BoshQarish funksiyalari.
Funksiya (lot. functio) – ko’p mahnoga ega tarQagan so’z bo’lib, majburiyat, faoliyat doirasi, vazifani bildiradi.
Bu tushuncha barcha faoliyat turlari va bilim sohalarida foydalaniladi.
Menejment kategoriyasi sifatida funksiya boshQaruv faoliyatining muhim turi yoki menejment mohiyatining namoyon bo’lishi sohasi sifatida insonlar o’rtasidagi munosabatlarning obhektiv zarur turini ifodalaydi.
Menejment funksiyasi boshQaruv tahsirini shakllantirishning ehtimollik sohasi sifatida mahlum muammoni hal Qilishga doir chora – tadbirlar va tahsir ko’rsatish usullarini ishlab chiQish hamda ularni bajarish bo’yicha o’zaro boG’liQ to’xtovsiz xatti – harakatlarni amalga oshirishni nazarda tutadi. SHuning uchun funksiya boshQaruv jarayonining vaQt va makonda aniQlikka, yakuniy natijaviylikka ega obhektiv zarur sohasi sifatida ko’riladi.
BoshQaruv jarayoni – bu boshQaruv xodimlari tomonidan ijtimoiy – iQtisodiy tizimning maQsadlariga erishish yo’lida boshQarish printsiplari, usul va vositalarini Qo’llash asosida maxsus texnologiya bo’yicha menejment funksiyalarini amalga oshirishning o’zaro boG’liQ bo’lgan xatti – harakatlarning uzluksiz ketma – ketligidir. Menejment funksiyalarini tadQiQ Qilishga jarayonli yondoshish mohiyati shundan iborat.
Mahmuriy boshQaruv nazariyasini ishlab chiQQan Anri Fayol XX asrning boshida mahmuriy jarayonning besh boshlanG’ich funksiyalari yoki elementlarini turkumlagan. Bular: oldindan ko’rish, tashkil etish, farmoyish berish, kelishish, nazorat funksiyalaridir.
Menejmentning jahon amaliyoti va zamonaviy adabiyotlarni tahlil Qilish shuni ko’rsatadiki, boshQaruv jarayonining funksional kontseptsiyasi keng holda Qo’llanilib, funksiyalarning tarkibida bahzi bir farQlar bo’lishiga Qaramasdan, tashkilotni boshQarish siklini menejment funksiyalarining ketma – ketligi sifatida aniQlash tendensiyasi kuzatilmoQda.
Tizimni tashkil Qiluvchi omil sifatida menejment funksiyasi ijtimoiy – iQtisodiy tizimning rivojlanish sharoitlari bilan chambarchas boG’liQ. SHu sababli, menejment funksiyalari jamiyat rivojlanishining mahlum bosQichi va maQsadlariga mos bo’lishi kerak.
Bularning barchasi menejment funksiyalari mazmuni, mohiyati va foydalanish sharoitlarini aniQlashtirishga kompleks yondoshishni taQozo etadi.
Menejmentning jarayon sifatida mohiyatini asosiy funksiyalar yoritib beradi. Bular : rejalashtirish, tashkil etish,
5
muvofiQlashtirish va tartibga solish, motivatsiya va nazorat funksiyalaridir.
Zamonaviy menejment funksiyalari mazmunida xo’jalik faoliyati ishtirokchilari o’rtasidagi, ish beruvchilar, davlat, ijtimoiy tashkilotlar va boshQalar o’rtasidagi munosabatlar xususiyatlari aks etadi.
Menejerlar uchun menejment funksiyalari guruhlarining o’zaro boG’liQligi va harakatini bilish menejment tizimlarini shakllantirish va amal Qilish sohasida to’G’ri Qarorlar Qabul Qilish uchun sharoitlar yaratadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iQtisodiy islohotlar menejment funksiyalarini tashQi va ichki muhit o’zgarishlariga yuQori darajada moslashuvchan bo’lishini taQozo etadi.
Moslashuvchanlik deyilganda menejment funksiyasining ijtimoiy – iQtisodiy o’zgarishida o’z sifat belgilarini saQlab Qolish imkoniyati tushuniladi.
Menejmentning asosiy funksiyalarining bosh xususiyati – ularning har biri ijtimoiy – iQtisodiy tizimning umumiy natijalariga erishish uchun xodimlar faoliyatiga tahsir ko’rsatish va ularni faollashtirish usullarini ishlab chiQishni boshQarish jarayonidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |