"Baliq ovi" o‘yini
O‘yinning maqsadi: Lug‘at boyligini oshirish,tovushning so‘zdagi o‘rnini aniqlash.
O‘yinni jihozlash: Metall skrepkalar, predmetli rasmlar, qog‘ozli korobka, magnitli karmoq. Skrepkalar predmetli rasmlarga o‘rnatiladi.
O‘yinning borishi:Bolalar navbat bilan karmoq,yordamida predmetli rasmlarni tuta boshlaydilar va nomlaydilar.Tegishli tovushning(masalan"R"tovushi)so‘zda bor yoki yo‘qligini,so‘zdagi o‘rnini(boshida,oxirida,o‘rtasida)aniqlaydilar.To‘g‘ri javob uchun yulduzcha bilan taqdirlanadi.Yulduzchasi ko‘p bola g‘olib hisoblanadi.
2.3.Motor alalik bolalar mayda qo‘l motorikasini harakatchanligini rivojlantirish (metodik tavsiyalar).
Mayda muskul motorikasini rivojlantirishda quyida keltirilgan o‘yinlarni afzalligi o‘yinlarni o‘tkazish uchun maxsus ko‘rgazma va o‘yinchoqlarning kerak emasligidadir.
1. Bolaga dumaloq soch tarmog‘ini berasiz.Bola kaftlari orasida uni aylantiradi va aytadi,
Archa, аrcha, аrchаning
Tikanlari qadoqli,
Qo’limizga botar chunki
Tikanlari bor uning.
2. Qog‘ozga tushirilgan katakchalardan foydalanamiz. Bola ko‘rsatkich va o‘rta barmog‘i bilan katakchalar ustida oyoqchalar kabi yuradi. Yurishni u va bu qo‘lda ketma-ket yoki birgalikda bararish mumkin.
Hayvonot bog‘ida biz kezdik,
Har bir katakka kirdik,
Bu katakka zebrani,
Bu katakda tulkini,
Bu katakda bo‘rini ko‘rdik.
3. Idishga no‘xot yoki loviyani solamiz. Bola u yerga qo‘lini tushiradi va xamir ko‘rganday qo‘li bilan aralashtiradi va aytadi.
Xamirni qoramiz,qoramiz ,
Shirmoy non pishiramiz,
Xamirni qoramiz,qoramiz,
Issiq nonni yaxshi ko‘ramiz.
4. Butilka qopqoqlarini stol ustiga teskari qo‘yamiz. Ular chang‘ilar bo‘ladi. Bola ko‘rsatkich va o‘rta barmog‘ini oyoqchalar kabi qilib qo‘yadi.Chang‘ilarda harakatlanadi vа аytadi:
Biz chang‘ilarda
Yo‘l topa olamiz.
Sovuq qishning muzdakkina
Qorlarida uchamiz.
Ushbu harakatlarini ikkala qo‘lda birgalikda bajarish mumkin.
5. Kiyim qisqichlarini оlamiz (o‘zimiz avval barmoqlarimizga qisib ko‘ramiz, qattiq qilmasligiga аhamiyat berish kerak) navbatma-navbat bolaning tirnoq falangalarini “tishlaymiz” (ko‘rsatkich barmoqdan jimjiloqqa va teskarisiga) vа аytamiz:
Qattiq tishlama,
Paxmoq mushukcha,
O‘ylayapsan bu barmoqlarim emas sichqoncha,
Men sen bilan o‘ylayapmanku mushukcha,
Tishlasang qattiq аytaman ketma-ket!
6. Grek Yong‘og‘ini (dumaloq) bolagа beramiz vа u qo‘lining kaftida yong‘oqni yumalatadi vа aytadi:
Yong‘og‘im bor yumaloq,
Kelib ko‘rchi jon o‘rtoq.
7. Ingichka аrqon оlamiz vа uni 12 tа tugun qilib yengil bog‘laymiz. Bola tugunlarni yechadi va har bir yechganida yil fasllarini nomini аytadi. (Bunda munchoqlardan, tugmalardan ham foydalanish mumkin).
Qo‘l barmoqlarini nozik harakatlarini shakllantirish uchun turli barmoqlar o‘yinidan foydalanish mumkin, ular ham she’rlarni o‘qish bilan birgalikda olib boriladi.
Oddiy qo‘l harakatlari nafaqat qo‘llardagi balki lablardagi zo‘riqishdan, tanglikdan ham xalos bo‘lishga, aqliy charchoqni yengishga yordam beradi. Ular tovushlar talaffuzini yaxshilashga, demakkim nutqni rivojlantirishga qodir.
Har bir barmoq bosh miya yarim sharlari po‘stlog‘ida o‘z namoyondalariga ega ekanligi isbotlangan. Qo‘llarni аrtikulyatsion аpparat singari nutq оrgani deb qarashga barcha аsoslar mavjud. Qo‘l barmoqlarini nozik harakatlarini rivojlanishi bo‘g‘inlar artikulyatsiyasining namyon bo‘lishiga zamin yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |