1.3. Sensor alaliya va uning namoyon bo‘lishi
Sensor alaliyaning asosiy belgisi bosh miyaning chap yarim yuqori doirasining jarohatlanishi bilan bog‘liq, nutq-eshituv analizatori ishining natijasi bo‘lgan nutqni tushunishidagi kamchiliklar hisoblanadi. Bu esa nutq qo‘zg‘atuvchilarni tahlil va tarkibiy buzilishga, predmet va tovushli obraz o‘rtasidagi bog‘liqligini shakllanmasligiga olib keladi. Bola o‘ziga qaratilgan nutqni eshitadi, ammo tushunmaydi.Jarangli so‘z ta’siri ostida yuzaga keluvchi qo‘zg‘alish, miya to‘qimalarining rivojlanmaganligi sababli boshqa analizatorlarga tarqalmaydi va barcha so‘z bilan bog‘liq murakkab dinamik strukturaga qo‘zg‘almaydi.Sensor alaliyada birlamchi nutqiy tovush tahlilini amalga oshiruvchi nutq eshituv analizatorining ildizi (Geshel halqasi) faoliyatini og‘ir analitik-sintetik buzilishlari kuzatiladi13. Bunday bolalarda fonematik idrok shakllanmaydi, fonemalar differensiallashmaydi va so‘z yaxlit idrok eshitilmaydi, akustik, gnostik jarayonlar rivojlanmaydi va nutqiy tovushlarni idrok etish qobiliyati pasaygan bo‘ladi.Sensor alaliya motor alaliyaga nisbatan kam o‘rganilgan. Bu holat ma’lum ma’noda sensor alaliyani amaliyotda juda kam o‘rganish bilan bog‘liq. Sensor alaliyani mustaqil nutq buzilishi sifatida ko‘rinishi haqida hozirgi kunda ham ayrim mualliflar aniq bir fikr ayta olmaydilar.Nutqning tushunishni yetishmasligi yoki yo‘qligida, eng avvalo, odamning eshitish holati haqida savol tug‘iladi. Bir necha marotaba o‘tkazilgan maxsus tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, ko‘pgina hollarda Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarda tonal (jismoniy) eshituvning sezilarsiz pasayishi mavjud, biroq u nutqiy tushunishning rivojlanishini tormozlashi uchun unchalik jiddiy emas.N.N. Traugotning ma’lumotlariga ko‘ra, ma’lum bolalar 6 m. uzoqlikda (bu normal eshitishda o‘rtacha balandlikda nutqni idrok etishning meyoriy darajasi) o‘zlariga qaratilgan nutqni tushunadilar, lekin eshitganlarini ma’nosini tushunmaydilar, bu bolalarda aqli zaiflik belgilari kuzatilmaydi. Tadqiqotchilar fikriga ko‘ra, sensor alaliyada nutqning pasayishining kuzatilishi mumkin, lekin bu nutqiy rivojlanmaganlikda asosiy rol o‘ynamaydi.Yu.A. Florenskayaning ko‘rsatishicha sensor alaliyada (sensor-akustik sindromida) akustik ta’sirlanmaslikning alohida holati va eshituv funksiyasining toliqishi mavjud. Bu eshituv reaksiyalarining turg‘un emasligiga, eshituv differensatsiyalarining hosil bo‘lishidagi qiyinchiliklarga, eshituv analizi va sintezining sifatsizligiga olib keladi.Sensor alaliyada bolalarni eshitish qobiliyatini tekshirish juda murakkabdir.Maxsus elektroakustik apparatida tekshirilganida, eshituvning turg‘un emasligi aniqlangan: bir xil chastotali va balandlikdagi signallar goh idrok qilinadi, goh qilinmaydi. Sensor alaliyada eshituv diqqati va idrokining o‘ziga xos xususiyatlari, ularning sekinlashgani turg‘un emasligi eshitish holatini to‘g‘ri baholashga to‘sqinlik qiladi. Ixtiyoriy eshituv diqqatida ham kamchiliklar kuzatiladi: bolalar eshitmaydilar, tez charchaydilar, chalg‘iydilar, tovush ohangiga qiziqishni tez yo‘qotadilar v.k.Audiometrik tekshiruv, qachonki uni bir necha marotaba o‘tkazilsa va bola vaziyatga ko‘nikib, vazifalarni to‘g‘ri tushuna boshlasagina birmuncha asosli bo‘ladi.Bolaning eshitish qobiliyati haqida yakuniy xulosalar, faqatgina 8-10 tekshirishlardan olingan ma’lumotlar, audiogrammalarni taqqoslash natijasida keltiriladi.Eshituv analizatori tovush o‘tkazish funksiyasining saqlangan holatida bolalarda fazoda tovushni o‘rnini bilish qobiliyatining yo‘qligi aniqlanadi, eshituv xotirasining buzilishi, tovush ta’sirlovchilariga loqaydlik kuzatiladi. Tushunish, qiziqish va javob olish uchun murojaat qilingan signal (kattalar nutqi) juda zaif bo‘lib chiqadi. Diqqatning uyg‘onmasligi va uning tez toliqishi – yetishmovchilik sur’atidagi o‘ziga xos ko‘rinishlardir.N.N. Traugott, S.I. Kaydanova (1975) Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarda yuqori chastotali ovozga eshituvning pasayishi va tonal (nutqiy bo‘lmagan) va nutqiy eshituv buzilishining o‘ziga xosligini ko‘rsatadilar: bola uchun yetarli balandlikdagi tovush ta’sirlovchilariga shartli aloqalar hosil bo‘lishi bolalarda qiyinlashgan.Normal rivojlanishida tushunish shundan boshlanadi: idrok qilinayotgan so‘zlarni farqlash sodir bo‘ladi, ularni tanish amalga oshadi, bunda nerv aloqalari ishlab chiqiladi. Buning sharofati bilan turli tovush birikmalari so‘zda bog‘lanadi. Tovushlar so‘zda ma’lum tartibda talaffuz qilinadi va idrok qilinadi. Jaranglash va mazmun orasida aloqa o‘rnatiladi, aloqalar tizimi ishlanadi. Ko‘ruv, sezgi va boshqa his-tuyg‘ular bilan tovushlar kompleksi assotsiatsiyasi asta-sekin yuzaga keladi va mustahkamlanadi.Sensor alaliyada predmet (harakat) va uni ta’riflovchi so‘z o‘rtasida bog‘liqlik shakllanmaydi. Bu holatni tadqiqotchilar tutashuvi akupatiya deb nomlaydilar. Sensor alaliyada eshituvning sifatsizligini tadqiqotchilar, bosh miya po‘stlog‘i to‘qimalarining jarohatlangan yoki rivojlanmagan o‘choqlarining kattaligi bilan, bola miyasida tor o‘choqli xarakterdagi jarohatning yo‘qligi bilan tushuntiradilar.Ayrim hollarda sensor alaliyalik bolalar asossiz ravishda kar va zaif eshituvchilar uchun mo‘ljallangan maxsus muassasalarga yuboriladilar. N.N. Traugott maxsus maktablarda 200 ta kar o‘quvchilarni tekshirib, ularni ichidan 8 ta noto‘g‘ri tasniflangan sensor alaliyalik bolalarni ajratib ko‘rsatadiSensor alaliyada nutqni tushunishdagi buzilishlar, eshitish pasayishi natijasida kelib chiqadigan kamchiliklardan farq qiladi. Kuzatishlarning ko‘rsatishicha, odatda zaif eshituvchilar idrokida turg‘un va doimiy kamchilik kuzatiladi. Sensor buzilishlar esa idrokning turg‘un bo‘lmagan buzilishlari bilan farqlanadi. Bolalar bir xil balandlikdagi nutqiy signallarni goh eshitadilar, goh eshitmaydilar. Bu bolaning qo‘zg‘aluvchanligi yoki tomozlanganligidan ruhiy faolligi, atrof muhit ta’siri, tekshirish paytidagi sharoit, signallarni berish usuli va qator boshqa omillar bilan bog‘liq. Miyaning rivojlanmaganligi yoki erta jarohatlanishi yetilmagan miya to‘qimalari ish qobiliyatini pasaytiradi. Bunda oliy nerv jarayonlari normal kecholmaydi. Gohida bolalar atrofdagilar nutqini ertalab yaxshiroq idrok etadi-tungi uyqudan so‘ng miya po‘stlog‘i ish funksiyasi yuqori, kechga borib toliquvchanlikning o‘sishiga qarab nutqni tushunish yomonlashadi. Boshqa hollarda bolalar nutqni kechki payt yaxshi idrok etadilar, ko‘rinishidan, ertalab tormozlanish tungi uyqudan so‘ng hali ham o‘z ta’sirini ko‘rsatayotgan bo‘ladi, kechga borib esa, mashqlarga qarab idrok birmuncha yaxshilanadi, miya to‘qimalari misoli ishga kirishadi.Murojaat qilingan nutq balandligini ko‘tarish zaif eshituvchi bolalar tushunishini yaxshilaydi va Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarda qayta samaraga erishiladi. Haddan tashqari kuchli ta’sirlovchilar bosh miya po‘stlog‘ida haddan tashqari himoyalovchi tormozlanishni keltirib chiqaradi va bunda to‘qimalarning rivojlanmaganligi funksional blokada holatiga tushadi, tormozlanuvchi jarayon oshadi, to‘qimalar faoliyatdan o‘chadi. Sensor yetishmovchilikka ega bolalar odatda birmuncha sekin, tinch nutqni, shovqinli, baland nutqga qaraganda yaxshiroq idrok qiladilar. Eshitish apparatlaridan foydalanish zaif eshituvchilar idrokini yaxshilaydi va sensor alaliyada idrokning yaxshilanishiga olib kelmaydi.Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar eshituvi haqida bir xil fikrlar bo‘lmasa ham, alohida tadqiqotchilarda shu narsa o‘rnatilgan: chastotaning barcha diapazonlarida eshituvning sezilarsiz pasayishi, eshituv diqqati va idrokining yuqori darajada toliqishi kuzatiladi.Sensor alaliyada idrok qilish imkoniyati tovush ta’sirlovchilarining kirish tempi, ular orasidagi intervalning borligi, tovushlar sifatiga (idrok uchun ko‘rsatiluvchi) bog‘liqdir. Toza ovozlar odatda yomonroq idrok qilinadi.Sensor alaliyada zaif eshituvchilardan farqli ravishda giperakuziyalar kuzatiladi (giperakuziya-atrofidagilar uchun befarq bo‘lgan tovushlarga sezgirlikni oshishi). Masalan, chakillab tomayotgan suv ovozi, eshik g‘irchillashi . Zaif eshituvchi bolalar bu signalarni idrok etmaydilar. Toliqish, ta’sirlanish, psixik buzilish, yuqori nevrozik holatidan tashqari sog‘lom odamlar bunday tovushlarni eshitadilar, biroq ularga beparvo qaraydilar, ularga ta’sirlanmaydilar. Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar bunday tovushlarni keskin idrok qiladi, ularga salbiy reaksiya ko‘rsatadilar: bezovtaladilar, yig‘laydilar, quloq va bosh og‘rig‘idan shikoyat qiladilar. Bu bolada eshituvning saqlanganligi ortiqcha guvoh bo‘ladi va odatlanmagan jaranglashlar gohida miya po‘stlog‘ining yetilmagan to‘qimalari uchun haddan tashqari kuchli ta’sirlovchi bo‘lishining ko‘rsatkichidir. Gohida istalgan balandlikdagi notanish tovushlarga Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar butunlay ta’sirlanmaydilar.Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar alohida bo‘g‘inlarni, tovush birikmalarini, so‘z va qisqa iboralarni maxsus o‘rgatishsiz spontan takrorlashi mumkin, chunonchi ularni takrorlash turg‘un bo‘lmasa ham. Og‘ir darajadagi eshitishi buzilgan bolalar atrof muhitdan so‘z va iboralarni mustaqil oddiy olomaydilar. Sensor alaliyada tovushlarga taqlid qilish doimiy emas va ko‘p holda vaziyatga bog‘liq bo‘ladi. Sensor buzilish bolalarning predmet va uning nomi orasidagi aloqani hosil qilolmasligi, ular tomonidan eshitilgan va talaffuz etilgan so‘zlarning predmetli nisbati shakllanmaganligi bilan xarakterlanadi. Bolaning passiv lug‘ati turg‘un emas va faol lug‘atdan sezilarli orqada qoladi. Ko‘pincha bola istalgan vaziyatda predmetni nomlaydi va faqat tanlangan ma’lum sharoitlarda uning nomini bilib oladi. Eshituvi buzilgan bolalarda maxsus ta’lim natijasida so‘z va predmet o‘rtasidagi aloqa tez o‘rnatiladi va bu aloqa turg‘undir14.
Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalarda tushunish va o‘z nutqining buzilishi darajasiga bog‘liq bo‘lmagan shaxsiyat buzilishlari uchraydi: xulqning turli xildagi qiyinchiliklari, hissiy-irodaviy soha xususiyatlari, aqliy rivojlanishning ikkilamchi pasayishi. Nutq boshqaruvi va bunday bola faoliyati va hulqini o‘z-o‘zidan boshqaruvchisi hisoblanmaydi.So‘zning ahamiyati, talaffuzning urg‘un emasligi shunga olib keladiki, bolalar so‘z ko‘rsatmasi bo‘yicha ishonsiz harakat qiladilar, bir-biriga qaraydilar, tushunmaganlarida yordam va tayanch qidiradilar.vazifalarni bajarishda va kundalik muloqotda bolalar leksik ma’noda mo‘ljal oladilar va grammatikani e’tiborga olmaydilar. Rolli o‘yinlarni tashkil qilishda ularning o‘yinlarni tashkil qilishda ularning imkoniyatlari chegaralangandir, ko‘pincha u differensirlashmagan tovushlar kompleksini bog‘liqsiz gapirish va noto‘g‘ri qo‘llaniluvchi so‘z va so‘z birikmalarini aloqasiz gapirib berish bilan birga kuzatiladi.Bolalarga biron bir mavzu hikoya qilib berilganda yoki o‘qib berilganda uzoq vaqtgacha tinglay olmaydilar. Eshitganlarini mazmunini tushunmasliklari natijasida bolalar qiziqish yo‘qoladi va bayonni eshitmay qo‘yadilar. Yangi so‘zlar bola tomonidan sekin o‘zlashtiriladi15. Nutqga tanqidchan emas, xulqi tartibsiz, impulsiv harakat qiladi.Sensor alaliya sof holda kam uchraydi. Amaliyotda ko‘proq ma’lum nutqiy nuqson tarkibida, ikkilamchi nuqson sensor-akustik nutq rivojlanmagan bolalar kuzatiladi. Masalan, dislaliya,rinolaliya va dizartriyada tovushlar talaffuzidagi buzilishlar birlamchi nuqson bo‘lib, birlamchi nuqson natijasida ekspressiv nutqda nutqni tushunish cheklanmaganligi, akustik diqqat, idrokning pasayganligi kuzatiladi.Bu ish bilan bog‘liq: motor nutqiy differensatsiyalar kerakli darajada normal yuzaga kelishiga to‘sqinlik qiladi. I.P. Pavlov fikricha, bular ikkinchi signal tizimining (nutqning) bazal komponenti hisoblanadi, chunki ular barcha anglanmagan harakatlarni anglanganlar hisobiga o‘tkazishni ta’minlaydi. Bu dinamik artikulyatsion stereotipni ishlanishiga, to‘g‘ri nutq malakasini ishlanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |