Kursish I mavzu: soliq va narxlar



Download 1,01 Mb.
bet2/27
Sana25.06.2022
Hajmi1,01 Mb.
#701795
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
Пробной курс иши

KURS IShI UChUN TAQRIZ
Iqtisodiyot va turizm fakulteti
“Servis sohasi iqtisodiyoti” kafedrasi
“Narxni shakllantirish” fani

Guruh................................................................................................


Talaba familiyasi va ismi-sharifi......................................................
Kurs ishi mavzusi.............................................................................
..........................................................................................................
Kurs ishining tarkibi...............................................................................................
…………………………………………………………………….
Kurs ishi himoyasida talabaga berilgan savollar ro'yxati: ................
..........................................................................................................
..........................................................................................................
…………………………………………………………………….
…………………………………………………………………….
Jadval va grafik materialning miqdori (muhim chizmalarning ko'rsatgichi).......................................................................................
Kurs ishining ijobiy tomonlari.........................................................
..........................................................................................................
Kurs ishining kamchiliklari..............................................................
.........................................................................................................
Kurs ishiga qo'yilgan baho...............................................................

Kurs ishiga rahbarning ismi-sharifi va imzosi...................................


………………………………………………………………………
Kirish

Soliqlar aholi farovonligi, korxona va tashkilotlar faoliyatiga kuchli ta’sir etuvchi pul munosabatlarini o`zida mujassamlashtiradi. Shuning uchun ular mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti va iqtisodiyotni tartibga solishda muhim rol o`ynaydi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning ta’kidlashicha, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham soliqlar iqtisodiy siyosatni amalga oshirishda eng muhim boshqaruvchi omil bo`lib qoladi. Bu fikrning hayotiyligini va soliqlarning iqtisodiyotni tartibga solishda muhim vosita ekanligini jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi yaqqol namoyon qildi. Shu boisdan ham O`zbekistonning Inqirozga qarshi choralar dasturida soliqlar salmoqli o`rin egallagan. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining iqtisodiyot va aholi farovonligiga salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig`i, yakka tartibdagi tadbirkorlarga solinadigan qat’iy belgilangan soliq, ayrim korxonalar uchun yagona soliq to`lovi va boshqa ayrim soliqlarning stavkalari pasaytirildi, iqtisodiyotning ustuvor sohalari va yo`nalishlarida soliq imtiyozlari kengaytirildi, soliq tizimini modernizatsiya qilish va boshqa chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hozirgi bosqichida amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni isloh etish, erkinlashtirish va modernizatsiya qilish, uning tarkibiy tuzilishini diversifikatsiya qilish jarayonlari soliq munosabatlarini ham qamrab olishi tabiiydir. Soliq islohotlari va soliq tizimini modernizatsiya qilishning asosiy maqsadi, bir tomondan, mamlakat byudjetini mablag` bilan ta’minlashni yaxshilash bo`lsa, ikkinchi tomondan, to`lovchilar uchun soliq yukini kamaytirish hisoblanadi. Bu yo`nalishdagi muhim vazifalar soliq siyosatini erkinlashtirish, soliq qonunchiligini takomillashtirish, soliqqa tortish tizimini soddalashtirish hamda unifikatsiya qilish va natijada soliq tizimini shakl va mazmun-mohiyat jihatdan mamlakatda barpo etilayotgan ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti tamoyillariga mos darajaga ko`tarishdan iborat.
Respublikada qurilayotgan demokratik fuqarolik jamiyati va ijtimoiy yo`naltirilgan bozor iqtisodiyoti ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarni, shu jumladan, soliq munosabatlarini yuksak ma’rifiy, ma’naviy, madaniy darajaga ko`tarishni talab qiladi. Mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va modernizatsiya jarayonlari barcha aholining ongli va faol ishtirok etishini taqazo qiladi va shunday ishtirokiga tayanadi. Bu esa mazkur munosabatlar va jarayonlarda ishtirok etuvchi aholining ular to`g`risida, soliqlar haqida qanday tasavvurga ega bo`lishiga bog`liqdir.
Soliqlar davlatning korxonalar, tashkilotlar, muassasalar, uy xo`jaliklari, fuqarolar bilan o`zaro pul munosabatlari bo`lib, har birining daromadlarini shakllantirishda bevosita ishtirok etadi va sezilarli ta’sir ko`rsatadi. Shuning uchun barcha aholining soliqlar to`g`risida ma`lum tasavvurga ega bo`lishi soliq ishlarini tashkil etish va amalga oshirish, soliq munosabatlarini takomillashtirishda ijobiy rol o`ynashi shubhasizdir. Aholining ma’rifiy-ma’naviy ilg`or vakillari hisoblangan oily va o`rta maxsus ma`lumotga ega bo`lgan mutaxassislar esa soliqlar to`g`risida to`liqroq va chuqurroq bilimga, yaxshiroq tasavvurga va aniqroq ko`nikmaga ega bo`lishlari maqsadga muvofiq. Bunday intellektual salohiyatga ega bo`lish nafaqat iqtisodiyot, balki barcha ta`lim yo`nalishlarini bitiruvchilari uchun zarur. Ana shunday zaruriyatdan kelib chiqqan holda O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi, O`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi va O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi 2008-2009 o`quv yilidan boshlab respublika oily o`quv yurtlari va kollejlarining barcha noiqtisodiy ta’lim yo`nalishlarida “Soliqlar va soliqqa tortish” fanini o`qitish to`g`risida qaror qabul qildilar. Mazkur qarorga muvofiq oily o`quv yurtlarining barcha noiqtisodiy ta’lim yo`nalishlariga “Soliqlar va soliqqa tortish” maxsus kursi kiritildi va shu kurs uchun o`quv dasturi tayyorlanib, o`quv jarayoniga joriy etildi. Maxsus kursning asosiy maqsadi oily o`quv yurtlarining noiqtisodiy ta`lim yo`nalishlari talabalarida soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, ularning nazariy, huquqiy, tashkiliy va uslubiy asoslari to`g`risida ilmiy tasavvur hosil qilish va ularni hisoblash, to`lash, undirish ko`nikmalarini shakllantirish hisoblanadi. Bu maqsadni ro`yobga chiqarishda o`quv adabiyotlari muhim o`rin egallaydi. Tavsiya etilayotgan darslik ham shu maqsadga erishishga mo`ljallangan va shunga muvofiq uning vazifalari belgilangan: Oliy ta’lim standartlari, o`quv dasturi, zamon talablari darajasida soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, soliqqa tortishning nazariy huquqiy, tashkiliy va uslubiy asoslari to`g`risida yaxlit bilimlar tizimini shakllantirish; mamlakatning soliq siyosati, tizimi va amaliyoti, ularning yutuqlari, muammolari, istiqbollari to`g`risida aniq va to`liq tasavvur hosil qilish; soliqlar va boshqa majburiy to`lovlarni hisoblab chiqarish, to`lash, undirish bo`yicha zarur ko`nikmalar shakllantirish. Bu vazifalarni samarali amalga oshirish uchun darslik amal qilayotgan o`quv dasturiga muvofiq mamlakat Prezidentining iqtisodiy va soliq munosabatlarini isloh qilish, soliq tizimini modernizatsiya qilish borasidagi ko`rsatmalari va tavsiyalari hamda yangi Soliq kodeksi asosida tayyorlandi. Unda o`quv dasturida nazarda tutilgan soliqlar va boshqa majburiy to`lovlar, ularning nazariy, huquqiy, tashkiliy, tarkibiy, tavsifiy, uslubiy, ob’yekt-sub’yekt asoslari, ularni hisoblab chiqarish, to`lash, undirish, hisobotlarini tuzish va taqdim etish tartiblari yoritilgan. Kursni talabalar tomonidan osonroq idrok etish va yaxshiroq o`zlashtirish uchun darslik ko`pgina ko`rgazmali va boshqa didaktik materiallar bilan boyitilgan: chizmalar, grafiklar, jadvallar, hisob-kitob shakllari berilgan, soliqlar va boshqa majburiy to`lovalrni hisoblab chiqarish bo`yicha tenglamalar tuzilgan va misollar keltirilgan.

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish