Kushon podsholigi



Download 120,15 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana04.03.2022
Hajmi120,15 Kb.
#481770
1   2
Bog'liq
Kushon podsholigi - Vikipediya

Kushon shahzodasi, Dalvarzin tepa, 1-asr.


podsholigining shim.-gʻarbiy hududlaridagi binolar qurilishida koʻproq xom gʻisht va
paxsadan, jan.-sharqida esa toshdan foydalanilgan. Shaharlar, odatda, daryo boʻylarida,
strategik jihatdan qulay joylarda bunyod etilgan. Ular podsho saroyi, boy-zodagonlar va
hunarmandlar mahallasi, koʻcha va maydonlar, hovoʻzlar, turli dinlarga mansub inshootlar,
ekinzor va bogʻlardan iborat boʻlgan. Uylar koʻp xonali, hashamatli boʻlib, baʼzilari ikki
qanatliqilib qurilgan. Hovli sahni, xonalar poli, zinalar va boshqalarda turli hajmdagi pishiq
gʻishtlar qoʻllanilgan. Ayvon yogʻoch ustunlari ostiga ohaktoshdan yoʻnilgan chiroyli
tagkursilar oʻrnatilgan. Tomdan toʻshadigan suvlar uchun maxsus sopol tarnovlar ishlatilgan.
Bino va xonalar haykaltaroshlik, tasviriy sanʼat asarlari bilan bezatilgan. Haykal va rasmlarda,
asosan, podsholar, podsho xonadoni aʼzolari, boy-zodagonlar, sozanda va masharabozlar
tasvirlangan (mas, Xolchayonda). Budda diniga mansub inshootlarda esa Budda va uning
safdoshlari, izdoshlari, kohinlar va xizmatkorlar ifodalangan (mas, Ayritom, Dalvarzintepa,
Qoratepa, Fayoztepatsa). Haykallar, asosan, ohaktosh, loy va ganchdan tayyorlangan, ular
orasida sirtiga tilla suvi yuritilganlari ham bor. Devoriy suratlarda esa diniy va bazm
marosimlari, tabiat manzaralari, suvoriylar tasvirlangan. Kulolchilik taraqqiy etgan, topilgan
sopol idishlar xilma-xilligi va oʻzining nozik, jarangdorligi bilan alohida ajralib turadi. Amaliy
sanʼat keng rivojlangan, uning eng yaxshi namunalari Sankt-Peterburgdagi Davlat Ermitajida
saqlanmokda. Zeb-ziynat buyumlari, mehnat va jang qurollari yasash, mato toʻqish taraqqiy
etgan. Kanishka I davrida Kushon-Baqtriya tili davlat tili sifatida qabul qilingan. Aholi, asosan,
buddizm dinining mahayana mazhabiga eʼtiqod qilgan, koʻplab budda ibodatxonalari qurilgan,
shuningdek, otashparastlik, hinduizm ham keng tarqalgan. Kanishka buddizm tarixida birinchi
boʻlib vaqt-vaqti bilan diniy yigʻin chaqirib turishni joriy etgan. Dastlabki yigʻinda buddizmning
mazkur yangi mazhabi — mahayana rasmiylashtirilgan. Bu esa buddizmning Osiyo
mamlakatlarida keng tarqalishiga, uning jahon dinlaridan biriga aylanishiga sabab boʻlgan.
Topilgan tangalarning orqa tomonida turli maʼbudlar — Mixra-Mitra (Quyosh maʼbudi), Otash
(olov maʼbudi), Farr (omad va maʼmurchilik maʼbudi) va boshqa tasvirlanganligi buni
isbotlaydi. Saltanatda savdoning rivojlanishi yozuvning keng koʻlamda tarqalishiga imkon
yaratgan. Oromiy yozuvi asosida sugʻd va xorazmiy yozuvlari vujudga kelib, taraqqiy etdi. Hind
alifbosiga asoslangan kharoshthi yozuvi namunasi ilk bor Termizdan, teri va taxtaga bitilgan
xorazmiy yozuvi namunasi esa Tuproqqalʼadan topildi. Kushon podsholigi yerdaridan oʻtgan
Buyuk ipak yoʻli tashqi savdoning rivojlanishiga ijobiy taʼsir koʻrsatganligi aniqlandi. Kushon
podsholari zarb qilgan oltin, kumush va mis tangalar Efiopiya, Skandinaviya, Italiya va boshqa
koʻpgina mamlakatlarda topildi. Bu esa Kushon podsholigi chet mamlakatlar bilan keng
miqyosda savdo va madaniy aloqalar olib borganligidan dalolat beradi. Sharkdan olib
kelingan ipakka Gʻarb bozorlaridagi mollar almashtirilgan. Umuman savdoda koʻp tovarlar
qatori dorivorlar, Rim tilla tanga va taqinchokdari, fil suyaklari va undan tayyorlangan turli
buyumlar hamda „tirik tovar“ — sozanda, raqqosa va hunarmand qullar ham boʻlgan. Kushon
podsholigining dastlabki poytaxti Oʻzbekistonning jan.dagi Dalvarzintepada boʻlgan, podsho


Kanishka davrida esa Peshovar shahriga koʻchirilgan. Ayni shu davrda badiiy, sanʼat
maktablari (Gandhara, Matxura, Baqtriya) shakllandi. Kanishka adabiyot va sanʼat homiysi
boʻlib, Kashmir viloyatida Kanishkapur shahriga asos soldi. Uning saroyida mashhur buddaviy
olimlar Pareva va Vasumitra, buyuk shoir va faylasuflar Ashvagxosha, Matricheta, Vagarjuva
hamda Charaka yashab ijod qilgan.
Kushon podsholigiga doir yozma manba va arxeologik topilmalar kushonlar madaniyatini
oʻrganish, ularning Oʻrta Osiyo, jumladan, Oʻzbekiston xalqlari madaniyati taraqqiyotida tutgan
oʻrnini ilmiy baholashda muhim ahamiyatga ega. Kushon podsholigi siyosiy tarixi va
madaniyati oʻtmishining hali toʻla, haqqoniy yoritilmagan jihatlari koʻp boʻlib, Oʻzbekiston,
Hindiston, Fransiya, AQSH, Italiya, Vengriya, Tojikiston, Afgʻoniston, Rossiya, Yaponiya olimlari
ularni aniqlash borasida chuqur, izchil i. t.larni davom ettirmoqda.
[1]
Kushon davlati haqida tarix kitoblari keng maʼlumot beradi. Markaziy Osiyoda imperiyalarning
eng qadimiysi, davriy jihatdan eng yashovchani (milodiy I-IV asrlar) Kushon davlati boʻlgan.
Oʻz davriga nisbatan mislsiz ulkan mintaqalarni egallagan Kushon davlati chegaralari —
sharqda 
Xitoy
, gʻarbda 
Kaspiy dengizi
, janubda 
Hindiston
 va shimolda Orol boʻylarigacha etib
borgan. Qadimgi dunyo madaniyatining uch yirik manbai — hind, fors va turk xalqlari
tutashgan markaziy zaminda tashkil topgan ulugʻ davlat.
Yuechjeylarning eramizdan avvalgi 
II asr
oʻrtalarida 
Grek-Baqtriya
davlatiga bostirib kirishi
ushbu davlatni tamomila tugatilishiga olib keldi. Yuechjeylarning dastlabki mulklari shimoliy
Baqtriya hududlarida boʻldi (zamonaviy Oʻzbekistonning janubiy hududlari va Tojikiston).
Kusxon davlati eramizning 1-asri birinchi yarmida yuechjeylar davlati amirliklaridan biri
Kusxonning yuksalishi oqibatida yuzaga keldi. Kusxon xitoychada Guyshuan deb talaffuz
qilinib, yuechjey qabilalaridan birining nomi boʻlish ehtimoli bor. Davlat asoschisi yabgu (amir)
boʻlgan. Keyinchalik podshoh Kudjula Kadfiz hukmronligi ostida kusxonlar hozirgi Afgʻoniston
va Pokistonning katta qismini bosib oldilar. Uning merosxoʻri X hukmronligi davrida kusxon
mulklariga Hindistonning katta bir qismi qoʻshildi. Kusxon davlatining gullab-yashnashi
Kanishka hukmronligi davriga toʻgʻri keldi (taxminan eramizning 78-123 yillari). Oʻsha davrda
poytaxt Baqtriyadan Peshovorga koʻchirildi, mamlakat sarhadlari esa Hindiston va
Xoʻtongacha boʻlgan oʻlkalarni qamrab oldi. Markaziy Osiyoda Kusxon davlatining chegaralari
hozirgi Oʻzbekiston janubidagi Hisor togʻ tizmalari choʻqqilaridan oʻtgan. Oʻsha yerdagi baland
togʻ daralarida (Darband) mustahkam chegara inshootlari qad koʻtardi. Oʻsha davrlarda davlat
sarhadlarida yangidan-yangi shaharlar qad koʻtardi, Hindiston, Xitoy va Rim imperiyasi bilan
savdo munosabatlari oʻrnatildi. Pompeyda olib borilgan qazish ishlari mobaynida kusxon
tangalari hamda kusxon ustasi tomonidan suyakdan yasalgan figuralar topildi. Kusxon
davrida meʼmorchilik yuksak rivojlandi. Ayniqsa saroylar va ibodatxonalar qurilishiga katta
eʼtibor qaratildi. Kusxon hukmdorlarining 
Xolchayondagi
saroyida va eski Termiz va


Dalvarzindagi budda ibodatxonalarida yuqori badiiy did bilan ishlangan devor chizgilari va
haykaltaroshlik namunalari yaxshi saqlanib qolgan.
Xolchayon, Dalvarzin va 
Ayritomda
olib borilgan qazish ishlari davomida kusxon ustalarining
yuksak mahoratidan dalolat beruvchi bronza idishlar, muhtasham shagʻamsupalar, koʻzgular
hamda zargarlik mahsulotlari topilgan. Dehqonchilik imperiya iqtisodiyotining tayanchi
boʻlgan. Yer hosildorligini oshirish maqsadida turli oʻgʻitlardan keng foydalinilgan. Togʻ oldi
hududlari va choʻllar chorvachilik maqsadlarida foydalanilgan.
Termizda olib borilgan qazuv ishlari davomida oramiy tili asosida yozilgan xatlar topilgan.
Kusxon kursiv xati oʻzining oʻtkir burchakli, kvadrat va aylana shaklidagi harflari bilan ajralib
turar hamda oʻsha davrlarda juda keng tarqalgan edi. Kanishka davrida Kusxon davlatiga
buddizm kirib keladi va tez orada davlat diniga aylanadi. Ammo shu bilan birga zardoʻshtiylik
va mahalliy Oʻrta Osiyo, Hindiston, Eron, Yunoniston va Misr xalqlari dinlari ham oʻz kuchini
yoʻqotmaydi. Kusxon davlati eramizning 3-asri birinchi yarmining oxirida barham topdi.
Baktriya va Toxariston maxsus mulk huquqi ostida Sosoniylar imperiyasi tarkibiga qoʻshildi.
Ushbu imperiya sosoniy podshohlar xonadoni aʼzolari tomonidan boshqarilib, ular
kusxonshoh tituligi egalik qilgan.
Pugachenkova G. A., Xalchayan, Toshkent, 1966;
Gafurov B. G., Koʻshanskaya epoxa i mirovaya sivilizatsiya, Moskva, 1968;
Staviskiy B. Ya., Koʻshanskaya Baktriya. Problemi kulturi, Moskva, 1977;
Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Dalverzintepa — ku-shanskiy gorod va yuge
Oʻzbekistova, Toshkent, 1978;
Litvinskiy B. A., Sedov A. V., Kulti i rituali koʻshanskoy Baktrii, M, 1984;
Pugachenkova G. A., Rtveladze E. V., Severvaya Baktriya — Toharistan, T., 1990;
Kultura i iskusstvo drevnego Oʻzbekistova [Katalog vistavki], kn. 1 i 2, M., 1991;
Gʻiyosov T. Gʻ., Kadimgi Hindiston tarixi, T., 2000.
Sherkova T.A. Yegipet i Kushanskoe sarstvo (torgovie i kulturnie kontakti). M., 1991.
Borovkova L. A. Kushanskoe sarstvo (po drevnim kitayskim istochnikam). M., 2005,
ISBN 5-89282-265-6
.
Adabiyot
Manbalar

Download 120,15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish