Kursish I mavzu: soliq va narxlar


Narx haqida umumiy tushuncha



Download 1,01 Mb.
bet23/27
Sana25.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#701795
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
Bog'liq
Пробной курс иши

2.1 Narx haqida umumiy tushuncha


Narx — bozor mexanizmining muhim tarkibiy unsurlaridan biri. U o`zining vazifalari orqali barqaror iqtisodiyotning shakllanishi hamda samarali amal qilishiga, bozor muvozanatining ta`minlanishiga, milliy daromadning iqtisodiyot turli tarmoq va sohalari, xo`jalik yurituvchi sub`ektlari bo`yicha taqsimlanishiga, aholining ijtimoiy jihatdan himoya qilinishiga sharoit yaratadi. Shuningdek, u ishlab chiqaruvchilarni rag`batlantirib, sog`lom raqobat muhitining yaratilishiga katta ta`sir ko`rsatadi. 


Narx, baho — tovar qiymatining puldagi shakli; bozor iqtisodiyotida amal qiluvchi iqtisodiy dastak. Iqtisodiy tafakkur tarixidagi ayrim qarashlarda narxni qiymatning mehnat nazariyasiga asoslanib talqin qilishgan, unga qiymatning puldagi ifodasi deb qaralgan. 21-asr boshlaridagi nazariyalar narxni pulning miqdoriy nazariyasi asosida izoxlab, narxga harajatlar, tovarning nafliligi va raqobat ta`sir etishini e`tirof etadi.
Narx – rеal bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. 
Narxni qiymat belgilaydi, ammo u aniq bir qiymatdan yuqori yoki past bo`lishi mumkin, bu esa bozordagi muayyan tovarga bo`lgan talab va taklift bog`liq. Narx faqat qiymatni emas, balki talab va taklif, shuningdek, tovarning ijtimoiy foydaliligi, sifati va boshqa tovarlar o`rnini bosa olishi, muomaladagi pulning harid qobiliyatiga ham bog`liq. Binobarin, Narx qiymatdan miqdoran farqlanadi.
Mahsulot tannarxi har qanday narxning asosi bo`lib, mahsulotning hayotiy sikli davomida uning narxidagi o`zgarishlarga katta ta`sir ko`rsatadi. Narx miqdori harajatlarga va tovar sifatiga to`g`ri mutanosiblikda, rakrbatning shiddatiga esa teskari mutanosiblikda turadi.
Bozor iqtisodiyotida narx bir nechta vazifalarni bajaradi:
1) hisob-kitob va o`lchov vazifasi —narx vositasida qilingan harajatlar, olingan natijaning puldagi miqdori aniklanadi. Harajatlar ishlatilgan resurslar miq-orini uning narxiga ko`paytirish orqali hisoblanadi;
2)rag`batlantirish vazifasi — narxning o`zgarishi ishlab chiqarish hajmini o`zgartiradi. Talab narxga nisbatan teskari mutanosiblikka ega. Narx pasaysa talab rag`batlantiriladi, aksincha, narx oshsa (boshqa shart-sharoit o`zgarmagan takdirda) taklif rag`bat oladi. Narxdagi o`zgarish ishlab chiqaruvchilar va iste`molchilarga ishtiyoq bag`ishlaydi;
3)raqobat vositasi vazifasi — narx raqibni bozordan siqib chiqarish va bozorda o`z mavqeini mustahkamlash uchun ishlatiladi. Raqbatchilar narxni o`zgartirib turish, uni sharoitga qarab turlicha belgilash orqali o`zaro bellashadilar. Narx raqobatlashuvning iqtisodiy vositasi hisoblanadi;
4) iqtisodiyotni tar-tiblash vazifasi — narx bozor mexanizmidagi asosiy iqtisodiy dastak yoki vosita. Narx o`zgarishiga qarab nimani va qancha ishlab chiqarish kerakligi aniklanadi. Muayyan tovarlar narxining oshishi ularni ko`plab ishlab chiqarish kerakligini bildiradi, aksincha, narxning pasayishi tovar ishlab chiqarishni kamayishi yoki umuman to`xtatilishi lozimligini anglatadi. Narxga qarab bozori kasod tovarlardan voz kechilib, bozori chaqqon tovarlarni ishlab chiqarishga o`tiladi. Bu esa resurslarning bir sohadan ikkinchisiga oqib o`tishi-ga, eski soha qisqarib, yangi soxaning tez rivojlanishiga olib keladi. Narx resurslarni qayta taqsimlash orqali iqtisodiyotni tartiblaydi.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish