Kursish I mavzu: soliq va narxlar


Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil uchun byudjetnomasi taqdim qilindi. Unda 2022 va keyingi yillar uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari keltirilgan



Download 1,01 Mb.
bet25/27
Sana25.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#701795
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Пробной курс иши

Moliya vazirligi tomonidan 2022 yil uchun byudjetnomasi taqdim qilindi. Unda 2022 va keyingi yillar uchun soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlari keltirilgan.
2022 yilda quyidagi asosiy soliq stavkalari o‘zgarishsiz qoldiriladi:

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i stavkasi – 15 foiz;

  • foyda solig‘i stavkasi – 15 foiz;

  • jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i stavkasi – 12 foiz;

  • aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkasi – 4 foiz;

  • dividendlar ko‘rinishidagi daromadlardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi – 5 foiz;

  • qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orishda belgilangan suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 40 so‘m, shu jumladan soliq stavkasiga suv yetkazib beruvchilar tomonidan yetkazib berilgan suv hajmi xarajatlarini qoplash uchun 1,05 koeffitsiyent qo‘llashni saqlab qolish;

  • qishloq xo‘jaligi korxonalari yer solig‘i qishloq xo‘jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan belgilangan 0,95 foiz soliq stavkasi saqlab qolinadi.

Shu bilan birgalikda, 2023 yil 1 yanvardan boshlab:

  • qo‘shilgan qiymat solig‘i 15 foizdan 12 foizga;

  • mobil aloqa xizmatlariga aksiz solig‘i stavkasi 15 foizdan 10 foizga;

  • bank, mobil aloqa operatorlari va bozorlar va savdo komplekslari uchun belgilangan foyda solig‘i stavkasi 20 foizdan 15 foizga pasaytiriladi.



Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i


Soliq to‘lovchilar safi, soliq stavkalari, soliqni hisoblab chiqarish tartibi, shuningdek shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya hisob varaqlariga 0,1 foiz ajratmalar va soliq hisobotini taqdim etish muddati saqlab qolinmoqda.
Soliqqa tortilmaydigan daromadlar tarkibi quyidagilar hisobiga kengaytirilmoqda:

  • yosh oila bo‘lgan er-xotinning olgan ipoteka kreditlarini hamda ular bo‘yicha hisoblangan foizlarni to‘lashga yo‘naltirilgan ish haqiga va boshqa daromadlar;

  • soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari tomonidan ajratilgan ta’lim kreditlariga (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari;

  • soliq to‘lovchining uy-joylarni talabalarga ijaraga berishdan olingan daromadlari;

  • soliq to‘lovchining soliq davri davomida bazaviy hisoblash miqdorining 8-baravarigacha bo‘lgan miqdordagi xalqaro tashkilotlarga a’zolik badallari hamda qayta tayyorlash va malaka oshirish uchun nodavlat ta’lim tashkilotlariga yo‘naltirgan ish haqi summalari va boshqa daromadlari.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish