Kushon podsholigining tashqi siyosati va diplomatiyasi
Amonov Zuxriddin Nasriddin o’g’li
Marakaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi yo’nalishi, II bosqich talabasi
(+998991060762) amonovzuxriddin0@gmail.com
Ilmiy rahbar: Alimova Rahima Rusqulovna(Tarix fanlar nomzodi, dotsent,
Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va etnologiyasi kafedrasi mudiri
Annotatsiya: Ushbu maqolada milodiy I-IV asrlarda hukmronlik qilgan Osiyoning o’sha davrdagi eng katta davlatlaridan biri bo’lgan Kushon podsholigining ijtimoiy-siyosiy ahvoli, chet el mamlakatlari bilan olib borgan diplomatik munosabatlari, hamda qo’shni davlatlar bilan yuzaga kelgan harbiy ziddiyatlari tahlil qilinadi.
Annotation: This article deals with the socio-political situation of the Kushan kingdom, one of the largest states in Asia at that time, which ruled in the I-IV centuries AD, diplomatic foreign relations and embassy correspondence with foreign countries, as well as with neighboring countries military conflicts are analyzed.
Kalit so’zlar: Yuechji, Shi Ji, artefakt, Xun, ikonagrafiya, Dovon, Dasia, Li, Parfiya, Yunon-Hind, Buovang xuo, Yunon-Baqtriya, Xan, Chjang Syan, Rim, ellinistik, yasovul, sak, diapazon.
Keywords: Yuechji, Shu Ji, artifact, xiongnu, iconography, Dovan, Dasia, Li, Parthia, Greek-indian, Buovang Xuo, Greek-Bactrian, Han, Chjang Xiang, Rome, Hellenistic, yasovul, sak, diapazon.
Bilamizki, zamonamizgacha Markaziy Osiyo mintaqasida juda ko’plab qudratli davlatlar hukmronlik qilishgan. Qadimgi Markaziy Osiyo xalqlarining davlatchilik tarixi, atrofidagi xalqlar va davlatlar bilan munosabatlari, bu munosabatlarga ta’sir ko’rsatgan tashqi omillar, madaniy va xalqaro savdo aloqalarda tutgan o’rni kabi masalalar hali to’la yoritilmagan masalalardan hisoblanadi1. Ushbu davlatlar orasida Kushon davlati juda kata ahamiyatga ega. Kushon podsholigi tarix sahnasida o’z o’rniga ega, insoniyat jamiyat taraqqiyotida o’chmas iz qoldirgan, o’z davrida yaratilgan noyob san’at asarlari, madaniyat yodgorliklari bilan mashhur bo’lgan o’tmishdagi qudratli davlatlardan biridir. O’rta Osiyoda hozirgi kungacha ma’lum bo’lmagan Kushonlar saltanati mavjudligining dastlabki dalillari XIX asrning o’rtalarida Yevropa ilmiy matbuotida paydo bo’la boshladi. Ushbu davlat borligi Yunon-Batriya va Yunon-Hind hukmdorlari tangalari orasidan, XVIII asr o’rtalarida Shimoliy Afg’oniston va Hindistondan Yevropa kelgan tangalarni numizmatlar tadqiq etishi natijasida topildi. Bu tangalar tarkibi va topilma diapazoni mil.avv. II asrda qulagan Yunon-Baqtriya davlatidan so’ng Amudaryo janubida vujudga kelgan Kushonlar saltanati mavjud bo’lganligi taxmin qilindi. Ammo uning izchil siyosiy tarixi haligacha to’la yozilmagan. Uning mutlaq xronologiyasining asosiy muommolari munozarali bo’lib qolmoqda.
Kushon(Yuechji)lar haqida asosiy ma’lumotlar qadimgi Xitoyning “Shi Ji”, “Xan Shu” va “ Xou Xan Shu” asarlarida berilgan. Yuechji xalqi birinchi marotaba “Shi Ji” da “Xiongnu qissasi” bobida Xunlarning ilk tarixi tavsifida tilga olinadi. Mashhur Xitoy sayyohi Chjang Syan mil.avv 129-yilning yoz fasli boshlarida Yuechji podsholigiga yetib keldi. “Dovon qissasi”da shunday tasvirlangan: “Buovang-xuo Dasia shahriga yetib keldi, lekin u Yuechji podshosini Xan bilan ittifoqdosh bo’lishi uchun harakatlari behuda ketdi. Dasiada bir yil turgach, u uyga yo’l oldi”. Taniqli numizmat olim A. Kunningem esa 1892-yilda chop etgan maqolasining boshida ushbu davlatning shakllanishini qisqacha bayon qilib o’tgan2. Chunonchi, yozma manbalarga qaraganda “katta yuechji” qabilasi Yunon-Baqtrya shoxligi ustidan g’alaba qozongandan so’ng Amudaryoning o’ng sohiliga (Shimoliy Batriya) joylashadi va beshta kichik davlatlarga – Xyumi, Shuanmi, Xise, Dumi va Guyshuanga bo’linadi. Ushbu o’lkalar turli uzoqlikda joylashgan edilar. Xyumi Guyshuandan 2841 li, Guyshuan Sixoudan 5940 li, Sixou Yangguandan 7982 li, Xidun esa Sihou Bamaodan 5962 li, Gaofu Yanguandan 9283 li uzoqlikda joylashgan edi.3 Ko’chmanchi qabilalar Baqtriyaning boy an’analari, taraqqiy etgan davlat tuzumi va yuqori rivojlangan madaniyatning shohidi bo’ldilar. Shuning uchun ular baqtriyaliklarning yutuqlarini o’zlashtirishga kirishdilar.4 Chunki ko’chmanchi xalqlarda tanga pul munosabatlari odatda bo’lmaydi, asosan ular mol ayirboshlash orqali savdo qilishadi. Yuechjilar ma’daniy jihatdan o’troq xalqlardan acha orqada bo’lganini ko’rishimiz mumkin, lekin ular Baqtriya madaniyatini o’zlashtirishgach o’zlarining boy madaniyatini yarata oldilar.
Guyshuan qabilasi sardori Kudzula Kadfiz I qolgan 4 qabilani birlashtirib, Kushon davlatiga asos solgan va o’zini
Do'stlaringiz bilan baham: |