyektor, elektrifitsialangan ekran, DVD, videomagnitafon, audiokuchaytirgich va mikrafonlar qo‘yilgan. Bu uskunalar yordamida xalqaro konferensiyalar, seminar-treninglar, taqdimotlar, olimlar, yozuvchilar, madaniyat xodimlari, san'atkorlar va boshqa insonlar bilan uchrashuvlarni zamonaviy va yuksak miqyosda o‘tkazish imkoniyatini beradi.
Bo‘lim 10 ta Pentium - 4 kompyuterlari bilan ta'minlangan. Barcha kompyuterlar ADSL texnologiyasi orqali internet tarmog‘iga ulangan. Bu kitobxonlar uchun ko‘proq axborotlar olish imkonini bermoqda. Bo‘lim xodimlari bolalarga kompyuterdan foydalanish qoidalarini o‘rgatadilar. Bo‘limda “Kompyuter kutubxonasi” tashkil qilingan. “Kompyuter kutubxonasi” turli fan sohalari bo‘yicha referatlar va tematik uy vazifalarini bajarishga yordam beradi. Bu yerda axborot texnologiyalariga oid yuzdan ortiq jurnallar, kompyuter savodxonligiga oid ilmiy-ommabop nashrlar darsliklar va qo‘llanmalar jamlangan.
Axborot texnologiyalari keng rivojlangan hozirgi kunda, internet tarmog‘ida Respublika bolalar kutubxonasi jamoasi tomonidan o‘zbek tilidagi Kitob.uz sayti tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 20 yilligiga yosh kitobxonlar uchun «Kitob.uz» saytining ish boshlashi tarixiy ahamiyat kasb etdi. Bunday xayrli ish mamlakatimizning jahon ma'naviy olamidagi o‘z o‘rni, hissasi borligidan dalolat beruvchi bir hayrli ishdir.
Bugun saytda kitobxonlar uchun “O‘zbek adabiyoti”, “Elektron adabiyotlar”, “Jahon adabiyoti”, “Rivoyatlar”, “Ertaklar”, “Bilasizmi”, “Loyihalar”, “Matbuot hizmati” va ko‘plab boshqa sahifalar xizmat ko‘rsatishni boshlab yuborgan. Ko‘chirib olish uchun elektron kitoblarning ro‘yhatlari tuzilgan.
Endilikda har bir kitobxon o‘z uyida o‘tirib «Kitob.uz» sayti javonida o‘ziga kerakli bo‘lgan kitobini topib o‘qish imkoniyatiga ega. Shu kunlarda yangi saytning “Nodir kitoblar” sahifasini tayyorlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etyapti. O‘ylaymizki «Kitob.uz» o‘zbek kitobxonlarini sevimli saytlaridan biriga aylandi.
Kutubxona tomonidan tashkil etilgan “Kitob.uz” sayti bo‘limlari va undagi ma'lumotlar bazasi yanada boyitib borildi. Ushbu sayt o‘zbek va rus tillarida faoliyat ko‘rsatmoqda. Asosan o‘quvchi-yoshlar uchun mo‘ljallangan ma'lumotlar bilan to‘ldirilib, 100 000 ga yaqin elektron kitoblar va turli sohalardagi ma'lumotlar bazasi yaratilgan.
Kitob.uz saytida www. forum.kitob.uz forumi orqali taniqli shoir va yozuvchilar ishtirokida on-layn uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Masalnavis, satirik shoir Yamin Qurbon, yozuvchi Muxammad Ali, bolalar shoiri Abduraxmon Akbar ishtirokida on-layn orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot o‘tkazilib turildi.
2014 yil boshidan boshlab yangi WWW.TAQVIM.UZnomli portal ustida ishlar olib borildi. “O’zbektelekom”ning “UzNet” biznesni rivojlantirish markazi” mutaxassislari bilan hamkorlikda portal dizayni va uning xavfsizligi, ommabopligi va ko`pgina jihatlari borasida ishlanib sentyabr oyidan boshlab keng o`quvchilar ommasiga taqdim etildi.
Portal 5 sahifa va 7 bo'limdan iborat bo'lib, mushtariylar saytga qo'yib borilayotgan har bir kunga oid bo'lgan ma'lumotlarni, ya'ni muhim sana, tavallud kunlar va bayramlarni o'zbek, rus va ingliz tillarida mutolaa qilishlari mumkin. Sahifalarimizdan o'rin olgan “Bilasizmi?”, “Turfa olam”, “Referatlar”, “Xalq og'zaki ijodiyoti” va “Tarixiy sanalar” o'ziga xos ma'lumotlar bilan boyitilib borilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |