G‘alla ishlab chiqarishni ifoda etuvchi izokvanta.
Tasvirda kо‘rinib turibdiki fermer kapital sarflarni ya’ni mashina vaqtini 1 soatga kamaytirmoqchi bо‘lsa, unda qо‘shimcha tarzda 26 soat qо‘l mehnatini jalb qilishiga tо‘g‘ri keladi. Shundagina u avvalgi hajmdagi ishlab chiqarishni saqlab qolishi mumkin. Bunda ishlab chiqarishda qо‘l mehnatini texnika vositalari bilan almashtirish normasi 0,04 ga teng bо‘ladi.
MRTS=(- K/L)=- (-1)/26=0,04
Demak, MRTS=0,04 ga ya’ni bu koeffisiyenti 1-dan juda kо‘p marotaba past. Boshqacha qilib aytganda 1 birlik kapital sarfini kamaytirish uchun kо‘p miqdorda qо‘l mehnati kerak. Bunda fermer qо‘l mehnati bilan shug‘ullanuvchilar ish haqi bilan kapital sarflar harajatini taqqoslash va shu asosda samarali mutanosiblikni tanlashi kerak bо‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |