4. Adabiyotlarni saqlash bo‘limi:
Respublika bolalar kutubxonasi fondida 219 ming nusxa kitob va boshqa nashrlar mavjud. Kitobxonlarning yoshlarini hisobga olgan holda, bolalar kutubxonalari uchun KBK (Kutubxona bibliografik klassifikatsiya) jadvali asosida joylashtirilgan.
Bundan tashqari bolalar o‘qishiga rahbarlik qiluvchilar (pedagoglar, ota-onalar) uchun ham 2500 nusxaga yaqin kitob fondi jamlangan. Barcha kitoblar fondi uchun topografik katalog tuzilgan. Bo‘lim xodimlari kutubxonaning xizmat ko‘rsatish bo‘limlaridagi kitoblarni muntazam yangilab, to‘ldirib boradilar. Bo‘limlarning kitob zahiralarini qanday saqlanayotganligini nazorat qiladilar. Bo‘limlar fondida yo‘q bo‘lgan nashrlarni kutubxonaning kitob saqlash bo‘limidan yetkazib beradilar. Muntazam ravishda kitob fondini gigiyena qoidalari asosida saqlashga harakat qiladilar. Xonalar shamollatilib, kimyoviy dorilar bilan ishlov beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |