“Shohlar shohi” deb e’lon qilgan. Kudzula Kadfiz I janubiy Baqtriya va Kashmir viloyatini bosib oladi.5 Kudzula Kadfiz I vorislari davrida mamlakat sarhadlari ancha kengaydi va davlat boshqaruvi mustahkamlandi. Saltanat Xitoy, Parfiya, Rim, Misr, Hindiston kabi yirik davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalar olib bora boshladi. Mamlakat keyinchalik hududiy jihatdan ancha kengayib, jumladan, Vima Kadfiz II davrida Hindistonning Panjob va Gang vohalari bosib olindi. Kushon podsholigi Vima Kadfiz II ning vorisi Kanishka davrida Osiyodagi eng kuchli davlatlaridan biriga aylanadi. U ham otasining Hindistondagi yurishlarini davom ettirib, ushbu davlatning katta qismini Kushon davlati tarkibiga qo’shib oladi. Hattoki, Kanishka davrida Parfiya bilan zafarli urushlar olib borilib, keyinchalik Qoshg’ar, Yorkent va Xo’tan ham saltanat tarkibiga qo’shib olingan. Shu davrda Kushon saltanatining yerlari Hindistondan Orol dengizigacha, Parfiyadan Xo’tangacha yoyilgan edi. Kanishkaning vorislari Xuvishka va Vasudevalar davrida Kushon davlati o’z qudratini saqlab qola olgan. Kushon podsholigi Osiyoning eng katta davlatlaridan biri bo’lganligi uchun o’sha davr jahon siyosati, ushbu hududda yashovchi xalqlar madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlariga sezilarli ta’sir ko’rsatgan. Shuningdek, saltanat ushbu davr tashqi siyosati va diplomatiyasida muhim rol o’ynaganini o’rganilgan manbalar asosida bilish mumkin. Kushonlar davrida savdo-sotiqda hind savdogarlari Buyuk ipak yo’li va boshqa savdo yo’llarining tarmoqlari orqali Xitoy, O’rta Osiyo, Old Osiyo mamlakatlari bilan savdo qilganlar. Sharqning mashhur Buyuk ipak yo’lining tarmoqlari uzaytirilib, savdo-sotiqda hamma davrlarga nisbatan gavjumlashgan. Kushon podsholigi Xitoy (Xan) imperyasi bilan ham juda yaxshi aloqalarda bo’lgan. Chunki xunlarga qarshi tura olish uchun Xan imperyasiga kattaroq ittifoqchi kerak edi. Jumladan, elchi Chjang Syan sayohati davrida Katta Yuechji yurtiga kelgani, ammo ittifoq tuza olmaganini biz yuqorida tavsiflab o’tdik. Xan imperyasi Yuechji yurtiga o’ndan ortiq elchi yubordi. Ular taxminan milodiy 99-98 yillarda Katta Yuechji yurtiga yana bir elchilik karvoni yuborishgan. Ularning esdaliklarda saltanatda 1,5 millionga yaqin odam istiqomat qilgani va mil.avv. 100-99 yillarda Yuechjilar Dasia o’lkasini bosib olgani haqida ma’lumotlar mavjud. Biz yuqoridagu dalillar asosida Kushon Podsholigi qo’shni davlatlarga yirik bosqinchilik urushlari natijasida kengayib, o’zining ta’sirini o’tkazganini ko’rishimiz mumkin.
Xitoy muarrixlarining bizgacha yetib kelgan malumotlarida, Xandan Davangacha 920 li, Xandan Katta Yuechjigacha 1610 li ni tashkil etgan. Katta Yuechji yurtidan Davangacha bo’lgan masofa 690 li bo’lgan. Ushbu raqamlar Kushon saltanati chet el davlatlari bilan, xususan Xan va Dovon( Parkana) bilan ham iliq munosabatlarda bo’lganini ko’rsatib turibdi. Mil.avv I asrlarda Rim imperyasi bilan Hindiston va qo’shni davlatlar o’rtasida o’zaro munosabatlar tizimida Misr va Kushonlar saltanati o’rtasidagi savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalar muhim rol o’ynagan. Bunga qadimgi hunarmandchilik va san’atning ko’plab namunalari, tangalar va arxitektura detallari, yunon-ellinistik sopol idish shakllari , kichik plastik san’at naqshlari, ikonagrafiya6 va madaniy sintez obyektlari dalil sifatida xizmat qiladi. Shuningdek, Kushonlar davlatiga birlashgan Markaziy Osiyoning katta qismi, Shimoliy va Shimoliy-G’arbiy Hindiston hudularida yashagan xalqlar hayotining turli sohalarida yaqqol ko’zga tashlanadi. Ushbu madaniy turtki Sharqiy Rim viloyatlari va Misr madaniyatlarining muhim tarkibiy qismlarinini o’z ichiga olgan. O’z navbatida, Kushon madaniyati ellinistik va rim dunyosi, hind sivilizatsiyasi, ayniqsa hind-buddist dini, falsafasa va san’atining kuchli ta’sirini boshdan kechirdi. Rim-Kushon munosabatlarini amalga oshirishda Misrning faolligi bir qancha omillar bilan bog’liq edi. Jumladan , Qizil Dengiz va Hind Okeanida kemalar qatnovi (navigatsiya) orqali Hindiston bilan to’g’ridan-to’g’ri aloqalarni o’rnatilishi Misrni Rim imperiysining dengiz darvozasiga aylantirdi. Rimga siyosiy qaram bo’lgan Misr savdo-iqtisodiy sohada xususiy tadbirkorlik faoliytiga asoslangan muayyan mustaqillikni saqlab qoldi.7 Umuman olganda, Rim sharqiy tijorat siyosati uning Osiyo va Shimoliy Afrika egaliklarining Sharq bilan an’anaviy aloqalarga asoslangan edi. Milodiy I asrda Misr Iskandariyasi xalqaro savdo markaziga, turli xalq vakillarining uchrashadigan joyiga aylandi. Bilamizki, Rim Imperiyasi Hindiston va unga qo’shni davlatlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar muammolari qariyb ikki yuz yil davomida jahon fanida o’rganilib kelinyapti. Yozma manbalarda Rim Imperiyasi, Hindiston va O’rta Osiyo o’rtasidagi aloqalarning keng doirasi tavsiflanganini bilishimiz mumkin. Shunday qilib, Misr artefaktlarini8 o’z ichiga olgan O’rta Osiyo arxeologik majmualari o’tgan asrda arxeologlar tomonidan o’rganila boshlangan. Aynan Kushonlar davri yodgorliklarida Rim ellinistik san’at buyumlari avvalgidan ko’ra ko’p uchraydi, ularning elementlari Kushon madaniyatiga singib ketgan. Eramiznning dastlabki uch asriga oid yozma manbalarda Rim imperiyasi bilan Sharq mamlakatlari, jumladan, Hindiston o’rtasidagi savdo aloqalarning gullab-yashnaganligi haqida malumotlar bor.
Kushon Podsholigi Rim imperyasidan ba’zi jihatlarini o’zlashtirgandi. Xususan, soliqlardan olingan undiriladigan 5 foizli soliq, qul sotib olish va sotish savdosidan undiriladigan 4 foizli soliq Kushon davlatidan o'tadigan karvonlardan undiriladigan savdo va boj byudjetida ikkinchi o'rinda turgan. Birinchi o'rinda yer solig'i va odam boshidan undiriladi jon soligi turadi edi. Soliqlar yirik qabila ittifoqi aʼzolaridan shaxsiy ravishda undirilsa, qaram, tobe mamlakatlar va hududlardan yasovullar, oqsoqollar nazorati ostida to'planar edi. Hindiston, Afgʻoniston, Kashmir, Qandahor, Banoras, Shibirgʻon, Amudaryoning o'ng va so'l qirqog'iga joylashgan davlatlardan olinadigan soliqlar uchun esa maxsus soliq yig’uvchilar yuborilgan. Ular foydalaniladigan yerlar va oilalar soni, mol-mulklar, har bir xonadonga qarashli qullar, yerdagi ishlar, karvonsaroylardan tushadigan hosillarni hisob qilgan va bosh xazinabon hukmdorga daromadlar ro'yxatini yetkazar edi.9 Bu Kushon saltanati Rim bilan nisbatdan iliq munosabatda bo’lganini yana bir tasdig’idir. Lekin Kushon podsholigi to’g’risidagi malumotlar bizgacha juda kam yetib kelgan. Shu o’rinda yana shuni aytish kerakki, Kushon podsholigi Rim, Parfiya va Xitoy bilan har jihatdan bellasha olgan qadimiy Sharqdagi eng qudratli saltanatlardan biri boʻlib, 4 asr mobaynida osiyoliklarning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotiga katta taʼsir oʻtkazgan. Ushbu saltanat tarkibida bir necha mamlakatlar, xalq va elatlarning birlashuvi turli madaniyatlarni oʻzaro yaqinlashtirib, baqtriya, yunon, sak va hind madaniyatlarini mujassamlashtirdi.
Kushon podsholigi madaniyati tarixining ayrim jihatlari hanuz noaniq boʻlib, tarixchi, sharqshunos va arxeolog olimlar ularga oydinlik kiritish uchun izchil va chuqur ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar. Chunonchi, bu borada 1913 va 1960-yillarda London, 1968-yil Dushanbe, 1970-yil Kobulda xalqaro simpoziumlar oʻtkazildi, YUNESKO qoshidagi Markaziy Osiyo tarixi va madaniyatini oʻrganish komissiyasi esa kushonlar tarixi va madaniyatini oʻrganishni oʻz oldiga asosiy vazifalardan biri qilib qoʻydi. Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini oʻrganish, ularning Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan oʻrnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va madaniyati oʻtmishining hali toʻla, haqqoniy yoritilmagan jihatlari koʻp boʻlib, Oʻzbekiston, Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgʻoniston, Rossiya, Yaponiya olimlari ularni aniqlash borasida chuqur, izchil tadqiqotlarni davom ettirmoqda.
Xulosa qilib aytganda, oʻz davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan Kushon davlati chegaralari — sharqda Xitoy, gʻarbda Kaspiy dengizi, janubda Hindiston va shimolda Orol boʻylarigacha yetib borgan qadimgi dunyo madaniyatining uch yirik manbai — hind, fors va turk xalqlari tutashgan markaziy zaminda tashkil topgan ulugʻ davlat hisoblanadi. Saltanat o’z davrida Imperya darajasigacha ko’tarilib, jahonning o’sha davrdagi qudratli davlatlari bilan tengma-teng raqobatlasha olgan. Kushonlar davrida yurtimiz orqali o’tgan Buyuk Ipak Yo’li gavjumlashib, ushbu o’lkada yashagan xalqlar rolini savdoda ancha oshirdi. Kushon madaniyati Markaziy Osiyo xalqlarining mashaqqatli mehnati bilan yaratilgan va ravnaq topgan, shuningdek ushbu madaniyat jahon va Osiyo xalqlari madaniyatiga o’zining samarali ta’sirini o’tkazgan.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Боровкова Л.А. Кушанское царство (по древним китайским источникам). – Москва. 2005. – 320 с.
Kabirov.A. Qadimgi Sharq tarixi. - T.: “Tafakkur”, 2016. 363 b.
Пидаев.Ш. Сирли Кушонлар салтанати. – Т.: “Фан”, 1990. 40 б.
Sobirova Zuxra. Kushon saltanatidagi islohotlar // “Jahon adabiyoti” jurnali, 2008. 10-son.
Xo’jayev Ablat. Farg’ona tarixiga oid malumotlar. – Farg’ona, 2013. – 288 b.
Щеркова Т.А. Египет и Кушанское царство (торговые и культурные контакты). — Москва. 1991. С. 313.
Do'stlaringiz bilan baham: |