O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MAKTABGACHA TA’LIM VAZIRLIGI
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI DIREKTOR VA MUTAXASSISLARINI QAYTA TAYYORLASH VA ULARNING MALAKASINI OSHIRISH INSTITUTI
Maktabgacha ta’lim tashkiloti “Defektologiya-logoped” yo‘nalishi 2-guruh tinglovchisi Ametova Gulistonning
Mavzu: MOTOR ALALIYADA SISTEMALI KORREKTSION TA’SIR ETISH ISHLARI
Mavzusidagi
KURSNI TUGATISH ISHI
Kursni tugatish ishi rahbari: U.Mahkamova
Toshkent
Motor alaliyada sistemali korreksion ta’sir etish ishlari.
Annotatsiya
Ushbu kursni tugatish ishining kirish qismida mavzuning dolzarbligi, maqsad va vazifalari, predmeti, ob’yekti, metodlari asoslab berildi. Kursni tugatish ishining birinchi bobida alaliyani metodik adabiyotlardagi tahlili, alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirish xususiyatlari ochib berildi. Kursni tugatish ishining ikkinchi bobida esa motor alaliyada sistemali korreksion ta’sir etish ishlarini o‘rganish yoritib berildi, ishning yakunida xulosa va takliflar keltirildi.
Mundarija
Kirish
I Bob. “Motor alaliyada sistemali korrektsion ta’sir etish ishlari” mavzusining ilmiy -nazariy o’ganilish holati
1.1.Muammoni pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlarda yoritilishi
1.2.Motor alaliya va uning belgilari
1.3. Sensor alaliya va uning namoyon bo‘lishi
II. Bob. Motor alaliyada sistemali korreksion ta’sir etish ishlari
2.1. Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarning psixologik-pedagogik va nutqiy xususiyatlari
2.2.Motor alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirishda korreksion ta’sir etish ishlari
2.3.Motor alalik bolalar mayda qo‘l motorikasining harakatchanligini rivojlantirish (metodik tavsiyalar).
Xulosa va tavsiyalar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
KIRISH
Jamiyatimizda ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy o‘zgarishlar yuz berayotgan bir vaqtda Vatan ravnaqini ko‘zlash maqsadida asosiy e’tibor yoshlarning aqliy, ahloqiy, jismoniy barkamolligiga demak, har tomonlama yetuk, sog‘lom avlodni o‘stirishga qaratilyapti. Birinchi Yurtboshimiz aytganlaridek, “Kelajak avlod haqida qayg‘urish, sog‘lom, barkamol naslni tarbiyalab yetishtirishga intilishi bizning milliy xususiyatimizdir. Farzandlari sog‘lom yurt, qudratli bo‘ladi, qudratli yurtning farzandlari sog‘lom bo‘ladi”. Sog‘lom avlodni barkamol shaxs qilib shakllantirish g‘oyatda ma’suliyatli vazifa, shu bilan birga insonparvar siyosat natijasidir.1 Alohida yordamga muhtoj bo‘lgan bolalarning ta’lim olish jarayonini isloh qilib borish, rivojlanish darajasidan kat’iy nazar har bir davlat va jamiyat oldida turgan masaladir.Shu o‘rinda alohida qayd etish zarurki, yurtimizda yosh avlodni har tomonlama barkamol qilib tarbiyalash, voyaga yetkazish borasida ko‘plab ishlar amalga oshirilyaptiKadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. Ya’ni zamon talabiga javob beradagan yuksak ma’naviyatli, bilimdon insonlarni tarbiyalash davlatimiz siyosatining ustivor yo‘nalishiga aylanmoqda. Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi qabul qilinib, u izchil amalga oshirilmoqda, yosh avlod tarbiyasiga alohida e’tibor qilinmoqda. Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotimizning ma’nosi qobil farzandlar o‘stirish, ularni ham jismoniy, ham ma’naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko‘rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir.Hayotimizni hal etuvchi muhim masalalar qatorida ta’lim-tarbiya tizimini tubdan o‘zgartirish, uni yangi zamon talabi darajasiga ko‘tarish, barkamol avlod kelajagiga ham daxldor qonun loyihalari mavjud.Maktab va maktabgacha tarbiya muassasalarida ta’lim-tarbiya oluvchi har bir bolani zamon talabi asosida har tomonlama shakllangan shaxs bo‘lib, jamiyat ishlarida faol qatnashishga nutqning to‘g‘ri va to‘liq rivojlanishi juda katta ahamiyatga ega. Maktabgacha yoshdagi bolalar nutqida kamchiliklar kuzatilishi uning ta’lim olishini murakkablashtiradi. Jumladan, tadqiqotimiz obyekti bo‘lmish alalik bolalar ham bundan mustasno emaslar.To‘g‘ri nutq bolaning har tomonlama rivojlanishining muhim sharti hisoblanadi. Bolaning nutqi qanchalik to‘g‘ri va lug‘ati boy bo‘lsa, unga o‘z fikrlarini bayon qilish shunchalik oson bo‘ladi, atrof – olamni idrok etish uchun imkoniyat kengayadi, kattalar va o‘z tengdoshlari bilan bo‘lgan munosabati to‘liq va mazmunli bo‘ladi, uning psixiq rivojlanishi ham faol ravishda amalga oshadi. Shuning uchun ham bolalarda nutqning o‘z vaqtida shakllanishi haqida, uning sof va to‘g‘riligi haqida qayg‘urish, bola qaysi tilda nutqi shakllanayotgan bo‘lsa, mana shu til normalarida namoyon bo‘luvchi turli nuqsonlarni oldini olish va to‘g‘rilash muhim hisoblanadi. Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, aslida bo‘lmagan ruhiy buzilishlarini hissiy-irodaviy sohaning o‘ziga xos xususiyatlarini keltirib chiqarishi, uning xarakterdagi salbiy fazilatlarning rivojlanishi uchun yo‘l ochib berishi mumkin. Alaliya eng og‘ir nutq nuqsonlaridan biri xisoblanadi.Bunday nuqson paytida bola til orqali muloqot vositasidan butunlay ajraladi: nutk mustaqil va logoped yordamisiz shakllanmaydi2. Alaliya bolalar pedagogik jixatdan turli guruxlarga mansub bo‘lib, bu guruxlar bir-biridan nuqson darajasiga va tuzatish ishlarining samaradorligiga qarab farqlanadi. Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirish murakkab bo‘lib, alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar nutqini rivojlantirish texnologiyalarini o‘rganish va ular bilan korreksion tarbiyaviy ishning yaxlit, bir butun tizimini yaratish-logopediya nazariyasi va amaliyotining dolzarb muammosidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |